‏ Jeremiah 17

Yahudo xalqining gunohi va jazosi

1Egamiz shunday deydi: “Ey Yahudo xalqi, sizlarning gunohingiz temir qalam bilan oʻyib yozilgan. Sizlarning gunohingiz tosh yuraklaringiz ustiga va qurbongohlaringiz shoxlariga olmos uchi bilan oʻyib bitilgan
Sizlarning gunohingiz…qurbongohlaringiz shoxlariga…oʻyib bitilgan — odamlar Kanʼon xalqlarining xudolariga topingan joylarda qurbongohlar odatda toshdan yasalgan. Oʻsha qurbongohlarning toʻrtala burchagining uchi hayvon shoxi shaklida yasalgan edi va qurbonliklarning qoni oʻsha shohlarga surilardi. Odamlar Quddusda Xudoga sajda qilganlarida ham Maʼbaddagi bronza qurbongoh shoxlariga qurbonlik qonini surtishardi. Bu marosim xalqning gunohlari yuvilganini bildirardi (Levilar 16:18-19 ga qarang). Bu oʻrinda Isroil xalqi begona xudolarga sajda qilib, oʻsha yerdagi qurbongohlariga qon surgani ularning gunohi yuvilganini emas, aksincha Xudoning nazarida abadiy muhr boʻlib qolgani haqida gap ketyapti.
.
2Hatto farzandlaringiz ham baland qirlardagi va sersoya daraxtlar ostidagi qurbongohlarga borib, Asheraning
Ashera — Kanʼondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi boʻlib, ayol qiyofasida tasavvur qilingan. Uning erkak jufti Baal edi. Asheraning tasvirlari baland ustun shaklida boʻlib, yogʻochdan yasalgan edi.
ustunlariga sajda qilishadi.
3Butun yurtda qilgan gunohlaringiz evaziga Men Oʻz togʻimni
Oʻz togʻim — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang.
, sizning hamma boyliklaringizni, xazinalaringizni va barcha sajdagohlaringizni
sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, yaʼni “tepalik”. 7:31 ning ikkinchi izohiga qarang.
dushmanga oʻlja qilib beraman.
4Sizlarga Men mulk qilib bergan yurtdan oʻz aybingiz tufayli ayrilasizlar. Men sizlarni oʻzingiz bilmagan bir yurtga joʻnataman, dushmanlaringizga hammangizni qul qilib beraman. Sizlar Meni gʻazablantirdingiz, gʻazabim soʻnmas olov kabi yonmoqda.”

Hikmatli soʻzlar

5Egamiz shunday demoqda:
“Umidini insonga bogʻlagan,
Foniy bandaning kuchiga ishongan,
Yuragi Mendan uzoqlashgan odam laʼnatidir.
6Bunday odam sahrodagi butaday boʻladi,
Farovon hayot koʻrmaydi.
Choʻlning qaqroq joylarida,
Shoʻr bosgan boʻm–boʻsh yerlarda yashaydi.

7Egasidan umid qilgan kishi baxtlidir,
Yolgʻiz Xudoga inongan zot saodatlidir!
8Bunday kishi suv boʻyiga oʻtqazilgan daraxtga oʻxshaydi,
Oqar suvlar tomon ildiz otadi.
Kunning jaziramasidan qoʻrqmaydi,
Barglari doim yam–yashil boʻladi.
Qurgʻoqchilik kelganda ham bezovta boʻlmaydi,
Meva berishdan toʻxtamaydi.

9Odamning yuragi shunchalik ayyorki,
Uning davosi yoʻq!
Uning ichidagini kim biladi?!
10Ammo Men, Egangiz, odamning yuragini bilaman,
Uning oʻy–fikrlarini tekshiraman.
Qilmishiga yarasha jazolayman,
Qilgan ishiga yarasha taqdirlayman.”

11Nohaqlik bilan boylik orttirgan kishi,
Oʻzi qoʻymagan tuxumlarni bosib yotgan kaklikka oʻxshaydi.
Bunday kishi umrining yarmida
Boyliklaridan mahrum boʻladi,
Hayoti oxirlab qolganda ahmoq ekanini biladi.

12Muqaddas makonimiz
Azaldan yuksaltirilgan ulugʻvor taxtdir!
13Ey Egamiz, Sen Isroilning yolgʻiz umidisan!
Seni tark etganlarning hammasi sharmanda boʻlar,
Sendan yuz oʻgirganlarning ismlari tuproqqa yozilar.
Ey Egamiz, ular Seni tark etdilar.
Ha, hayotbaxsh suv bulogʻidan voz kechdilar.

Yeremiyo Egamizdan madad soʻraydi

14Ey Egam, menga shifo ber, sogʻayib ketay.
Meni qutqargin, najot topay.
Axir, yolgʻiz Seni olqishlayman.
15Qara, bu odamlar ustimdan kulishyapti,
“Egamizning tahdidli soʻzlari qani?!
Aytganlari bajo boʻlsin–chi endi!” deb aytishyapti.
16Men esa xalqingga choʻpon boʻldim,
Xizmat qilishdan bosh tortmadim.
Ofat kuni kelishini xohlamaganimni bilasan.
Ogʻzimdan chiqqan har bir soʻz Senga ayondir.
17Meni vahimaga solmagin,
Kulfat kunida panohim Sensan.
18Meni quvgʻin qilganlar sharmanda boʻlsin,
Meni esa sharmanda qilma.
Dushmanlarim sarosimaga tushsin,
Meni esa dovdiratib qoʻyma.
Ularning boshlariga kulfat keltir,
Jazosini ikki barobar ogʻirroq qilgin.

Shabbat kuniga rioya qilish haqida

19Egamiz menga shunday dedi: “Yahudo shohlari kirib chiqadigan Xalq darvozasi oldiga borib tur, soʻng Quddusning boshqa darvozalari oldiga ham bor. 20Borganingda xalqqa shunday deb ayt: «Ey Yahudo shohlari, ey Yahudo xalqi, bu darvozadan oʻtib yurgan butun Quddus aholisi, Egamizning soʻzini eshitinglar! 21Egamiz shunday deb aytmoqda: Shabbat kuni yuk tashimanglar, Quddus darvozalaridan yukni koʻtarib kirmanglar. Hushyor boʻlinglar, tagʻin hayotingizga oʻzingiz zomin boʻlib qolmanglar. 22Shabbat kuni uyingizdan biron yukni koʻtarib chiqmanglar, hech qanday ish qilmanglar. Men ota–bobolaringizga amr qilganimdek, Shabbat kunini muqaddas deb bilinglar. 23Ota–bobolaringiz gaplarimga eʼtibor bermagan, Menga quloq solmagan edilar. Ular qaysarlik qilib, soʻzlarimni tinglamagandilar, gapimga kirmagandilar. 24Bordi–yu, sizlar gaplarimga quloq solsangizlar, Shabbat kuni shahar darvozalaridan yuk tashimasangizlar, oʻsha muborak kunni muqaddas deb bilib, hech qanday ish qilmasangizlar, 25Quddus taxtida doim Dovud naslidan boʻlgan shoh oʻtiradi. Jang aravalariyu otlarni minib olgan shohlar va aʼyonlar shahar darvozalaridan kirishadi. Yahudo xalqi va Quddus aholisi ular bilan birga kiradilar. Quddusdan to abad odam arimaydi. 26Shunda Yahudo shaharlaridan, Quddus atrofidagi qishloqlardan, Benyamin hududidan, qirlardan, gʻarbdagi qir etaklaridan, Nagav choʻlidan odamlar keladi. Ular Egasining uyiga kuydiriladigan va boshqa qurbonliklarni, shukrona va don nazrlarini, xushboʻy tutatqilarni olib keladilar. 27Bordi–yu, sizlar gapimga quloq solmasangizlar, Shabbat kunini muqaddas deb bilmay, yuk tashib, darvozalardan kirib chiqsangizlar, Men shahar darvozalarini yondirib yuboraman. Olov Quddus saroylarini yoʻq qiladi, bu olovni hech kim oʻchira olmaydi.»”
Copyright information for UznUzbL