‏ Isaiah 45

Shoh Kurush — Egamizning tanlagani

1Egam aytar: “Men shoh Kurushni
Kurush — 41:2 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
oʻng qoʻlidan tutib turibman.
Xalqlarni unga itoat ettiray deya,
Shohlarni qurolsizlantiraman.
Uning oldida eshiklar ochiq turadi,
Darvozalar yopilmaydi.”
Egamiz Oʻzining tanlagani — Kurushga shunday aytmoqda:
2“Men Oʻzim Sening oldingda boraman,
Togʻlarni
Togʻlar — Qumron qoʻlyozmalaridan va qadimiy yunoncha tarjimadan.
tekislikka aylantiraman,
Bronza eshiklarni parchalayman,
Temir tambalarni sindiraman.
3Men Egang ekanligimni bilib olgin,
Sening ismingni aytib chaqirayotgan Men
Isroil xalqining Xudosi ekanligimni anglagin deb,
Yashirib qoʻyilgan boyliklarni,
Zulmatdagi xazinani senga beraman.
4Qulim Yoqub haqi,
Oʻzim tanlagan Isroil haqi,
Sening ismingni aytib chaqirdim.
Senga nom ato qildim,
Ammo sen Meni bilmaysan.
5Men Egangman, boshqasi yoʻq,
Mendan oʻzga xudo yoʻq!
Senga madad beraman,
Ammo Meni bilmaysan.
6Mendan boshqasi yoʻqligini
Sharqu gʻarbda hamma bilsin, dedim.
Men Egangman, boshqasi yoʻq!
7Men yorugʻlik yarataman, zulmat bino qilaman,
Farovonlik yuboraman, kulfat yogʻdiraman.
Men Egangman!
Bularning hammasini Men qilaman!

8Ey samolar, yuqoridan solihlik yogʻdiring,
Ha, solihlik bulutlardan quyilsin.
Yerdan najot unib chiqsin,
Solihlik bilan birga yashnasin.
Men Egangizman! Men uni yaratganman.”

9Holingizga voy!
Ey Yaratuvchi bilan bahslashadiganlar!
Tuproqdan yasalgan koʻzayu xumlar!
Axir, loy kulolga: “Nima qilyapsan?” deydimi?!
“Qoʻlingdan ish kelmas ekan!” deb aytadimi?!
10Tugʻilmagan homila otasiga:
“Nima tugʻdiryapsiz oʻzi?” deb aytadimi?!
Onasiga: “Nimaga meni tugʻyapsiz oʻzi?” deydimi?!
Sizlarning holingizga voy!
11Isroil xalqining Muqaddas Xudosi,
Uning Yaratuvchisi — Egamiz shunday aytmoqda:
“Xoʻsh, endi Oʻz farzandlarimning
Taqdiri haqida Meni soʻroqqa tutasizmi?!
Oʻz qoʻllarim ijodi toʻgʻrisida
Menga koʻrsatmalar berasizmi?!
12Zaminni barpo qilgan,
Yer yuzida insonni yaratgan Menman.
Men Oʻz qoʻlim bilan osmonni yoydim,
Barcha samoviy jismlarga Men buyruq berdim.
13Men Oʻzim Kurushni qoʻzgʻatib,
Unga gʻalaba beraman.
Uning barcha yoʻllarini tekislayman.
U Mening shahrimni quradi.
Porayu mukofot olmasdan
Mening asirlarimni qoʻyib yuboradi.”
Sarvari Olam shunday dedi.

Egamiz tanho Xudo va najotkordir

14Egamiz aytmoqda: “Misrning boyliklari,
Habashistonning
Habashiston — ibroniycha matnda Kush (11:11 ning ikkinchi izohiga qarang).
xazinalari seniki boʻladi!
Savo yurtining
Savo yurti — 43:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
baland boʻyli odamlari senga keladi.
Ular senga ergashadi.
Zanjirband boʻlib, senga taʼzim qiladi.
Yolvorib: «Ha, Xudo sizning orangizda!
Undan boshqa Xudo yoʻq!» deydi.”

15Ey Isroil xalqining Xudosi — qutqaruvchi!
Haqiqatan ham, Sen Oʻzini yashiradigan Xudosan.
16But yasaydiganlar birgalikda uyatga qoldi.
Hammasi sharmandayu sharmisor boʻldi.
17Isroilni esa Egamiz qutqardi,
To abad najot berdi!
Ey Isroil xalqi, sizlar sharmanda boʻlmaysiz,
To abad uyatga qolmaysiz!

18Egamiz Samolarni yaratgan,
U Xudodir!
U yerni barpo qilgan, mustahkamlagan.
Yerni boʻsh qilib emas,
Yashashga loyiq qilib yaratgan.
U shunday deb aytmoqda:
“Men Egangizman, boshqasi yoʻq.
19Men sizlarga yashirin joyda,
Zimziyo yurtda gapirmadim.
Men Yoqub nasliga: «Boʻsh joylardan
Meni qidiring!» deb aytmadim.
Men Egangizman.
Haqiqatni aytaman,
Toʻgʻrisini eʼlon qilaman.

20Ey xalqlarning omon qolganlari,
Yigʻilinglar, yaqinlashib, birga kelinglar!
Yogʻoch butlarini olib yuradiganlar,
Qutqarmaydigan xudoga ibodat qiladiganlar
Hech narsani anglab yetmaydilar.
21Gapiring, isbot keltiring.
Oʻzaro maslahatlashing.
Bu toʻgʻrida kim qadimdan xabar berdi?
Azaldan kim aytib bergan edi?
Men Egangiz emasmi?!
Mendan boshqa Xudo yoʻq!
Men odil Xudoman, qutqaruvchiman!
Mendan boshqasi yoʻq.
22Menga yuz buring, najot topasiz,
Ey zaminning barcha chetlari!
Ha, Men Xudoman, boshqasi yoʻq.
23Oʻzim haqim ont ichdim
Oʻzim haqim ont ichdim… — qadimgi Yaqin Sharqda odamlar aytgan gapini tasdiqlash uchun, oʻzlaridan buyukroq zot nomini yoki narsani oʻrtaga qoʻyib qasam ichishar edi. Xudo borliqdagi eng buyuk Zot boʻlgani uchun, U aytgan soʻzining qatʼiy ekanligini koʻrsatish maqsadida Oʻz nomini oʻrtaga qoʻyib qasam ichdi.
,
Ogʻzimdan toʻgʻri soʻz chiqdi, behuda ketmas:
Mening oldimda har bir odam tiz choʻkadi,
Har bir til Menga sadoqat qasamini ichadi.
24Men haqimda: «Faqatgina Egamizda adolat, qudrat bor», deb aytadilar.
Mendan gʻazablanganlarning hammasi
Menga keladilar, ular uyalib qoladilar.
25Ammo butun Isroil nasli
Men — Egasi tufayli najot topadi.
Ular maqtovga sazovor boʻladi.”
Copyright information for UznUzbL