‏ Jeremiah 19

Singan koʻza

1Egamiz menga shunday dedi: “Borib kuloldan bir sopol koʻza sotib ol. Soʻng yoningga xalq oqsoqollaridan va bosh ruhoniylardan olib, 2Singan koʻzalar darvozasi yaqinidagi Xinnum soyligiga
Xinnum soyligi — 7:31 ning birinchi izohiga qarang.
tush. Men senga aytadigan soʻzlarni oqsoqollarga sen oʻsha yerda aytasan.
3Sen ularga shunday deb ayt: «Ey Yahudo shohlari, Quddus aholisi, Egamizning soʻzlarini eshitinglar. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Men bu joyga shunday falokat yogʻdiramanki, bu falokatni eshitganlarning boshidan hushi uchadi. 4Zotan, xalqim Meni tark etdi, bu yerni harom qildi. Ular oʻzlari bilmagan, ota–bobolari ham, Yahudo shohlari ham bilmagan begona xudolarga qurbonliklar kuydirdilar. Bu yerni begunoh odamlarning qoniga toʻldirdilar. 5Baalga atab sajdagohlar
sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, yaʼni “tepalik”. 7:31 ning ikkinchi izohiga qarang.
qurdilar. U yerda oʻz oʻgʻil–qizlarini Baalga qurbonlik qilib kuydirdilar. Men ularga buni amr qilmaganman, bunaqasini xayolimga ham keltirmaganman.
6Qarab turinglar! — deb aytmoqda Egamiz. — Shunday kunlar keladiki, odamlar bu joyni Tofat yoki Xinnum soyligi deb atamaydi, balki bu joy ‘Qirgʻin vodiysi’ deb ataladigan boʻladi. 7Mana shu joyda Men Yahudo va Quddusning rejalarini barbod qilaman
…barbod qilaman — ibroniycha matnda ishlatilgan bu feʼl “koʻza” soʻzi bilan bir oʻzakka ega (shu bobning 1–oyatiga qarang). Bu feʼl boʻshataman degan maʼnoni ham bildiradi. Bu vaziyatda Yeremiyo koʻzadagi suvni toʻkib, uni boʻshatgan boʻlishi mumkin. Ehtimol, bu harakati orqali u xalqning oʻzini himoya qilish toʻgʻrisidagi rejalari puch ekanligiga, Quddus baribir magʻlubiyatga uchrashiga ramziy maʼnoda ishora qilgan (yana shu bobning 10–oyatiga qarang).
. Xalqimni dushmanlarga magʻlub qilib beraman, ularda qasdi borlarning qoʻliga topshiraman. Jasadlarini qushlarga, yovvoyi hayvonlarga yem qilaman.
8Men bu shaharni shunday vayron qilamanki, uning oldidan oʻtgan–ketgan har bir kishi shaharning ayanchli ahvolidan dahshatga tushib, qotib qoladi. 9Dushmanlar shaharni qamal qilib, odamlarni qirib tashlamoqchi boʻladilar. Qamal paytida azobda qolgan xalq oʻgʻil–qizlarining va bir–birining etini yeydigan boʻladi.»

10Ey Yeremiyo, oʻzing bilan kelganlarning oldida koʻzani sindir. 11Ularga shunday deb ayt: «Sarvari Olam shunday demoqda: mana bu koʻza chilparchin boʻlib, tuzatib boʻlmaydigan ahvolga tushgani kabi, Men bu xalqni va bu shaharni chilparchin qilaman. Oʻliklar Tofatda dafn qilinadi, oʻliklar koʻpligidan qabrlarga joy yetmay qoladi. 12Men bu shaharni va uning aholisini shunday ahvolga solamanki, bu shahar Tofatga oʻxshagan boʻlib qoladi, — deb aytmoqda Egamiz. 13— Quddusdagi xonadonlar va Yahudo shohlarining saroylari, Tofat kabi, harom boʻladi. Chunki u yerlardagi hamma uylarning tomlarida samoviy jismlarga atab qurbonliklar kuydirilgan, begona xudolarga sharob nazrlari keltirilgan.»”

14Yeremiyo Egamizning amri bilan Tofatda bashorat qildi, soʻng u yerdan qaytib kelgach, Egamizning uyi hovlisida turib xalqqa dedi: 15“Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: endi Men aytgan soʻzimga binoan bu shahar va uning atrofidagi qishloqlarga falokat keltiraman, chunki sizlar oʻjarlik qilib, soʻzlarimni eshitishni xohlamadingizlar.”
Copyright information for UznUzbL