Isaiah 57
Butparast Isroil xalqi hukm qilinadi
1Egam aytar: “Solih odamlar oʻlib ketyapti,Hech kim bu haqda fikr yuritmaydi.
Taqvodorlar yoʻq boʻlyapti.
Yovuzlikdan qutulsin deb,
Solihlar olamdan oʻtyapti.
Hech kim bu haqda oʻylab ham koʻrmaydi.
2Solih insonlar tinchlikka erishadi,
Toʻgʻri yurganlar oʻlimda ham orom topadi.
3Sizlar esa, ey folbinning oʻgʻillari,
Yaqinroq keling!
Bu yoqqa keling, ey zinokor, fohishalar urugʻi!
4Xoʻsh, sizlar kimning ustidan kulyapsiz?
Kimga qarshi ogʻiz ochyapsiz?
Kimga qarab tilingizni chiqaryapsiz?
Axir, itoatsizlarning bolalarisiz–ku!
Yolgʻonchining urugʻidan kelib chiqqansizlar–ku!
Shunday emasmi?!
5Har bir yam–yashil daraxt ostida ▼
▼ Har bir yam–yashil daraxt ostida… — mahalliy xudolarga qurbonlik keltiriladigan joylar nazarda tutilgan (1:29 izohiga qarang).
Shahvat bilan gunohga berildingiz! ▼
▼ …Shahvat bilan gunohga berildingiz! — mahalliy sajdagohlarda fahsh orqali bajariladigan diniy marosimlarga ishora (yana shu bobning 7-8–oyatlariga qarang).
Daryo boʻylarida, qoyalar kovagida
Oʻz farzandlaringizni qurbonlik qildingiz!
6Sizlar sevgan butlar daryoning silliq toshlari orasidadir!
Ha, oʻsha butlarga sizlar koʻngil qoʻygansiz!
Ana oʻshalarga sharob nazrlari berdingiz,
Ularga don nazrlarini atadingiz.
Xoʻsh, bulardan Men xursand boʻlaymi?!
7Baland, buyuk togʻda yotoq qurasiz,
Qurbonlik keltiray deb, oʻsha yerga chiqasiz.
8Eshiklaringiz orqasiga,
Eshiklaringizning kesakisi ▼
▼ kesaki — eshik oʻrnatilgan chorchoʻp.
ortigaJirkanch tamgʻalaringizni qoʻydingiz.
Ha, Mendan yuz oʻgirdingiz,
Yalangʻoch boʻlib yotogʻingizga kirdingiz,
Oʻynashlaringiz bilan ahd tuzdingiz,
Ular bilan yotishni juda yoqtirib qoldingiz.
Ularning yalangʻoch badanidan koʻz uzmadingiz.
9Zaytun moyi bilan koʻpgina xushboʻy atirlar olib,
Oʻz shohingizga ▼
▼ Oʻz shohingiz — yoki Moʻlax, Ommon xalqining xudosi.
hadyalar qildingiz.Uzoqlarga, hatto oʻliklar diyoriga ▼
▼ oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 5:14 izohiga qarang.
Elchilaringizni yubordingiz.
10U yoqdan–bu yoqqa yuraverib, toliqdingiz,
Ammo shunda ham umidingizni uzmadingiz.
Qaytadan kuch tikladingiz,
Shu bois hech zaiflashmadingiz.
11Kim sizlarni vahimaga soldi?
Kim sizlarni shunchalik qoʻrqitdi?
Yolgʻon gapirdingiz. Meni eslamadingiz!
Men haqimda oʻylab ham koʻrmadingiz!
Uzoq sukut saqlaganim sababli
Mendan qoʻrqmay qoʻydingiz!
12Mana endi oʻzingizcha toʻgʻri deb bilgan
Oʻsha ishlaringizni ochib tashlayman.
Ular sizga bitta ham foyda keltirmaydi.
13Yordam soʻrab, faryod qilganingizda
Atrofingizdagi butlar sizlarni qutqarsin!
Ularning hammasini shamol supurib ketadi,
Shabada ularni uchirib ketadi.
Mendan panoh topganlar esa yurtni mulk qilib oladi,
Ular Mening muqaddas togʻimga ▼
▼ Mening muqaddas togʻim — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 4:5 ning ikkinchi izohiga qarang.
egalik qiladi.”14Egam shunday aytmoqda:
“Tuproq yigʻib, yoʻlni tayyorlang,
Xalqim yoʻlidagi toʻsiqlarni olib tashlang.”
Xudoning madad va shifo haqidagi vaʼdasi
15Yuksak, yuqori boʻlgan, abadiy yashaydigan Egamiz,Nomi muqaddas Egamiz shunday aytmoqda:
“Men yuksakda, muqaddas maskanda yashayman.
Kamtarlar ruhini qayta tiklay deb,
Itoatkorlar qalbini jonlantiray deb,
Ruhi kamtar, itoatkor odamlar bilan birgaman.
16Axir, Men to abad daʼvolashmayman,
Abadiy qahr–gʻazabda boʻlmayman.
Aks holda, Men yaratgan tirik jonzot,
Inson zoti oldimda tura olmasdi.
17Ularning gunohu hasadgoʻyligi tufayli
Gʻazablanib, ularni jazoladim.
Qahr bilan ulardan yuz oʻgirdim,
Ammo baribir istagan yoʻllaridan ketdilar.
18Ularning yurgan yoʻllarini koʻrdim,
Mayli, endi shifo berib, yoʻl koʻrsataman,
Ularga ham, aza tutayotganlarga ham
Oʻzim tasalli beraman.
19Ularning tillarini madhiyaga toʻldiraman.
Uzogʻu yaqindagilarga tinchlik boʻlsin!
— demoqda Egamiz. —
Men ularga shifo beraman.
20Fosiqlar esa toʻlqinlangan dengizdaydir.
Ha, ular tinch tura olmaydigan dengizga oʻxshaydi.
Oʻsha dengizning suvlari loy, balchiq keltiradi.”
21Xudoyim shunday deydi:
“Yomonlarga tinchlik yoʻq.”
Copyright information for
UznUzbL