‏ Isaiah 48

Xudoning isyonkor xalqi

1Eshiting buni! Ey Yoqub nasli!
Ey Isroil nomi bilan ataladiganlar,
Yahudo urugʻidan chiqqanlar!
Sizlar Egamizning nomi bilan qasam ichasizlar,
Isroil xalqining Xudosini tilga olasizlar,
Ammo haqiqat va solihlik bilan emas.
2Ha, sizlar oʻzingizni muqaddas shahar
muqaddas shahar — yaʼni Quddus.
nomi ila atadingiz,
Isroil xalqining Xudosiga tayandingiz,
Axir, Uning nomi Sarvari Olamdir.

3Egamiz sizlarga shunday dedi:
“Boʻlib oʻtganlarni oldindan Men aytdim,
Ogʻzimdan chiqishi bilan bularni bildirdim,
Birdaniga harakat qildim va ular sodir boʻldi.
4Axir, qaysarligingni Men bilaman–ku!
Boʻyning temirday, peshanang bronzaday qattiq!
5«Bularni mening sanamim qildi,
Quyma, oʻyma butlarim amr qildi», deb
Aytmagin, deya Men oldindan aytdim,
Bajo boʻlmasdan oldin, boʻlib oʻtganlarni bildirdim.
6Bularning hammasini eshitding,
Nahotki endi eʼtirof etmasang?!
Hozirdan boshlab yangilarini,
Oʻzing bilmagan yashirin narsalarni
Senga eshittirdim.
7Bular hozir yaratildi, qadimda emas,
Bu toʻgʻrida sen ilgari eshitmagansan.
Yoʻq! Sen: «Men bularni bilaman–ku!»
— deb ayta olmaysan.
8Ha, eshitmagansan, bilmaysan ham,
Hatto azaldan ham quloqlaring ochilmagandi.
Men bilaman–ku xiyonatkor ekanligingni,
Tugʻilganingdanoq sen isyonkor deb atalgansan.
9Oʻzimning ismim haqi gʻazabimni bosyapman,
Sharafim haqi Oʻzimni tutyapman,
Boʻlmasa, seni yoʻq qilgan boʻlardim.
10Mana, Men seni pokladim,
Ammo kumushday qilib emas.
Seni kulfat oʻchogʻida sinadim.
11Oʻz haqim, ha, Oʻz haqim uchun shunday qilaman!
Axir, nimaga Men badnom boʻlishim kerak?!
Shuhratimni birovga berib qoʻymayman.

Isroil Bobil zulmidan xalos boʻladi

12Menga quloq tut, ey Yoqub nasli!
Oʻzim chaqirgan Isroil xalqi, eshit!
Men Oʻshaman!
Boshi ham, oxiri ham Men Oʻzimman.
13Ha, Mening qoʻlim zaminning poydevorini
zaminning poydevori — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga koʻra, yer tep–tekis boʻlib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubida oʻrnatilgan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Bu ustunlar dengiz tubidagi poydevorga tayanardi.
qoʻygan,
Samolarni yoygan Mening qoʻlimdir.
Men ularni chaqirganimda
Ular birgalikda turadi.
14Hammangiz toʻplanib, eshiting!
Butlarning qaysisi bularni bildirdi?!
Kurushni
Kurush — 41:2 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
Men, Egangiz, yaxshi koʻraman.
U Bobilda Mening niyatimni bajo keltiradi.
Mening qoʻlim Bobilliklarga
Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 20–oyatida ham bor).
qarshi boʻladi.
15Men aytdim! Ha, Men Oʻzim aytdim!
Uni Men chaqirganman!
Uni Men olib keldim,
U gʻalabaga erishadi.
16Menga yaqinlashing! Bunga quloq soling!
Azaldan hech narsani yashirmay aytdim,
Boshidanoq Men oʻsha yerdaman.”

Mana endi Egamiz Rabbiy meni
Hamda Oʻz Ruhini yubormoqda
Mana endi Egamiz Rabbiy meni Hamda Oʻz Ruhini yubormoqda — bu soʻzlarni aytgan odam Ishayo yoki Egamiz tanlagan qul (42:1-9 ga qarang) yoxud shoh Kurush (shu bobning 14-15–oyatlariga qarang) boʻlishi mumkin.
.
17Qutqaruvchingiz, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi —
Egamiz shunday aytmoqda:
“Men Egangiz Xudoman!
Yaxshi boʻling deb, sizlarga yoʻl–yoʻriq koʻrsataman,
Yuradigan yoʻllaringizdan yetaklayman.
18Qaniydi amrlarimga quloq solganingizda!
Oʻshanda farovonligingiz daryoday boʻlardi,
Zafaringiz dengiz toʻlqinlariday boʻlardi.
19Urugʻingiz qum kabi boʻlardi,
Naslingiz qum zarralariday son–sanoqsiz boʻlardi.
Ularning nomi oʻchib ketmagan boʻlardi,
Mening oldimdan yoʻqotilmagan boʻlardi.”

20Endi Bobildan chiqib keting,
Bobilliklardan qoching.
Shodlik hayqiriqlari ila eʼlon qiling!
Dunyoning toʻrt chetiga bu xabarni yetkazing!
“Egamiz Oʻz qullari, Yoqub naslini qutqardi”, deb ayting!
21Egamiz ularni sahrodan olib borganda,
Ular tashnalikdan qiynalmadilar.
Xudo ular uchun qoyadan suv chiqardi
Xudo ular uchun qoyadan suv chiqardi — Chiqish 17:1-7 ga qarang.
.
U qoyani yordi, suvlar pishqirib chiqdi.

22“Yovuzlarga omonlik yoʻq”, deydi Egamiz.
Copyright information for UznUzbL