‏ Isaiah 53

1Bizning
Biz — shu bobda Ishayo paygʻambar oʻz xalqi nomidan gapirmoqda.
xabarimizga kim ishondi?
Egamizning qudratli kuchi kimga ayon boʻldi?
2Egamizning quli Egamiz oldida yangi koʻchatday,
Quruq tuproqdagi ildizday oʻsdi.
Bizni oʻziga jalb qiladigan
Goʻzallik, ulugʻvorlik unda yoʻq edi.
Bizni oʻziga rom etadigan
Hech bir jozibasi yoʻq edi.
3Odamlar undan nafratlandilar, uni rad etdilar.
U qaygʻu, azob–uqubat nimaligini bilardi.
Hamma undan yuz oʻgirdi, undan hazar qildi.
Biz uni odam qatorida sanamadik.
4Ha, dardlarimizni u oʻziga oldi,
Ogʻriqlarimizni u oʻz zimmasiga oldi.
Biz esa oʻyladik: “Uni Xudo urgan,
Alamdiyda, jabrlangan u!”
5U esa bizning gunohlarimizni deb yarador boʻldi,
Bizning ayblarimiz tufayli ezildi.
Bizga tinchlik keltiradigan jazo unga tushdi,
Uning yaralari bizga shifo berdi.
6Hammamiz qoʻylarday yoʻldan adashdik,
Hammamiz oʻz yoʻlimizdan ketdik.
Hammamizning ayblarimizni
Egamiz uning zimmasiga yukladi.

7U jabr koʻrdi, oʻzi uqubat chekdi,
Ammo miq etmadi, ogʻzini ochmadi.
Boʻgʻizlanishga olib borilgan qoʻziday,
Jun qirquvchi oldida jim turgan qoʻyday
U miq etmadi, ogʻzini ochmadi.
8Hukm bilan, kuch bilan
Hukm bilan, kuch bilan… — yoki Adolatsiz hukm bilan….
olib ketildi.
Uning nasli haqida kim oʻylaydi?
Uning nasli haqida kim oʻylaydi? — yoki Uning nasli orasidagi odamlardan kim uning taqdiri haqida qaygʻurdi? yoxud Uning nasli orasidagi odamlardan quyidagilarni kim tushundi?

Tiriklar yurtidan u uloqtirildi,
Xalqimizning
Xalqimiz — ibroniycha matnda Xalqim, shu bobning 1–oyati izohiga qarang.
gunohi tufayli unga zarba tushdi.
9Garchi u yovuzlik qilmagan boʻlsa ham,
Ogʻzidan yolgʻon soʻz chiqmagan boʻlsa ham,
Unga yovuzlar qatori qabr berilgandi,
Ammo oʻlganda u boylar yoniga qoʻyildi.

10Egamiz Oʻz qulini ezishni, azoblashni maʼqul koʻrdi.
Shunday boʻlsa ham, Egamizning quli oʻz naslini koʻradi,
Uzoq umr kechiradi,
Chunki u oʻzini gunoh uchun nazr qildi.
U orqali Egamizning xohishi bajo boʻladi.
11Chekkan azoblarining natijasini koʻrib
Chekkan azoblarining natijasini koʻrib… — ibroniycha matndan. Qumron qoʻlyozmalarida Azoblar chekkandan keyin yorugʻlik koʻrib (yaʼni u yashaydi).
,
U mamnun boʻladi.
Mening solih qulim oʻz bilimi tufayli
Koʻpchilikni oqlab, ularning aybini oʻziga oladi.
12Shu bois buyuklar qatorida unga ulush beraman
…buyuklar qatorida unga ulush beraman… — 49:7, 52:15 ga qarang.
,
U kuchlilar bilan oʻljalarni boʻlishadi.
Axir, u oʻzini oʻlimga tutib berdi,
Gunohkorlar qatorida sanaldi.
Koʻplarning gunohini u oʻziga oldi,
Gunohkorlar uchun vasiylik qildi.
Copyright information for UznUzbL