‏ Isaiah 40

Xudoning xalqiga tasalli soʻzlari

1“Yupating, xalqimni yupating,
— demoqda Xudoyingiz. —
2Quddusning ruhini koʻtarib,
Unga shunday deb ayting:
«Azob kosang toʻlib boʻldi,
Ayblaring uchun jazo olib boʻlding.
Hamma gunohlaring evaziga
Men, Egangdan ikki karra jazo olding.»”

3Bir ovoz yangramoqda:
“Choʻlda
Bir ovoz yangramoqda: “Choʻlda… — yoki Choʻlda bir ovoz shunday hayqirmoqda: “….
Egamizga yoʻl hozirlang,
Sahroda Xudoyimizga toʻgʻri yoʻl oching.
4Har bir jarlik yuksaladi,
Har bir togʻu tepalik pasayadi.
Oʻnqir–choʻnqir joylar tekis boʻladi,
Oʻydim–chuqur yer tekislik boʻladi.
5Oʻshanda Egamizning ulugʻvorligi zohir boʻladi,
Butun jonzot birgalikda buni koʻradi.
Ha, Egamiz Oʻz ogʻzi bilan shuni aytdi.”

6Bir ovoz: “Eʼlon qil!” deb aytdi,
Ikkinchisi: “Nimani eʼlon qilaman?” deb soʻradi
…Ikkinchisi…soʻradi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …U…soʻradi. Qumron qoʻlyozmalarida …Men…soʻradim.
.
Birinchi ovoz shunday dedi:
“Inson zotining hammasi maysaday,
Ularning barcha sodiqligi dala guli kabidir.
7Ularning ustidan Egamizning nafasi esganda
Oʻtlar quriydi, gullar soʻlib qoladi.
Mana, bu xalq maysaning oʻzi.
8Oʻtlar quriydi, gullar soʻlib qoladi,
Xudoyimizning kalomi esa abadiy turadi.”

9Ey xushxabar keltirgan Quddus,
Baland toqqa chiq!
Ey xushxabar keltirgan Sion
Ey xushxabar keltirgan Quddus…Ey xushxabar keltirgan Sion… — yoki Ey xushxabarni Quddusga olib kelgan…Ey xushxabarni Sionga olib kelgan….
,
Baland ovozda eʼlon qil!
Qoʻrqmagin, jar solgin!
Yahudo shaharlariga:
“Mana sizning Xudoyingiz”, deb aytgin.
10Mana, Egamiz Rabbiy qudrat ila keladi,
Qudrati ila hukmronlik qiladi.
Uning Oʻzi taqdirlaydi,
Mukofotini Oʻzi bilan olib kelmoqda.
11Choʻpon kabi, U Oʻz suruvini boqadi,
Qoʻzilarni qoʻllarida koʻtaradi.
Ularni koʻtarib, bagʻriga bosadi,
Qoʻzilari bilan birga ona qoʻyni
Ehtiyotlab haydab boradi.

Isroilning tengi yoʻq Xudosi

12Kim hovuchi ila suvlarni oʻlchagan?!
Kim qarichlab osmonni oʻlchagan?!
Zamin tuprogʻini oʻlchagan bormi?!
Kim togʻlarni tarozida tortib koʻrgan?!
Tepaliklarni tarozi pallasida tortgan?!
13Kim Egamizning Ruhiga
Egamizning Ruhi — Ibtido 1:2 ga qarang.
yoʻl koʻrsata oladi?!
Kim Unga maslahat bera oladi?!
14U kimga maslahat solgan?!
Kim Unga nasihat bergan?!
Kim Unga adolat yoʻlini oʻrgatgan?!
Unga bilim bergan bormi?!
Idrok yoʻllarini Unga koʻrsatgan bormi?!

15Axir, elatlar chelakdagi bir tomchi suvdaydir,
Ular tarozi pallasidagi chang kabidir.
Mana, orollarni ham Egamiz changday koʻtaradi.
16Lubnon yurtidagi hayvonlar qurbonlikka ozlik qiladi,
Oʻrmonlarining daraxtlari esa yetarli oʻtin boʻlmaydi.
17Jamiki elatlar Egamiz oldida hech nima emas,
Egamiz nazarida ular arzimas, boʻshliqdir.

18Xoʻsh, Xudoni kimga oʻxshatasiz?!
Unga qanday qiyofani berarkansiz?!
19Hunarmand yasagan butning qiyofasinimi?!
Axir, usta butni oltin bilan qoplagan.
Unga kumush zanjirlar yasab bergan.
20Unday qilishga qurbi yetmagan esa
Chirimaydigan yogʻoch topadi.
Mohir ustani yollab,
Yiqilib tushmaydigan but yasattiradi.

21Bilmaysizmi?! Eshitmaganmisiz?!
Boshidan sizga aytilmaganmi?!
Dunyo poydevoriga qarab ham tushunib yetmaysizmi?!
22Xudo osmon gumbazi uzra oʻtiradi,
Zamin ahli chigirtka kabidir.
Xudo osmonni parda kabi yoygan,
Odamzod makon qilsin deya, chodir kabi qurgan.
23Shahzodalarni U pastga uradi,
Zamin hukmdorlarini yoʻqqa chiqaradi.
24Evoh, ular ekilishi bilanoq qurib qoladi.
Yerga oʻtqazilishi bilanoq soʻlib qoladi.
Ildiz otishi bilanoq qurib qoladi.
Ha, Egamizning nafasi ularni quritadi.
Boʻron ularni somonday uchirib ketadi.

25“Meni kimga qiyoslaysiz?
Kim Menga teng kela olar?”
— deb aytadi Muqaddas Xudo.
26Koʻzlaringizni osmonga tiking, qarang:
Axir, bularni kim yaratgan?
Xudo osmonga yulduzlarni terib qoʻygan–ku!
Uning Oʻzi har biriga nom bergan–ku!
Oʻzining buyuk kuchi, ulugʻ qudrati bilan
Har birini oʻz joyiga chiqarmay qoʻymaydi.

27Ey Yoqub nasli, nima uchun sen:
“Boshimga tushganni Egamiz koʻrmaydi”, deysan?
Ey Isroil xalqi, nima uchun sen:
“Mashaqqatlarimni Xudoyim unutgan”, deb aytasan?
28Nahotki bilmaysan? Nahotki eshitmagansan?
Egamizning Oʻzi abadiy Xudo–ku!
Butun olamni U yaratgan–ku!
U charchamaydi, holdan toymaydi,
Uning donoligini bilib boʻlmaydi.
29U toliqqanga kuch beradi,
Zaifning kuchiga kuch qoʻshadi.
30Hatto yoshlar charchaydi, holdan toyadi,
Yigitlar qoqilib, yiqiladi.
31Egamizdan umid qilganlar esa
Yangidan kuch oladi,
Burgut singari parvoz qiladi.
Ular yugurib, charchamaydi,
Yurib ham hech toliqmaydi.
Copyright information for UznUzbL