Isaiah 51
Xudo Oʻz xalqiga tasalli beradi
1Egam aytar: “Ey najotga umid bogʻlaganlar,Men, Egangizga intilayotganlar,
Menga quloq soling!
Qayerdan kelib chiqqaningizga eʼtibor bering:
Qoyangizga qarang, siz undan kesib olingansiz,
Koningizga qarang, siz undan qazib olingansiz.
2Ha, otangiz Ibrohimga boqing,
Sizni tuqqan Soraga qarang.
Ibrohimni chaqirganimda, u yolgʻiz edi,
Men unga baraka berib, koʻpaytirdim.
3Mana, Men, Egangiz, Quddusga ▼
▼ Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 11, 16–oyatlarida ham bor). 1:8 izohiga qarang.
tasalli beraman,Uning barcha vayronalariga tasalli beraman.
Uning sahrosini Adan bogʻiga aylantiraman,
Uning choʻlini Mening bogʻimday qilaman.
U yerda shodlik, sevinch boʻladi,
Shukronalik va qoʻshiq sadolari yangraydi.
4Ey xalqim! Menga quloq soling!
Quloq tuting Menga, ey elatim!
Mana, taʼlimot Mendan chiqib boradi,
Adolatim xalqlarga nur boʻladi.
5Men beradigan najot oʻz yoʻliga chiqdi,
Men gʻalaba qozonadigan vaqt yaqinlashdi.
Xalqlar orasida qoʻlim ila adolat oʻrnataman,
Dengiz ortidagi yurtlar Menga umid bogʻlaydi,
Bilagimning kuchidan ular umid qiladi.
6Koʻzlaringizni samolarga qarating,
Pastga, yer yuziga nazar soling.
Samolar tutun kabi yoʻqoladi,
Zamin kiyim kabi toʻzib bitadi.
Zamin ahli chivinday oʻlib ketadi,
Men beradigan najot esa to abad boʻladi,
Mening gʻalabam bekor qilinmaydi.
7Ey taʼlimotimni qalbiga jo qilganlar,
Sizlar nima toʻgʻri ekanligini bilasizlar.
Menga quloq soling!
Inson haqoratlaridan qoʻrqmanglar,
Ularning tahqirlaridan xafa boʻlmanglar.
8Kuya kiyimni, qurt junni yeb bitirganday,
Ular ham yoʻq boʻlib ketadi.
Mening gʻalabam esa abadiy boʻladi,
Najotim nasllar boʻyi davom etadi.”
9Uygʻon, uygʻon, ey Egam!
Kuch–qudratingga burkangin!
Uygʻon qadimgi paytlardagiday,
Azaliy nasllar davridagiday.
Maxluq Rahobni ▼
▼ Rahob — Levitanning yana bir ismi, Kanʼon xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluq (30:7 oyatga va 27:1 izohiga qarang). Bu oʻrinda Rahob Misrning sheʼriy nomi sifatida kelgan.
parchalagan Sen emasmiding?!Ajdarga tigʻ sanchgan Sen emasmiding?!
10Sen emasmiding dengizni quritgan,
Gʻoyat tubsizlikdagi suvlarni quritgan?!
Oʻzingga tegishli boʻlganlar oʻtsin deb,
Dengiz tubini yoʻl qilgan Sen emasmiding?!
11Egamiz qutqarganlar qaytib keladi,
Qoʻshiq aytib Quddusga keladi.
Abadiy shodlik ularning boshida toj boʻladi.
Ular shodlik, sevinchga yetishadi,
Qaygʻu, nadomat ulardan uzoqqa qochadi.
12Egam aytar: “Men Oʻzim sizlarni yupataman!
Kimdan qoʻrqasiz? Oʻladigan bandadanmi?
Maysaga oʻxshab soʻliydigan inson zotidanmi?!
13Samolarni yoygan ▼
▼ Samolarni yoygan… — 40:22 va Zabur 103:2 ga qarang.
, zamin poydevorini ▼▼ zamin poydevori — 48:13 izohiga qarang.
oʻrnatgan,Sizlarni yaratgan Men, Egangizni unutib qoʻydingiz.
Sizni qirmoqchi boʻlgan zolimning gʻazabidan
Har doim titrab–qaqshab turasiz.
Ammo qani endi zolimning gʻazabi?!
14Mazlumlar tez orada ozod boʻladi,
Ular oʻlmaydi, qabrga tushmaydi,
Nonga zor boʻlmaydi.
15Men Egangiz Xudoman.
Dengizni qoʻzgʻatadigan,
Toʻlqinlarni guvullatadigan Menman.
Mening nomim Sarvari Olamdir!
16Ogʻzingizga soʻzlarimni soldim,
Sizlarni qoʻlim soyasida yashirdim.
Samolarni oʻrnatganman,
Zamin poydevorini qoʻyganman.
Quddusga: «Sen Mening xalqimsan», deganman.”
Quddusning azoblari tugaydi
17Uygʻon, uygʻon ey Quddus, oyoqqa tur!Sen Egangning qoʻlidagi gʻazab kosasidan ▼
▼ gʻazab kosasi — Xudo gʻazabining ramzi boʻlgan sharob kosasi. Mana shu sharobdan mast boʻlish Xudoning hukmiga duchor boʻlishni bildiradi.
ichding!Tagidagi quyqumigacha ichib,
Gandiraklab qolding.
18Oʻzing tuqqan shuncha oʻgʻillar orasidan
Seni yetaklaydigan birontasi ham yoʻq.
Oʻzing oʻstirgan shuncha oʻgʻillar orasidan
Qoʻlingdan tutadigan birontasi yoʻq.
19Boshingga qoʻsh falokat keldi,
Kim senga tasalli beradi?!
Atrofingda talonchiligu halokat, ochligu qilich,
Kim seni yupata oladi?! ▼
▼ Kim seni yupata oladi?! — Qumron qoʻlyozmalaridan, qadimiy yunoncha, suryoniycha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Qanday qilib men seni yupata olaman?!
20Har bir koʻcha boshida
Oʻgʻillaring sulayib yotibdi.
Ular toʻrga tushgan kiyiklar kabidir.
Egangiz bor qahr–gʻazabiyu Oʻz tanbehi bilan
Ularni shu ahvolga soldi.
21Shu bois endi bunga quloq soling,
Ey azob chekkanlar!
Sizlar mastsiz, ammo sharobdan emas!
22Oʻz xalqini himoya qiladigan Xudoyingiz —
Egangiz Rabbiy shunday aytmoqda:
“Mana, sening qoʻlingdan
Gandiraklatadigan kosani oldim.
Endi gʻazabim kosasidan boshqa ichmaysan.
23Uni senga azob berganlarning qoʻliga beraman.
Ular senga: «Yerga yot, ustingdan
Bosib oʻtaylik», degan edi.
Yelkalaring ularga yer kabi boʻldi.
Sen oʻzing yoʻlday boʻlding,
Ular ustingdan bosib oʻtdi.”
Copyright information for
UznUzbL