Isaiah 46
1Egam aytar: “Xudo Bel tiz choʻkdi, xudo Navo ▼▼ Xudo Bel…xudo Navo… — Bel Bobilning bosh xudosi edi (Mardux ismi bilan ham tanilgan). Navo (Marduxning oʻgʻli) ham Bobil xalqi uchun muhim bir xudo edi.
bukildi.Ularning butlari molu hayvonga yuk boʻldi.
Oldin koʻtarib yurganlaringiz
Endi toliqqanga yuk boʻldi.
2Ular egildi, birga tiz choʻkdi,
Ular endi yukni qutqara olmaydi,
Oʻzlari esa asir boʻlib ketadi.
3Ey Yoqub nasli! Menga quloq soling!
Ey Isroil naslining omon qolganlari!
Ey xalqim! Tugʻilganingdan beri seni onaday koʻtarib yurdim,
Ha, dunyoga kelmasingdan oldin Men tayanching boʻldim.
4Keksayguningcha ham Men Oʻshaman,
Soching oqarganda ham seni koʻtarib yuraman.
Men seni yaratganman, Oʻzim seni koʻtaraman.
Oʻzim seni koʻtarib, qutqaraman.
5Meni kimga oʻxshatasan?!
Kimga tenglashtirasan?!
Meni kimga taqqoslaysan?!
Nima, Men oʻshalar bilan teng boʻlib qoldimmi?!
6Mana, odamlar hamyondan tilla chiqaradilar.
Kumushni tarozilarda tortadilar.
Usta yollab, xudo yasattiradilar.
Ular oʻsha xudosiga taʼzim qiladilar.
Ha, unga sajda qiladilar.
7Oʻsha xudosini opichlab olib ketadilar,
Uni joyiga oʻrnatib, turgʻizib qoʻyadilar.
U joyidan qimirlamay turaveradi.
Kimdir unga yolvorganda, javob bermaydi,
Mashaqqatidan xalos qila olmaydi.
8Buni yodda tuting, mahkam boʻling!
Ey isyonkorlar, buni esga olib turing!
9Azaldan boʻlganlarni yodda tuting!
Axir, Men Xudoman, boshqasi yoʻq!
Men Xudoman, Menga oʻxshagani yoʻq!
10Oxirida nima boʻlishini boshidayoq aytaman.
Sodir boʻlmaganlarni oldindan bildiraman.
«Niyatlarim bajo boʻladi,
Barcha istaklarimni ijro etaman», deb aytmoqdaman.
11Sharqdan yirtqich qushni chaqiryapman.
Ha, xohishimni bajaradiganni
Uzoq yurtdan chaqiryapman ▼
▼ Sharqdan…chaqiryapman — Fors shohi Kurush nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (41:2 izohiga qarang).
.Men Oʻz aytganimni bajo qilaman!
Ha, oʻylaganimni amalga oshiraman!
12Menga quloq soling, ey oʻjarlar!
Gʻalaba uzoq, deb oʻylaganlar!
13Mana, Men gʻalaba keltiraman, u uzoqda emas.
Kechiktirmay najot beraman.
Ha, Quddusga ▼
▼ Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.
najot ato qilaman,Isroilga Oʻz ulugʻvorligimni beraman.”
Copyright information for
UznUzbL