‏ Isaiah 52

Xudo Quddusni qutqaradi

1Uygʻon, uygʻon, ey Quddus,
Kuch–qudratga toʻlgin.
Ajoyib kiyimlaringni kiygin,
Ey Sion, muqaddas shahar!
Mana endi sunnatsizlar, nopoklar
Darvozalaringdan ichkari kirmaydi!
2Qani, tur, tuproqni qoqib tashla!
Ey Quddus, oʻz taxtingga oʻtir!
Boʻyningdagi zanjirni uzib tashla,
Ey asira qiz
qiz — 37:22 ning birinchi izohiga qarang.
Sion!

3Mana Egamiz shunday demoqda: “Sizlar bepul sotilgan edingiz, endi pulsiz qutqarilasiz.” 4Ha, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Oldin xalqim Misrga bordi. U yerda musofir boʻldi. Keyin Ossuriyaliklar sababsiz ularga zulm oʻtkazdi. 5Bu nimasi? — demoqda Egamiz. — Xalqim behudaga bosib olindi. Hukmdorlari faryod qilmoqda, — demoqda Egamiz. — Mening nomim doimo, kun boʻyi haqorat qilinmoqda. 6Shu bois xalqim nomimni bilib oladi. Ha, Men gapirayotganimni oʻsha kuni ular bilib oladi. Mana, Men Oʻshaman.”

7Togʻlar osha tinchlikni eʼlon qilgan
Xabarchining qadamlari naqadar goʻzal!
U xushxabar olib kelmoqda,
U najotni eʼlon qilmoqda,
U Quddusga
Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 8–oyatida ham bor). 1:8 izohiga qarang.
: “Xudoying hukmrondir”, demoqda.
8Quloq soling! Soqchilaringiz ovozini koʻtarmoqda,
Birgalikda ular shodlikdan kuylamoqda!
Axir, Egamizning Quddusga qaytib kelishini
Ular oʻz koʻzlari bilan koʻradi.
9Ey Quddus vayronalari!
Birgalikda sevinch ila hayqiring.
Egamiz Oʻz xalqiga tasalli berdi,
Quddusni qutqarib, Oʻziga oldi!
10Hamma xalqlarning koʻz oʻngida
Egamiz muqaddas qoʻlini koʻrsatdi.
Xudoyimizning najotini
Yerning toʻrt burchi koʻradi.

11Keting, u yerdan chiqib keting!
Harom boʻlganlarga tegib ketmang!
Ey Egamizning muqaddas ashyolarini koʻtaradiganlar
…Egamizning muqaddas ashyolarini koʻtaradiganlar… — ruhoniylar va levilarga ishora. Bobil xalqi Quddusni bosib olganda, Maʼbadning muqaddas ashyolarini oʻz yurtiga olib ketgandi (4 Shohlar 25:13-15 ga qarang). Endi ruhoniylar va levilar muqaddas ashyolarni Quddusga qaytarib olib keladi (Ezra 1:7-11 ga qarang).
,
U yerdan chiqinglar, poklaninglar!
12Mana, siz shoshilmay yoʻlga chiqasiz,
Qochishingizga aslo hojat qolmaydi.
Axir, Egamiz oldingizda bormoqda,
Isroil xalqining Xudosi ortingizdan
Sizni qoʻriqlamoqda.

Egamizning azoblanayotgan quli

13Egam aytar: “Mana, Mening qulim yashnaydi,
U koʻtarilib, yuksaladi,
Gʻoyat balandga koʻtariladi.
14Ilgari uning qiyofasi shunday badbashara ediki,
Inson zotiga oʻxshash joyi qolmagan edi.
Shu bois koʻplar uning oldida
…uning oldida… — baʼzi ibroniy qoʻlyozmalaridan, qadimiy suryoniycha tarjimadan. Ibroniycha matnda …sizning oldingizda….
dahshatga tushdi,
15Endi esa u koʻp xalqlarni hayratda qoldiradi,
Uni deb shohlar ham lol boʻlib qoladi.
Axir, ular bilmagan narsalarni koʻradilar,
Eshitmaganlarini anglab yetadilar.”
Copyright information for UznUzbL