‏ Isaiah 63

Xudoning qasosi va najoti

1Edomdan kelayotgan kim?
Qizil libos kiyib,
Bozrax shahridan
Bozrax shahri — Edom yurtining poytaxti.
kelayotgan kim?
Koʻzni qamashtiruvchi kiyimlar kiyib,
Katta kuch bilan qadam bosgan kim?

Egamiz shunday dedi:
“Bu Men, Egangizman! Qutqarish kuchiga egaman.
Gʻalabani eʼlon qilishga kelmoqdaman.”

2Ey Egam, nechun kiyimlaring qip–qizil?
Nima uchun chuqurda uzum ezgan odamga
chuqurda uzum ezgan odam — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga oʻyilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat oʻsha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi. Uzum ezish Muqaddas Kitobda koʻpincha Xudoning odamlar ustidan chiqaradigan hukmiga nisbatan koʻchma maʼnoda ishlatilgan.
oʻxshaysan?

Egamiz javob berdi:
3“Uzum siqish chuqurida Oʻzim ishladim,
Yonimda xalqlardan birontasi yoʻq edi.
Gʻazab bilan dushmanlarni ezdim,
Qahr bilan ularni oyoq osti qildim.
Ularning qoni kiyimlarimga sachradi,
Butun ust–boshimni iflos qildi.
4Ha, Men qasos kunini tayinlab qoʻygan edim,
Xalqimni qutqaradigan kun yetib keldi.
5Qaradim, yordam beradigan biror odam yoʻq edi,
Qoʻllab–quvvatlaydigan hech kimsa yoʻqligidan hayratda qoldim.
Shunda Oʻzimning qoʻlim yordamga keldi,
Oʻz gʻazabim Menga madad boʻldi.
6Gʻazab bilan xalqlarni tepkiladim,
Jahl bilan ularni ezib tashladim.
Ularning qonini yerga toʻkdim.”

Xudoning Isroil xalqiga qilgan yaxshiligi

7Egamizning sodiq sevgisi haqida aytaman,
Qilgan ishlari uchun Egamizga hamdlar aytaman.
Oʻzining mehr–shafqati, buyuk sevgisi bilan
Isroil xalqiga qilgan buyuk ezguliklari haqida aytaman.
8Egamiz shunday dedi:
“Ha, Isroil xalqi Mening xalqimdir,
Xiyonat qilmaydigan farzandlardir.”
Shunday qilib, Xudo ularning najotkori boʻldi.
9Ular qiynalganlarida, U ham azob chekdi,
Egamizning farishtasi ularni qutqardi.
Sevgisi, shafqati tufayli Uning Oʻzi ularni qutqardi.
Egamiz ularni koʻtarib, azaldan opichlab yurardi.

10Ammo ular isyon qildilar,
Egamizning Muqaddas Ruhini ranjitdilar.
Shuning uchun Egamiz ularning dushmani boʻldi.
Egamizning Oʻzi ularga qarshi kurashdi.
11Shunda xalq oʻtgan kunlarni,
Musoning davrini eslab, shunday dedi:
“Ota–bobolarimizni va ularning choʻponlarini dengizdan oʻtkazgan qani?
Oʻz Muqaddas Ruhini ularning orasiga yuborgan qani?
12Ajoyib qudratli qoʻli bilan
Musoning oʻng qoʻlidan tutgan qani?
Oʻzining nomini sharaflay deb,
Ularning oldidagi suvni ikkiga boʻlgan qani?”
13Egamiz ularni dengiz tubidan olib oʻtdi.
Tekis joyda yurgan otday
Ular hech qoqilmasdan oʻtdi.
14Vodiyga yoyilgan podaga oʻxshatib,
Egamizning Ruhi ularga orom berdi.
Oʻzining buyuk nomi ulugʻlansin deya,
Egamiz Oʻz xalqiga yoʻl koʻrsatdi.

Mehr–shafqat va madad uchun ibodat

15Ey Egamiz, osmondan qara,
Muqaddas, ulugʻvorlikka toʻla
Maskaningdan boq!
Qani endi gʻayrating, qudrating?
Sen mehribonligingni, shafqatingni
Bizdan darigʻ tutding.
16Axir, Sen bizning otamizsan, ey Egamiz!
Ibrohim bizni bilmaydi,
Yoqub
Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).
bizni tanimaydi.
Sen bizning otamizsan!
Azaldan noming — “Qutqaruvchimiz.”
17Ey Egamiz, nega bizni yoʻlingdan adashtirasan?
Nega bizga Sendan qoʻrqmaydigan tosh yurak bergansan?
Biz Sening qullaringmiz.
Bizning haqi–hurmatimiz,
Oʻzingning aziz xalqing haqi–hurmati
Bizga yuz burgin!
18Sening muqaddas maskaningga
Biz, aziz xalqing, faqat oz vaqt egalik qildik.
Endi esa dushmanlarimiz
U yerni oyoq osti qilib tashladi
Sening muqaddas maskaningga…faqat oz vaqt egalik qildik. Endi esa dushmanlarimiz U yerni oyoq osti qilib tashladi — yoki Yurtga…faqat oz vaqt egalik qildik. Endi esa dushmanlarimiz Sening muqaddas maskaningni oyoq osti qilib tashladi.
.
19Senga tegishli boʻlmagan xalqqa,
Sen ustidan hukmron boʻlmagan elga
Biz allaqachon oʻxshab qoldik.
Copyright information for UznUzbL