‏ Jeremiah 21

Quddusning magʻlubiyati haqida bashorat

1Shoh Zidqiyo
Zidqiyo — 1:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
Yeremiyo paygʻambarning oldiga Malkiyo oʻgʻli Peshxur va Masiyo oʻgʻli ruhoniy Zafaniyoni yubordi. Shunda Egamiz Oʻz soʻzini Yeremiyoga ayon qildi. Peshxur bilan Zafaniyo Yeremiyoga shunday dedilar:
2“Oʻtinamiz, biz uchun Egamizga yolvor, chunki Bobil shohi Navuxadnazar
Navuxadnazar — miloddan oldingi 605-562 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan. Miloddan oldingi 586 yilda u Quddusni vayron qilib, aholining asosiy qismini Bobilga surgun qilgan edi (4 Shohlar 25:1-21 ga qarang).
bizga hujum qilyapti. Balki Egamiz avvalgidek moʻjizalar koʻrsatib, Navuxadnazarni orqaga chekintirar.”

3Yeremiyo ularga shunday javob berdi: 4“Borib, Zidqiyoga Isroil xalqining Xudosi — Egamizning shu soʻzlarini aytinglar: «Sizlar qoʻlingizga qurol olib, sizlarni qamal qilgan Bobil shohiga va Bobilliklarga
Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 9–oyatida ham bor).
qarshi jang qilyapsizlar. Ammo qoʻlingizdagi qurollaringizni Men Bobilliklarga emas, balki oʻzlaringizga qarshi ishlataman. Mana shu shahar — Quddus markazida qurollaringizni uyib tashlayman.
5Men Oʻzim sizlarga qarshi chiqaman. Oʻz qudratu ajoyibotlarim bilan, qahru gʻazabim bilan sizlarga qarshi jang qilaman. 6Bu shahar aholisini yoʻq qilaman. Odamlaru hayvonlar oʻlatdan nobud boʻladilar. 7Shundan keyin Men Yahudo shohi Zidqiyoni, uning aʼyonlarini, shaharda urushdan, qahatchilikdan va oʻlatdan omon qolgan hamma odamlarni Bobil shohi Navuxadnazarning qoʻliga beraman, — deb aytmoqda Egamiz. — Ularda qasdi borlarga topshiraman, dushman qoʻliga beraman. Dushmanlar shahar aholisini shafqatsizlarcha qirib tashlaydilar. Bironta odamni ham ayamaydilar, ularga achinmaydilar, rahm qilmaydilar.»

8Sizlar bu xalqqa borib aytinglar: «Egamiz demoqda: Men sizlarga ikki yoʻlni — hayot va oʻlim yoʻlini berdim. 9Shaharda qolganlar qilich, qahatchilik va oʻlatdan nobud boʻladilar. Shahardan chiqib, Bobilliklarga taslim boʻlganlar esa tirik qoladilar. Bu odamlar hech boʻlmasa oʻz jonlarini saqlab qoladilar. 10Men bu shaharga yaxshilik emas, kulfat keltirishga qaror qildim, — deb aytmoqda Egamiz. — Bu shaharni Bobil shohiga taslim qilib beraman. Navuxadnazar shaharga oʻt qoʻyadi.»

Yahudo shohining xonadoni jazolanadi

11Yahudo shohining xonadoniga ham borib shunday aytinglar: «Egamizning soʻzini eshit, 12ey Dovud sulolasi! Egamiz shunday demoqda:

Har kuni ertalabdan adolat qilinglar,
Jabrdiydalarni zoʻravonlar qoʻlidan qutqaringlar.
Aks holda, qilgan yovuzliklaringiz tufayli
Mening gʻazabim alanga oladi,
Bu gʻazabimni soʻndirishga hech kimning qurbi yetmaydi.

13Ey vodiydagi qoya ustida qurilgan Quddus,
Men senga qarshiman!
— deb aytmoqda Egamiz. —
Sizlar aytasiz: ‘Kim ham bizga qarshi chiqa olardi?!
Kim ham qoʻrgʻonlarimizga kira olardi?!’
14Men qilmishingizga yarasha jazoingizni beraman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
Shohning saroyiga
Shohning saroyi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Oʻrmoningiz, shoh saroyining eng katta xonasiga ishora. Bu xona Lubnon togʻlaridan keltirilgan sadr daraxtidan qurilgani uchun “Lubnon oʻrmoni” deb nom olgan edi (3 Shohlar 7:1-3 ga qarang).
oʻt qoʻyaman,
Olov atrofdagi hamma narsani yondiradi.»”
Copyright information for UznUzbL