Jeremiah 13
Zigʻir tolasidan toʻqilgan qiyiqcha
1Egamiz menga shunday dedi: “Bor, oʻzing uchun zigʻir qiyiqcha sotib ol. Uni belingga bogʻla, ammo suvga tekkizma.” 2Egamizning amriga binoan, men qiyiqcha sotib olib, belimga bogʻlab oldim. 3Keyin Egamiz menga shu soʻzini ayon qildi: 4“Sotib olgan belingdagi qiyiqchani qoʻlingga olgin–u, Poro anhorining ▼▼ Poro anhori — Quddusdan qariyb 10 kilometr va Yeremiyoning ona shahri Onotoʻtdan qariyb 5 kilometr shimoli–sharqda joylashgan. Ibroniycha matnda bu oʻrindagi nom Perot boʻlib, odatda Furot daryosi maʼnosini ifodalaydi. Biroq Furot daryosi Onotoʻt shahridan taxminan 1000 kilometr uzoqlikda joylashgani uchun, bu oyatda Furot daryosi nazarda tutilmagan boʻlsa kerak (shu bobning 5-7–oyatlarida ham ishlatilgan). Ehtimol, ushbu oyatda Poro anhori — Furot daryosining ramzi. Furot daryosi Yahudo xalqi kelajakda surgun qilinadigan Bobil yurtida edi.
boʻyiga tush. Qiyiqchani qoyaning yoriq joyiga yashirib qoʻy.” 5Men Egamiz buyurganidek qildim. Qiyiqchani Poro anhorining boʻyiga yashirib qoʻydim. 6Oradan ancha kun oʻtgandan soʻng, Egamiz menga shunday dedi: “Qani, Poro anhorining boʻyiga bor, Mening amrimga binoan, u yerga yashirib qoʻygan qiyiqchangni olib kel.” 7Shunda men borib, qiyiqchani oʻzim yashirib qoʻygan joydan kovlab oldim. Ammo qiyiqcha chirib ketgan, hech narsaga yaramaydigan boʻlib qolgan edi. 8Shunda Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi. 9Egamiz shunday demoqda: “Men Yahudo xalqining magʻrurligini va Quddus aholisining takabburligini qiyiqcha kabi chiritaman. 10Bu fosiq xalq soʻzlarimni eshitishdan bosh tortdi, yovuz yuragining oʻjarliklariga itoat qildi. Begona xudolarga ergashdi, ularga xizmat qilib, sajda etdi. Ular oʻsha chirib ketgan qiyiqcha kabi, hech narsaga yaramaydigan boʻlib qoladilar. 11Qiyiqcha odamning beliga yopishib turgani kabi, Men jamiki Isroil va Yahudo xalqlarini Oʻzimga yaqin tutar edim: ular Mening xalqim boʻlishadi, Menga shon–shuhrat, olqishlar va sharaf keltirishadi deb, shunday qilgan edim. Ammo ular Menga quloq solmadilar.” Egamizning kalomi shudir. Sharob uchun meshlar
12Isroil xalqining Xudosi — Egamiz menga shunday dedi: “Ey Yeremiyo, xalqqa ayt: «Sharob meshlari sharob bilan toʻldirilishi kerak.» Bordi–yu, ular senga: «Sharob meshlari sharob bilan toʻldirilishi kerakligini oʻzimiz ham bilamiz», deb aytishsa, 13sen ularga shunday deb javob ber: «Egamiz demoqda: Men bu yurtdagi hamma odamlarni mast ▼▼ mast — bu oʻrinda sharob Xudo gʻazabining ramzi boʻlib, sharobdan mast boʻlish Xudoning hukmiga duchor boʻlishni bildiradi (25:15-29 ga va Ishayo 51:17-23 ga qarang).
qilaman. Dovud taxtida oʻtirgan shohdan tortib, ruhoniylar, paygʻambarlar va Quddusning butun aholisigacha — hammasini mast qilaman. 14Men ularni bir–birlariga, ota–onalarni bolalariga qarshi qilib qoʻyaman, — deb aytmoqda Egamiz. — Ularni ayamay yoʻq qilib tashlayman, ularga achinmayman, rahm–shafqat qilmayman.»” Yeremiyo takabburlik oqibatlari haqida ogohlantiradi
15Eshitinglar, quloq solinglar,Katta ketmanglar,
Zotan, Egamiz gapirmoqda.
16Xudo ustingizga zulmat yubormasdan oldin,
Qorongʻi qirlarda qoqilmasingizdan oldin,
Egangiz Xudoni ulugʻlang.
Aks holda, siz kutayotgan yorugʻlikni
U zulmatga aylantiradi,
Oʻsha yorugʻlikni tim qorongʻi qiladi.
17Agar siz gaplarimga quloq solmasangiz,
Magʻrurligingiz uchun qalbim pinhon yigʻlaydi.
Men achchiq–achchiq koʻz yosh toʻkaman,
Axir, Egamizning qoʻylari
Asirlikka olib ketiladi.
18Egamiz menga dedi:
“Shohga va ona malikaga ▼
▼ Shohga va ona malikaga… — Yohayixin va uning onasi Naxushta nazarda tutilgan (4 Shohlar 24:8, 12 ga qarang). Odatda shohning onasi saroyda yuqori martabaga ega boʻlgan.
shunday degin:«Taxtdan tushinglar,
Axir, chiroyli tojingiz
Boshingizdan tushib ketdi.»
19Nagav choʻlidagi shaharlar berkitilgan,
Darvozalarni ochadigan kimsa yoʻq.
Yahudo xalqi asirlikka olib ketildi,
Ha, butun xalq surgun qilindi.”
20Ey Quddus, shimoldan kelayotganlarga bir qara!
Qani sening chiroyli qoʻylaring?
Qani senga topshirilgan suruving?
21Sen ittifoqdoshlaringga oʻzing ustozlik qilgan eding,
Egamiz oʻshalarni boshingga chiqarganda, nima der ekansan?
Shunda sen toʻlgʻoq tutgan ayolday boʻlib qolasan–ku!
Dard azobida qolib ketasan–ku!
22“Nega bular boshimga tushdi?” dersan.
Sen koʻp gunoh qilding,
Etaging koʻtarildi, xoʻrlanding.
23Habashistonlik ▼
▼ Habashistonlik — ibroniycha matnda Kushlik. Kush degan joy Misrdan janubda boʻlib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi.
oʻz terisining rangini oʻzgartira oladimi?!Qoplon oʻz terisidagi xollarini yoʻqota oladimi?!
Shu singari, sizlar ham yaxshilik qila olmaysizlar,
Yomonlik qilishga odatlanib qolgansizlar!
24– 25Egamiz shunday deb aytmoqda:
“Garmsel ▼
▼ Garmsel — issiq shamol.
somonni toʻzgʻitganday,Men sizlarni sochib tashlayman.
Bu sizlarning qismatingizdir,
Men boshingizga yogʻdiradigan kulfat shudir.
Sizlar Meni unutdingizlar,
Soxta xudolarga inondingizlar.
26Men koʻylagingiz etagini baland koʻtaraman,
Sharmandangizni chiqaraman.
27Dalalarda, qirlarda qilgan
Jirkanch ishlaringizni Men koʻrdim,
Zino va shahvoniy qiyqiriqlaringizni eshitdim.
Uyatsizlarcha qilgan fohishabozligingizning guvohi boʻldim ▼
▼ …fohishabozligingizning guvohi boʻldim — 2:20, 3:2, 6 oyatlarga va 2:20 izohiga qarang.
.Ey Quddus, holingga voy!
Qachongacha bulgʻanib yurasan?!”
Copyright information for
UznUzbL