‏ Isaiah 41

Xudoning Isroil xalqiga bergan vaʼdasi

1Egam aytar: “Mening oldimda sukut saqlang,
Ey dengiz ortidagi yurtlar!
Xalqlarning kuchi qayta tiklansin.
Ular yaqinroq kelib, gapirsinlar.
Hukm qilishga birga yigʻilaylik.

2Kim sharqdan gʻolib shohni
sharqdan gʻolib shoh — Fors shohi Kurush nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (44:28, 45:1, 48:14 ga qarang). U Kir ismi bilan ham tanilgan boʻlib, miloddan oldingi 559-530 yillarda Fors shohligida hukmronlik qilgan. Miloddan oldingi 539 yilda Bobilni bosib olib, keyingi yili yahudiylarga Bobildan oʻz yurtlariga qaytishlariga ruxsat bergan (Ezra 1:1-4 ga qarang).
chaqirdi?!
Kim uni Oʻz xizmatiga chaqirdi?!
Kim unga elatlarni boʻysundiradi?!
Kim shohlarni oyogʻi ostida ezadi?!
Gʻolib shoh oʻz qilichi bilan
Ularni chopib tashlaydi,
Yoyi bilan ularni somonday uchiradi.
3Ularni taʼqib qiladi,
Oyoq bosmagan yoʻldan yuradi,
Oʻsha joylardan eson–omon oʻtadi.
4Bu voqealar ortida turgan kim?!
Boshidan avlodlarni dunyoga keltirgan kim?!
Men emasmi?!
Azaldan Men sizning Egangizman,
Oxirgacha ham Egangiz boʻlaman.

5Dengiz ortidagi yurtlar
Buni koʻrib, qoʻrqadi.
Yer yuzining toʻrt burchidan titrab,
Ular yaqinlashib keladi.
6«Qoʻrqmagin», deya hamma
Bir–biriga dalda beradi.
7Mana, hunarmand odam
Tilla ustasiga dalda beradi.
Misgar: «Ha, yaxshi chiqdi», deb
Temirchiga dalda beradi.
Yiqilib tushmasin deb, butni mixlab qoʻyadi.

8Ammo sen–chi, ey qulim Isroil,
Ey Oʻzim tanlagan Yoqub nasli,
Doʻstim Ibrohimning avlodi!
9Seni yerning toʻrt burchidan olib keldim,
Yerning olis burchaklaridan chaqirdim.
Aytdimki: «Sen Mening qulimsan,
Seni tanladim, rad etmadim.»
10Qoʻrqma, Men sen bilan birgaman,
Vahimaga tushma, Men sening Xudoyingman.
Senga kuch beraman, Oʻzim yordamga kelaman,
Gʻolib oʻng qoʻlim bilan seni qoʻllayman.
11Ha, senga qarshi boʻlganlarning hammasi
Sharmandayu sharmisor boʻlib qoladi,
Dushmanlaring yoʻq boʻladi, nobud boʻladi.
12Urush qiladiganlarni izlab ham topa olmaysan,
Sen bilan jang qilganlar tamomila tugab bitadi.
13Men Oʻzim, Egang Xudo, oʻng qoʻlingni kuchaytiraman,
Senga: «Qoʻrqma, Oʻzim yordamga kelaman» degan Menman.”

14Egamiz shunday aytmoqda:
“Qoʻrqma, ey Isroil xalqi, Yoqub nasli!
Sen kichkina bir chuvalchangdaysan.
Ammo Oʻzim senga yordam beraman.
Men, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi,
Sening qutqaruvchingman.
15Sendan bugʻdoy yanchadigan xoʻptir
bugʻdoy yanchadigan xoʻptir — ostiga uchli tosh yoki temir mahkamlangan ogʻir taxta. Donni boshoqdan ajratib olish uchun oʻrilib xirmonga yoyilgan bugʻdoy ustidan xoʻptir yurgizilardi. Yana 21:10 izohiga qarang.
yasayman,
Yangi, oʻtkir, tishli xoʻptir qilaman,
Sen togʻlarni yanchasan, ezasan,
Tepaliklarni
…togʻlar…Tepaliklar… — Isroil xalqining kuchli va magʻrur dushmanlariga ishora.
somon qilasan.
16Sen ularni sovurib tashlaysan,
Ularni shamol uchirib ketadi.
Boʻron ularni toʻzgʻitadi,
Sen esa Men — Egang tufayli sevinch topasan,
Isroil xalqining Muqaddas Xudosi ila maqtanasan.

17Qashshoqlaru muhtojlar suv izlar,
Ammo suv yoʻq.
Ogʻizlari chanqoqdan qurib ketgan.
Men, Egangiz, ularga javob beraman,
Men, Isroil xalqining Xudosi, ularni tark etmayman.
18Yalangʻoch tepaliklardan daryolar oʻtkazaman,
Vodiylar oʻrtasida buloqlar ochaman.
Sahrolarni suv toʻla hovuzlarga aylantiraman,
Qaqragan yerda buloqlar ochaman.
19Choʻlda sadr, akas, zaytun daraxtlarini,
Hamda mirta butalarini
mirta butalari — doim yashil, xushboʻy oʻsimlik.
oʻstiraman,
Sahroda sarv, archa, qaragʻay daraxtlarini oʻstiraman.
20Mana, hamma koʻrib bilsin,
Bularni Men, Egangiz,
Oʻz qoʻlim bilan qilganimni ular tushunsin.
Men, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi,
Bularni yaratganimni ular anglab yetsin.”

Butlar foydasizdir

21Yoqub naslining Shohi — Egamiz, shunday deydi:
“Daʼvolaringizni ayting,
Isbotingizni keltiring.
22Qani, butlaringizni olib keling,
Kelajakda nima boʻlishini
Butlaringiz aytib bersin.
Oʻtmishda boʻlganlarni tushuntirsin–chi!
Oʻshalar haqida oʻylab koʻraylik.
Oxiri nima boʻlishini bilaylik.
Ha, boʻladiganlarni bizga aytsin.
23Ey butlar! Kelajakni bizga bildiring,
Shunda xudo ekanligingizni bilamiz.
Biron yaxshilik yoki yomonlik qilib koʻring–chi,
Koʻrib, birgalikda vahimaga tushaylik.
24Axir, sizlar hech nima emassiz,
Ishlaringiz esa undan ham battar.
Sizni tanlaganning oʻzi jirkanchdir.

25Men shimoldan bir yetakchi
bir yetakchi — Fors shohi Kurush nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (41:2 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang).
chaqirdim.
Ana, u keladi.
Sharqdan kelib, Mening nomimga shuhrat keltiradi.
Hukmdorlarni u tuproqday oyoq osti qiladi,
Kulolning loyiday qilib tepkilaydi.
26Kim buni oldindan aytibdiki, biz bilibmiz?!
Kim buni ilgari bildiribdiki, «U haq edi», deb aytsak?!
Butlar bu haqda gapirmadi, xabar bermadi,
Hech kim ularning ovozini eshitmadi.
27Men, Egangiz, birinchi boʻlib bu xushxabarni Quddusga yetkazdim,
Sionga elchi joʻnatib, shunday deb aytishni buyurdim:
Xalqing kelyapti! Ular uylariga qaytib kelishyapti!
28Men butlarga qaradim,
Lekin ular Menga hech narsa aytmadi.
Savolimga ular javob bermadi.
29Qarang, butlarning hammasi soxta,
Qilgan ishlari hech nima emas,
Hamma butlar shamolday behuda.”
Copyright information for UznUzbL