Jeremiah 16
Yeremiyoning hayoti uchun Egamizning rejasi
1Egamizning quyidagi soʻzi menga ayon boʻldi: 2“Oila qurma, bu yurtda oʻgʻil–qizlaring boʻlmasin. 3Bu yurtda tugʻilgan oʻgʻil–qizlar haqida va ularni dunyoga keltirgan ota–onalar haqida Men, Egang, aytamanki, 4ular ogʻir xastaliklardan halok boʻlishadi. Ular uchun hech kim aza tutmaydi, jasadlarini koʻmadigan biron kimsa boʻlmaydi, jasadlari goʻng kabi, yer ustida yotaveradi. Ular qilichdan va qahatchilikdan halok boʻlishadi, jasadlari qushlar va yovvoyi hayvonlarga yem boʻladi. 5Men senga aytaman: azador uyga kirma, motam tutma, taʼziya bildirma. Men bu xalqni tinchlik–xotirjamligimdan mahrum qildim. Men bu xalqni sevmayman, ularga mehr–shafqat koʻrsatmayman, — deb aytmoqda Egamiz. 6— Bu yurtning kattayu kichigi oʻlib ketadi, ularni hech kim koʻmmaydi. Hech kim ular uchun aza tutmaydi, qaygʻudan badanini tilmaydi, sochini oldirmaydi ▼▼ …badanini tilmaydi, sochini oldirmaydi… — bu odatlar Kanʼon yurtida yashagan butparast xalqlarga xos edi (misol uchun, 3 Shohlar 18:28 ga qarang). Xudo Isroil xalqiga bunday qilishni qatʼiyan man etgan edi (Levilar 19:27-28, Qonunlar 14:1 ga qarang). Shunga qaramay, ular baʼzan butparastlarning bu odatlariga rioya qilishardi (41:5 ga qarang).
. 7Azadorlarga tasalli berish uchun hech kim ovqat olib chiqmaydi. Ota yoki onasidan judo boʻlganlarga tasalli berish uchun hech kim bir kosa sharob uzatmaydi. 8Ziyofat boʻlayotgan uyga kirma, ular bilan oʻtirib, yeb–ichma. 9Chunki sening zamoningda shodu xurramlik sadolariga, kelin–kuyovning xursandchilik ovozlariga chek qoʻyaman, — deb aytmoqda Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam. — Buni oʻz koʻzing bilan koʻrasan. 10Aytganlarimning hammasini odamlarga gapirib berganingda, ular sendan shunday deb soʻraydilar: «Nega Egamiz bizga bunday kulfatlarni ravo koʻryapti? Aybimiz nima? Egamiz Xudoga qarshi nima gunoh qildik?» 11Sen ularga shunday javob ber: «Egamiz aytmoqda: ota–bobolaringiz Meni tark etdilar. Qonunlarimga rioya qilmasdan, Mendan yuz oʻgirdilar. Boshqa xudolarga ergashdilar, ularga xizmat qilib, sajda etdilar. 12Sizlarning gunohlaringiz esa ota–bobolaringiznikidan ham oshib tushdi. Mana, har biringiz yovuz yuragingizning oʻjarliklariga itoat qilyapsiz, Menga quloq solmayapsiz. 13Shuning uchun Men sizlarni bu yerdan boshqa bir yurtga uloqtirib yuboraman. U yurtni oʻzingiz ham, ota–bobolaringiz ham bilmaydilar. U yerda sizlar kechayu kunduz boshqa xudolarga xizmat qilasizlar. Endi Men sizlarga rahm qilmayman.»” Xalq surgundan qaytadi
14Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, odamlar ont ichganda: «Isroil xalqini Misrdan olib chiqqan Egamiz shohid», deb aytmaydigan boʻladi. 15Buning oʻrniga ular: «Isroil xalqini shimoldagi yurtdan ▼▼ shimoldagi yurt — Bobil nazarda tutilgan (1:15 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang).
va Oʻzi surgun qilgan barcha boshqa yurtlardan olib chiqqan Egamiz shohid», deb ont ichadigan boʻlishadi. Men xalqimni Oʻzim ota–bobolariga bergan yurtga qaytarib olib kelaman.” Yaqinlashib kelayotgan jazo
16Egamiz shunday demoqda: “Mana, Men talay dushmanni yuboryapman. Ular xalqimni baliqchilar kabi, tutib oladilar. Oʻsha dushmanlar ketidan boshqalarini joʻnataman, ular ovchilar kabi, xalqimni har bir togʻda, har bir tepalikda, qoyalarning jarliklarida ovlaydilar. 17Men xalqimning tutgan hamma yoʻllarini koʻrib turibman. Ularning yovuz yoʻllari Mendan yashirin emas. Hamma gunohlari koʻz oʻngimda. 18Qilgan gunohlari va qilmishlari uchun xalqimga ikki barobar qilib qaytaraman. Zotan, ular jonsiz, jirkanch xudolari bilan yurtimni harom qildilar, Mening mulkimni makruh butlarga toʻldirdilar.”Yeremiyoning ibodati
19Ey Egam, mening qudratim, qoʻrgʻonimsan,Kulfat kunida panohimsan.
Dunyoning toʻrt burchagidan xalqlar
Sening oldingga kelib, aytadi:
“Ajdodlarimizning soxta butlaridan boʻlak hech narsasi yoʻq edi,
Bu betayin butlaridan foyda boʻlmagan edi.
20Inson oʻzi uchun xudolarni yasay oladimi?!
Bunday xudolar haqiqiy Xudo emas–ku!”
21Egamiz shunday deydi:
“Shunday ekan, ularga saboq beray,
Kuch–qudratimni ularga koʻrsatib qoʻyay.
Shunda Egangiz Men ekanligimni bilib olishadi.”
Copyright information for
UznUzbL