Isaiah 60
Quddusning ulugʻvor kelajagi
1Ey Quddus xalqi, tur, porlagin! Axir, nuring keldi,Egamizning ulugʻvorligi ustingga yogʻildi.
2Mana, yer yuzini zulmat qopladi,
Xalqlarni quyuq zulmat bosdi.
Ammo Egamiz sening oldingga keladi,
Oʻz ulugʻvorligini boshing uzra porlatadi.
3Xalqlar sening nuringga keladi,
Tonggi yorugʻligingga shohlar keladi.
4Boshingni koʻtarib, atrofingga boq!
Hammasi toʻplanib, senga kelmoqda.
Oʻgʻillaringni uzoqlardan olib keladilar,
Qizlaringni chaqaloqlarday qoʻllarda koʻtarib keladilar.
5Oʻshanda shularni koʻrib, nur sochasan,
Yuraging hapriqib, qinidan chiqquday boʻladi.
Zotan, dengiz orqali keladigan boyliklar senga nasib etadi,
Xalqlarning boyligi senga keladi.
6Yurting tuya suruvlariga toʻlib ketadi,
Midiyon, Efaxning ▼
▼ Midiyon, Efax — Midiyon koʻchmanchi bir qabilaning bobokaloni boʻlgan. Bu qabila hozirgi Aqaba qoʻltigʻining sharqidagi Arabiston sahrosida yashagan. Efax Midiyon qabilasining bir urugʻi edi.
boʻtaloqlari bilan toʻladi.Ularning hammasi Shava yurtidan ▼
▼ Shava yurti — Arabiston yarim orolining janubi–gʻarb tomonida boʻlgani ehtimoldan holi emas. Shava malikasi shoh Sulaymonga hadyalar olib kelgan edi (3 Shohlar 10:1-13 ga qarang).
keladi,Oltinu tutatqilar olib keladi.
Ular Egamizga madhlar aytadi.
7Kedarning hamma qoʻy suruvlari senga keladi,
Navayotning ▼
▼ Kedar…Navayot… — Arabiston yarim orolining shimolidagi yerlar.
qoʻchqorlari senga xizmat qiladi.Egamizning qurbongohida
Ular qurbonlik deb qabul qilinadi.
Egamiz Oʻz uyini yanada ulugʻvor qiladi.
8Bulutlar kabi, uchayotgan nima u?
Inlariga uchayotgan kaptarlarga oʻxshash nima u?
9Shubhasiz, dengiz ortidagi yurtlar
Egamizga muntazir boʻladi.
Isroil xalqining Muqaddas Xudosi —
Egangiz Xudoning sharafiga
Tarshish ▼
▼ Tarshish — 2:16 izohiga qarang.
kemalari boshchiligidaBolalaringizni uzoqdan olib kelishadi,
Oltinu kumushlari bilan birga olib kelishadi.
Zotan, Egamiz seni ulugʻvorlik bilan qoplagan.
10Egamiz Quddusga shunday deydi:
“Begonalar devorlaringni tuzatadi,
Shohlari senga xizmat qiladi.
Gʻazablanganimda senga jazo bergan boʻlsam ham,
Endi marhamat qilib, senga shafqat qilaman.
11Darvozalaring doimo ochiq boʻladi,
Ular kechayu kunduz yopilmaydi.
Shunda xalqlar senga boyliklarini olib keladi,
Ularni oʻz shohlari boshlab keladi.
12Senga xizmat qilmagan elatu shohlik yoʻq boʻladi,
Ha, u xalqlar batamom nobud boʻladi.
13Lubnonning faxrlangan daraxtlari
Senga olib kelinadi.
Sarv, chinor, sadr yogʻochlari
Muqaddas maskanimni bezatish uchun keltiriladi.
Oyogʻim turgan shu joyga Men shuhrat keltiraman.
14Senga zulm qilganlarning oʻgʻillari kelib,
Senga taʼzim qiladilar.
Sendan nafratlanganlarning hammasi
Oyoqlaringga yiqiladi.
Ular seni «Egamizning shahri,
Isroil xalqining Muqaddas Xudosining shahri — Sion» deb atashadi.
15Ilgari sen tashlab ketilgan,
Hamma nafrat etgan,
Biror kimsa oʻtmaydigan joy eding.
Endi Men seni abadiy ulugʻvor qilaman,
Jamiki nasllarning shodligi qilaman.
16Elatlar, shohlar seni ona kabi emizadilar,
Oʻshanda Men, Egang, sening najotkoring ekanligimni bilib olasan,
Yoqub naslining qudratli Xudosi —
Qutqaruvching Men ekanligimni anglaysan.
17Senga bronza oʻrniga oltin,
Temir oʻrniga kumush,
Yogʻoch oʻrniga bronza,
Tosh oʻrniga temir keltiraman.
Tinchlik sening hakaming,
Solihlik hukmdoring boʻladi.
18Yurtingda endi zoʻravonlik tovushi eshitilmaydi,
Chegarang ichida vayronagarchilik, halokat boʻlmaydi.
Devorlaringga, Najot deb nom qoʻyasan,
Darvozalaringga, Sharaf deya nom berasan.
Xudoning Oʻzi Quddusning ulugʻvorligidir
19Endi kunduzi quyosh senga nur sochmaydi,Oy ham yorugʻlik manbaing boʻlmaydi.
Senga Mening Oʻzim to abad nur manbai boʻlaman,
Men, Xudoying, sening ulugʻvorliging boʻlaman.
20Quyoshing hech qachon botmaydi,
Oying endi boshqa yashirinmaydi,
Chunki Men sening quyoshu oying boʻlaman.
Ha, Men sening to abad nuring boʻlaman,
Qaygʻuli kunlaring tamom boʻladi.
21Xalqingning hammasi solih boʻladi,
Ular yurtni to abad mulk qilib oladi.
Oʻzim oʻtqazgan niholdir ular,
Menga shuhrat keltirsin deb, yaratgan
Qoʻllarimning ijodi ular.
22Eng kichik odamingdan mingta odam chiqadi,
Eng zaif odamingdan kuchli xalq paydo boʻladi.
Men, Egang, buni oʻz vaqtida tez bajo keltiraman.”
Copyright information for
UznUzbL