Isaiah 65
Xudo hukmining odilligi
1Egam aytar: “Meni soʻramaganlarga koʻrindim,Meni izlamaganlar topdi.
Menga iltijo qilmagan bir xalqqa:
«Mana Men! Shu yerdaman!» deb aytdim.
2Itoatsiz xalqni
Kun boʻyi quchoq ochib kutdim.
Ana, ular oʻzlari xohlagan,
Toʻgʻri boʻlmagan yoʻllardan yuradi.
3Ular yuzimga qarab turib,
Jahlimni chiqaradi.
Sajdagoh bogʻlarda ▼
▼ Sajdagoh bogʻlar — 1:29 izohiga qarang.
toʻxtovsiz qurbonliklar keltiradi,Gʻisht qurbongohlarda ▼
▼ Gʻisht qurbongohlar — Tavrot qonuniga koʻra, Xudoning xalqi faqatgina loydan yoki yoʻnilmagan toshdan qurbongohlar yasashi kerak edi (Chiqish 20:24-25, Qonunlar 27:5-6, Yoshua 8:31 ga qarang).
tutatqilar tutatadi.4Ular qabrlar orasida oʻtirib,
Yashirin joylarda arvohlarga maslahat soladi ▼
▼ …arvohlarga maslahat soladi — Qonunlar 18:9-14 ga qarang.
.Ular choʻchqa goʻshtini yeydi,
Qozonlarida harom goʻsht qaynatadi.
5Ular boshqalarga shunday deydi:
«Nariroq tur, menga tegma,
Yana muqaddasligim yuqib qolmasin.»
Bularning hammasi kun boʻyi yonib turgan olov kabidir.
Ularning tutuni burnimni achitadi.
6Mana, hammasi koʻz oʻngimda yozib qoʻyilgan.
Men jim turmayman, ularni jazolayman.
Qilmishlariga yarasha ularga toʻliq qaytaraman.
7Ularni oʻzlarining gunohlari uchun
Hamda otalarining gunohlari uchun jazolayman,
— demoqda Egamiz. —
Axir, ular togʻlarda tutatqilar tutatdilar,
Tepaliklarda Meni haqorat qildilar.
Shu bois qilmishlariga yarasha
Ularga jazosini beraman.”
8Egamiz shunday aytmoqda:
“Agar bir bosh uzumda hali sharbati bor boʻlsa,
Odamlar: «Uni tashlab yubormang,
Hali foydasi tegadi», deb aytadi.
Men ham Oʻz qullarim haqi shunday qilaman,
Oʻz xalqimning hammasini yoʻq qilmayman.
9Togʻlarimni mulk qilib olsin deb,
Isroil ▼
▼ Isroil — ibroniycha matnda Yoqub. Bu oyatda Isroil — shimoliy shohlikni, Yahudo janubiy shohlikni bildiradi.
va Yahudo xalqiga avlod beraman.Tanlagan xalqim togʻlarimga egalik qiladi,
Mening qullarim u yerda yashaydi.
10Sharon tekisligi qoʻylar suruvlari uchun yaylov boʻladi,
Oxor soyligi ▼
▼ Sharon tekisligi…Oxor soyligi… — Sharon tekisligi Isroilning gʻarbida, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan (33:9 ning birinchi izohiga qarang). Oxor soyligi esa Isroilning sharqida, Yerixo shahri yaqinida joylashgan. Mana shu ikki nom ostida butun Isroil yurti nazarda tutilgan.
mol–qoʻylar uchun oʻtloq boʻladi.Ha, bu yerlar Menga intilganlarniki boʻladi.
11Ammo baʼzilaringiz Men, Egangizni tark etdingiz,
Muqaddas togʻimni ▼
▼ Muqaddas togʻim — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 4:5 ning ikkinchi izohiga qarang.
unutdingiz!«Omad» buti uchun dasturxon yozdingiz,
«Qismat» buti uchun qadahlarga sharob quydingiz!
12Shundaylarni Men qilichning damiga roʻpara qilaman.
Hammangiz tiz choʻkasiz, boʻgʻizlanasiz.
Axir, Men chaqirganimda javob bermadingiz,
Gapirganimda quloq solmadingiz.
Mening oldimda qabihliklar qildingiz,
Men xohlamagan narsalarni tanladingiz.”
13Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda:
“Mening qullarim yeydi, sizlar esa och qolasiz,
Qullarim ichadi, sizlar tashnalikdan azob chekasiz,
Qullarim shod–xurram boʻladi,
Sizlar esa sharmandayu sharmisor boʻlasiz.
14Qullarimning qalbi shodlikka toʻladi,
Ular qoʻshiqlar kuylaydi.
Sizlar esa yuragingizdagi qaygʻudan dod–voy qilasiz,
Ezilgan ruhingiz tufayli uvullab yigʻlaysiz.
15Men, Egangiz Rabbiy, sizlarni oʻldiraman,
Sizning nomingiz tanlangan xalqim orasida
Laʼnat sifatida ishlatiladi.
Oʻz qullarimga esa boshqa nom beraman.
16Kim oʻziga bu yurtda baraka tilasa,
Men, sodiq Xudoning nomi bilan duo qiladi.
Yurtda kim ont ichadigan boʻlsa,
Mening nomim bilan ont ichadi.
Oldingi qaygʻular unutiladi,
Qaygʻu koʻz oldimdan yoʻqotiladi.
Yangi ulugʻvor ijod
17Mana, qarang! Yangi osmon, yangi yer yaratyapman.Ilgari boʻlganlar endi eslanmaydi,
Ular hech qachon yodga olinmaydi.
18Yaratayotgan ishlarim tufayli
To abad shodlaning, xursand boʻling.
Men Quddusni shodlik qilib,
Xalqini quvonch qilib yaratyapman.
19Men Quddus tufayli sevinaman,
Xalqim Menga quvonch keltiradi.
Endi Quddusda hech qachon
Yigʻi, faryod tovushi eshitilmaydi.
20U yerda endi goʻdaklar oʻlmaydi,
Biror qariya yoshini yashamay oʻtmaydi.
Birontasi yuz yoshga kirib olamdan oʻtsa,
U haqda: «Evoh, yosh ketdi», deb aytadilar.
Yuzga yetmay oʻlganni laʼnati deb biladilar ▼
▼ Yuzga yetmay oʻlganni laʼnati deb biladilar — yoki Yuzga kirgan gunohkor esa laʼnatlanadi.
.21Xalqim uylar qurib, oʻzlari oʻsha yerda yashaydi,
Tokzorlar oʻtqazib, hosilini oʻzlari yeydi.
22Endi ular qurgan uylarda boshqalar yashamaydi,
Ekkan daraxtlarining hosili boshqalarga nasib boʻlmaydi.
Xalqimning umri chinor umriday uzoq boʻladi,
Tanlagan xalqim oʻz qoʻllarining mahsulidan uzoq vaqt bahramand boʻladi.
23Ularning mehnati behuda ketmaydi,
Nasllari baxtsizlikka mubtalo boʻlmaydi.
Ular Men, Egasidan baraka topgan xalqdir,
Ularning avlodiga ham Men baraka beraman.
24Menga yolvormaslaridan ham oldin
Xalqimga javob beraman.
Gapirayotgan paytining oʻzidayoq
Ularga quloq tutaman.
25Boʻri bilan qoʻzichoq birga oʻtlab yuradi,
Sher ham hoʻkiz kabi somon yeydi,
Ilon esa tuproq yalaydi.
Muqaddas togʻimning biron yerida
Hech bir yovuzligu yomonlik qilinmaydi.”
Egamizning kalomi shudir.
Copyright information for
UznUzbL