‏ Jeremiah 20

Yeremiyo ruhoniy Pashxur bilan bahslashadi

1Immar oʻgʻli Pashxur ruhoniy boʻlib, Egamiz uyining bosh nazoratchisi edi. U Yeremiyoning bashorat qilib aytgan bu soʻzlarini eshitdi. 2Shu sababdan Yeremiyoni kaltaklatib, Egamiz uyining hovlisidagi Yuqori Benyamin darvozasi
Egamiz uyining hovlisidagi Yuqori Benyamin darvozasi — Maʼbadning ichki hovlisiga olib boradigan bu darvoza Benyamin qabilasi joylashgan tomonga — shimolga qaratib qurilgan edi. Bu darvoza tepalikda joylashgani uchun “Yuqori” deb nom olgan (4 Shohlar 15:35, Hizqiyol 9:2 ga qarang). Shahar devorining shimol tomonidagi yana bir darvoza “Benyamin darvozasi” deb atalardi (37:11-13 ga qarang).
tomonda kishanlab qoʻyishni buyurdi.
3Ertasi kuni ertalab Pashxur Yeremiyoning kishanlarini yechganda, Yeremiyo unga shunday dedi: “Egamiz senga «Pashxur» emas, «Dahshat qamragan»
«Dahshat qamragan» — ibroniycha matnda «Magoʻrmisabib», maʼnosi dahshat qamragan.
deb ism qoʻygan.
4Zero, Egamiz shunday deb aytmoqda: Men seni va hamma doʻstlaringni vahimaga solaman. Doʻstlaring dushmanlari qoʻlida halok boʻlayotganini oʻz koʻzing bilan koʻrasan. Men butun Yahudo xalqini Bobil shohining qoʻliga topshiraman. Bobil shohi xalqimni asir qilib, oʻzining yurtiga olib ketadi. Ularni qilichdan oʻtkazadi. 5Men bu shaharning boyliklarini, bor narsasini, qimmatbaho buyumlarini, Yahudo shohlarining xazinalarini dushmanning qoʻliga beraman. Ular shaharni talon–taroj qilishadi. Barcha boyliklarini Bobilga olib ketishadi. 6Sen ham, ey Pashxur, oʻz xonadoning bilan Bobilga surgun boʻlasan. Sen u yerda jon berib, dafn qilinasan. Yolgʻon bashoratlaringga quloq solgan doʻstlaring ham oʻsha koʻyga tushadi.”

Yeremiyo Egamizga shikoyat qiladi

7Ey Egam, Sen meni koʻndirding,
Men ham koʻndim.
Mendan ustun kelding, meni yengding.
Men hammaga mazax boʻldim,
Hamma ustimdan kulmoqda.
8Gapirganimda jar solishim kerak,
“Zoʻravonlik! Halokat!” deya baqirishim kerak.
Sening soʻzing tufayli hammaga kulgi boʻldim,
Kun boʻyi meni masxara qilishyapti.
9Bordi–yu, men: “Boʻldi, Egam haqida soʻzlamayman,
Uning nomidan gapirmayman” desam,
Sening soʻzing, olov kabi, ichimni yondiradi,
Oʻt qoʻyganday suyaklarimni zirqiratadi.
Soʻzingni ichimda saqlab turishdan charchadim,
Ha, uni boshqa ushlab tura olmayman.
10Eshityapman, koʻpchilik gʻiybat qilyapti.
Atrofimni dahshat qamragan!
“Fosh boʻlsin! Uni fosh qilaylik!” deb aytyaptilar.
Hatto mening yaqin doʻstlarim ham
Qoqinishimni poylab turibdilar,
“Yeremiyo tuzoqqa tushadi,
Shunda uni yengamiz,
Undan qasdimizni olamiz”, deyaptilar.
11Ammo Sen, ey Egam, men bilan birgasan,
Sen bahodir jangchiga oʻxshaysan.
Meni quvgʻin qilganlar qoqilib tushadi,
Ular mendan ustun kelolmaydi.
Isnodga qoladi, muvaffaqiyatga erisholmaydi.
Ular to abad dogʻda qoladi,
Sharmandagarchiligi hech qachon unutilmaydi.
12Ey Sarvari Olam, Sen solih kishini sinaysan,
Odamning dilini, oʻy–xayolini bilasan.
Dushmanlarimdan oʻch olganingni koʻrayin,
Axir, daʼvoimni Senga topshirdim!

13Egamizga qoʻshiq kuylanglar!
Egamizga hamdu sanolar aytinglar!
Zero, U bechora bandaning jonini
Badkirdorlar qoʻlidan qutqardi.

14Evoh, men tugʻilgan kun qurib ketsin!
Onam meni tuqqan kun xosiyatsiz boʻlsin!
15Otamga xabar olib kelgan odam laʼnati boʻlsin,
“Oʻgʻil koʻrding!” deya uni xursand qilgan kishi qurib ketsin.
16Egamiz shafqatsizlarcha vayron qilgan
Shaharlarday
Egamiz shafqatsizlarcha vayron qilgan Shaharlar — Sadoʻm va Gʻamoʻraga ishora (Ibtido 18:16-19:28 ga qarang).
boʻlsin oʻsha odam.
U ertalabdanoq dodu faryodlar eshitsin,
Kunduz kuni urush naʼralarini eshitsin.
17Axir, u meni onamning qornidayoq oʻldirmadi.
Shunda onamning qorni qabrim boʻlgan boʻlardi,
Onam to abad homilador boʻlib qolgan boʻlardi.
18Nimaga ham tugʻildim ekan–a?!
Mashaqqatu qiyinchilik koʻrish uchunmi?!
Umrimni sharmandalikda xazon qilish uchunmi?!
Copyright information for UznUzbL