Isaiah 42
Egamiz tanlagan qul
1Egam aytar: “Mana Mening qulim,Oʻzim uni qoʻllab–quvvatlayman.
Men Oʻzim uni tanlaganman.
Undan juda mamnunman.
Men unga Oʻz Ruhimni berdim,
U elatlarga adolat keltiradi.
2U baqirmaydi, qattiq gapirmaydi,
Koʻchalarda ovozini baland koʻtarmaydi.
3Ezilgan qamishni sindirmaydi,
Tutayotgan pilikni oʻchirmaydi,
Sodiq boʻlib, adolat keltiradi.
4Yer yuzida adolat oʻrnatmaguncha
U holdan toymaydi,
Uning jasorati soʻnmaydi.
Dengiz ortidagi yurtlar
Uning yoʻl–yoʻriqlarini kutadi.”
5Xudo, bizning Egamiz shunday aytmoqda:
“Men osmonni yaratib, uni yoyganman ▼
▼ …uni yoyganman… — 40:22 va Zabur 103:2 ga qarang.
,Yerni yaratib, uni toʻldirganman,
Yer yuzidagi insonlarga jon ato qilganman,
Jamiki odamzodga hayot berganman.
6Men, Egang, najot olib kelish uchun seni chaqirdim.
Men sening qoʻlingni kuchaytiraman,
Oʻzim seni himoya qilaman.
Xalqim bilan tuzgan ahdimni
Sen orqali amalga oshiraman,
Jamiki elatlarga sen orqali nur sochaman.
7Sen koʻrlarning koʻzlarini ochasan,
Mahbuslarni zindondan ozod qilasan,
Zulmatda oʻtirganlarni qutqarasan.
8Men Egangizman!
Mening nomim shudir!
Men shuhratimni birovga bermayman,
Oʻzimga munosib boʻlgan hamdu sanoni
Butlar bilan baham koʻrmayman.
9Men sizlarga kelajakdagi voqealarni
Yuz bermasdan oldin aytyapman.
Oldin ayon qilganlarimga qarang,
Ana, oʻshalar bajo boʻldi–ku!”
Hamdu sano madhiyasi
10Egamizga yangi bir qoʻshiq ayting!Yer yuzining har bir chetidan
Egamizni tarannum eting!
Ey kemalarda suzib keladiganlar,
Dengizdagi barcha jonzotlar,
Egamizga qoʻshiq ayting!
Ey dengiz ortidagi yurtlaru
Bu yurtlarni toʻldirganlar,
Egamizga qoʻshiq ayting!
11Sahrolar, u yerdagi shaharlar xitob qilsin,
Kedar ▼
▼ Kedar — Arabiston sahrosidagi yerlar.
qishloqlarining ahli shod boʻlsin!Sela ▼
▼ Sela — Edom yurtidagi bu shahar, Oʻlik dengizdan qariyb 40 kilometr janubda, baland yassi togʻda joylashgan.
ahli shodlikdan kuylasin,Togʻ choʻqqilaridan hayqirsin!
12Ular Egamizni ulugʻlasin,
Dengiz ortidagi yurtlarda ham
Unga hamdu sanolar aytsin!
13Egamiz bahodir yigitday olgʻa bosadi,
U gʻayratli jangchiday keladi, xitob qiladi.
Hayqirib, dushmanlaridan ustunligini koʻrsatadi.
Xudoning madadkor soʻzi
14Egam aytar: “Uzoq vaqt sukut saqladim,Jim turdim, Oʻzimni tutdim.
Endi esa tugʻayotgan ayolday
Ogʻir nafas olaman, faryod qilaman.
15Togʻu tepaliklarni vayron qilaman,
Jamiki oʻt–oʻlanni quritaman,
Irmoqlarni quruq yerga ▼
▼ …quruq yerga… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …orollarga…. Irmoqlar qurib borgani sari, ularning oʻrtasida quruqlik hosil boʻlib, orollarga oʻxshab koʻrinardi.
aylantiraman,Hatto botqoqliklarni quritaman.
16Koʻzi ojizlarni bilmagan yoʻllaridan boshlab boraman,
Ularni notanish soʻqmoqlardan olib boraman.
Koʻzlaridagi zulmatni nurga aylantiraman,
Oʻnqir–choʻnqir yoʻllarni tekislayman.
Mana shu aytganlarimni qilaman,
Ularni tark etmayman.
17Butlarga ishonganlar uyatga qoladi.
Ha, butlarni «xudolarimiz» deydiganlar
Sharmandayu sharmisor boʻladi.
Noshud Isroil xalqi
18Eshiting, ey karlar,Qarang, koʻrib qoʻying, ey koʻrlar!
19Mening qulimday koʻr boʻlgan bormi?!
Men yuborgan xabarchiday kar boʻlgan bormi?!
Men tanlaganlarimday koʻr boʻlgan bormi?!
Men, Egangizning quliday koʻr boʻlgan bormi?!
20Ey xalqim! Koʻp narsalarni koʻrasiz–u, eʼtibor bermaysiz,
Quloqlaringiz ochigʻu eshitmaysiz.”
21Oʻz adolati haqi,
Egamiz Oʻz qonunlarini
Ulugʻ va sharafli qilmoqni istadi ▼
▼ Oʻz adolati haqi, Egamiz…istadi — Chiqish 34:29-32, Qonunlar 4:5-8 ga qarang.
.22Ammo bu xalq talon–taroj qilingan ▼
▼ …bu xalq talon–taroj qilingan… — Ossuriya va Bobil xalqlari Isroil xalqini talon–taroj qilgani nazarda tutilgan (10:5-11, 39:5-7 ga qarang).
,Hammasi zindonda tutqun, qamoqqa tashlangan.
Ular qoʻlga tushdi, qutqaradigani yoʻq.
Ular oʻlja boʻldi, “Qaytarib ber” deydigani yoʻq.
23Qaysi biringiz bularni eshitasiz,
Eʼtibor berib, oʻtmishga quloq solasiz?!
24Yoqub naslini oʻlja qilib qoʻygan kim?
Isroil xalqini talonchilarga bergan–chi?
Egamiz emasmi?!
Axir, biz Unga qarshi gunoh qildik–ku!
Uning yoʻlidan yurishni istamadik,
Uning yoʻl–yoʻriqlariga quloq solmadik.
25Shu bois Egamiz qaqshatqich gʻazabini,
Shafqatsiz urushni boshingizga keltirdi.
Alanga sizni oʻrab olsa ham tushunmadingiz,
Sizlarni kuydirsa ham, anglab yetmadingiz.
Copyright information for
UznUzbL