Jeremiah 22
Yahudo shohining xonadoni haqida bashorat
1Egamiz menga shunday dedi: “Yahudo shohi saroyiga borib, u yerda ushbu soʻzlarni jar solib ayt: 2«Ey Dovud taxtida oʻtirgan Yahudo shohi, eshit. Aʼyonlaring va mana bu saroyga kirgan odamlaring ham sen bilan birga Egamizning soʻzini eshitsin.» 3Keyin ularga ayt, Egamiz shunday demoqda: «Adolat va toʻgʻrilik bilan ish tuting. Jabrdiydalarni zoʻravonlarning qoʻlidan qutqaring. Musofirlarga, yetim va bevalarga nohaqlik qilmang, ularni ezmang. Bu yerda begunoh odamning qonini toʻkmang. 4Bordi–yu, sizlar haqiqatan ham bularga rioya qilsangizlar, Quddus taxtida doim Dovud naslidan boʻlgan shoh oʻtiradi. Jang aravalariyu otlar mingan shohlar saroy darvozalaridan kirishadi. Aʼyonlar va xalq ham ular bilan birga kiradi. 5Bordi–yu, bu amrlarimga rioya qilmasangizlar, Men Oʻz nomim haqi ont ichib ▼▼ …Oʻz nomim haqi ont ichib… — qadimgi Yaqin Sharqda odamlar aytgan gapini tasdiqlash uchun, oʻzlaridan buyukroq zot nomini yoki narsani oʻrtaga qoʻyib qasam ichishar edi. Xudo borliqdagi eng buyuk Zot boʻlgani uchun, U aytgan soʻzining qatʼiy ekanligini koʻrsatish maqsadida Oʻz nomini oʻrtaga qoʻyib qasam ichdi.
aytamanki, bu saroy vayron boʻladi.» Egamizning kalomi shudir. 6Axir, Egamiz Yahudo shohining saroyi haqida shunday demoqda:«Sen Men uchun goʻzal Gilad oʻlkasiga ▼▼ Gilad oʻlkasi — Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan.
oʻxshaysan,Bamisoli Lubnonning yuksak choʻqqilarisan.
Lekin qasam ichib aytamanki, sen sahroga oʻxshab qolasan,
Huvullagan bir shaharga aylanib qolasan.
7Senga qarshi bosqinchilarni joʻnataman,
Qurollangan odamlarni yuboraman.
Ular sara sadrlaringni kesadilar,
Yogʻochlaringni olovga tashlaydilar.»
8Koʻplab xalqlar bu shahar oldidan oʻtayotib, bir–birlaridan: «Nega Egamiz bunday buyuk shaharni shu koʻyga solgan ekan–a?» deb soʻraydilar. 9Ularga shunday javob berishadi: «Shahar aholisi oʻzlarining Egasi Xudo bilan tuzgan ahdini buzdi. Boshqa xudolarga sajda qilib, xizmat qiladigan boʻldi.»”
Yeremiyo shoh Yohuxoz haqida bashorat qiladi
10Oʻlgan shohingiz ▼▼ Oʻlgan shohingiz — Yahudo shohi Yoʻshiyo nazarda tutilgan. Yoʻshiyo miloddan oldingi 640-609 yillarda hukmronlik qilgan.
uchun yigʻlamang,U uchun aza tutmang.
Undan koʻra, surgun boʻlgan shahzodangiz ▼
▼ surgun boʻlgan shahzodangiz — shoh Yohuxoz nazarda tutilgan. Shoh Yohuxoz otasi Yoʻshiyoning vafotidan soʻng miloddan oldingi 609 yilda taxtga oʻtirib, 3 oygina hukmronlik qilgan. Soʻng firʼavn Nexo tomonidan Misrga surgun qilingan (4 Shohlar 23:31-34 ga qarang).
uchun qaygʻuring,U uchun achchiq–achchiq koʻz yosh toʻking.
Axir, u endi qaytib kelmaydi,
Ona yurtini boshqa koʻrmaydi.
11Shoh Yoʻshiyodan keyin Yahudo taxtiga Yoʻshiyoning oʻgʻli Yohuxoz ▼
▼ Yohuxoz — ibroniycha matnda Shallum, Yohuxozning yana bir ismi (4 Shohlar 23:30 ga qarang).
oʻtirgan edi. Shoh Yohuxoz surgun qilingandan keyin, Egamiz u haqda shunday dedi: “U bu yerga hech qachon qaytib kelmaydi. 12Surgun qilingan yerda olamdan oʻtadi, bu yurtni boshqa koʻrmaydi.” Yeremiyo Yohayiqim haqida bashorat qiladi
13Egamiz shunday deydi:“Uyini nohaqlik bilan qurganning ▼
▼ Uyini nohaqlik bilan qurgan — Yahudo shohi Yohayiqim nazarda tutilgan (shu bobning 18–oyatiga qarang). Akasi Yohuxoz surgun qilingandan keyin, Yohayiqim taxtga oʻtirib, miloddan oldingi 609-598 yillarda hukmronlik qilgan.
holiga voy!Yuqori xonalarini adolatsizlik bilan bino qilganning holiga voy!
Bunday odam birodarini tekinga ishlatadi,
Uning mehnat haqini bermaydi.
14U shunday deydi:
«Mana, oʻzim uchun katta saroy qurdim,
Yuqori qavatdagi xonalarni keng qildirdim.»
U uyiga katta oynalar qoʻydirmoqda,
Devorlarini sadr yogʻochi bilan qoplamoqda,
Ularni qirmizi rangga boʻyamoqda.
15Sen oʻzing uchun koʻp sadr yogʻochini yigʻding,
Bu bilan sen yaxshi shoh boʻlib qolmading!
Sening otang ham xohlaganicha yeb–ichgan,
Ammo doim haqiqatu adolatni oʻrnatgan.
Shu sababdan uning ishi yurishgan.
16U faqiru bechorani himoya qilgan,
Shuning uchun farovon hayot kechirgan.
Xudoni bilish degani shu emasmi?!
— deb aytmoqda Egamiz. —
17Sen esa faqat nohaq foydani koʻzlaysan.
Begunoh odamning qonini toʻkasan,
Zoʻravonlik va zulm oʻtkazasan.”
18Shu sababdan Yahudo shohi Yoʻshiyo oʻgʻli Yohayiqim haqida Egamiz shunday demoqda:“Unga hech kim aza tutmaydi,
«Voy, jigarim! Voy, jigarim!» deb yigʻlamaydi.
«Xoʻjayinim! Olampanohim!» deb hech kim qaygʻurmaydi.
19Uni oʻlgan eshakning ahvoliga soladilar,
Quddus darvozalaridan sudrab chiqib, otib yuboradilar.”
Quddusning qismati
20Egamiz shunday deydi:“Ey Quddus, Lubnonga chiqib faryod qilgin,
Bashan oʻlkasiga borib, xitob etgin.
Aborim togʻlarida ▼
▼ …Lubnon…Bashan oʻlkasi…Aborim togʻlari… — Lubnon togʻlari Quddusdan shimolda, Bashan oʻlkasi shimoli–sharqda, Aborim togʻlari janubda — Moʻab yurtida joylashgan.
turib, ovozing boricha baqirgin,Chunki hamma oʻynashlaring ▼
▼ oʻynashlaring — Yahudo xalqining ittifoqdoshlariga ishora.
yoʻq boʻldi.21Farogʻatda yashaganingda, senga gapirdim,
Sen esa «Gapingga quloq solmayman!» deb aytding.
Ha, yoshligingdan shu yoʻlni tutgansan,
Gapimga sen kirmagansan.
22Shamol hamma choʻponlaringni supurib ketadi,
Oʻynashlaring surgun boʻladi.
Sen esa qabih ishlaring tufayli uyatda qolasan,
Sharmandayi sharmisor boʻlasan.
23Sen «Lubnon» saroyida ▼
▼ «Lubnon» saroyi — 21:14 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
yashab yuribsan,Sadr daraxtlari orasida in qurgansan,
Ammo tugʻayotgan ayol kabi dard chekasan,
Azobdan ingraysan.”
Shoh Yohayixinni Xudo hukm qiladi
24Yohayiqim oʻgʻli Yohayixin ▼▼ Yohayixin — ibroniycha matnda Xoniyo, Yohayixinning yana bir ismi (shu bobning 28–oyatida ham bor). Yohayixin miloddan oldingi 598 yilda uch oy davomida Yahudoda hukmronlik qilgan.
haqida Egamiz shunday demoqda: “Ey Yahudo shohi Yohayixin! Bordi–yu, sen Mening oʻng qoʻlimdagi muhr uzugim boʻlganingda edi, Men barhayot Xudo boʻlganim haqi ont ichib aytamanki, seni uloqtirib tashlagan boʻlar edim. 25Sen kimdan qoʻrqsang, seni oʻshaning qoʻliga beraman, senda qasdi borlarning qoʻliga topshiraman. Seni shoh Navuxadnazarning ▼▼ Navuxadnazar — miloddan oldingi 605-562 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan. U miloddan oldingi 598 yilda u Quddusni qamal qilib, Yohayixinni Bobilga surgun qilgan. Yohayixin Bobilda vafot etdi. 4 Shohlar 24:10-17, 25:27-30 ga qarang.
va Bobilliklarning ▼▼ Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi.
qoʻliga beraman. 26Seni va seni tuqqan onangni ▼▼ onang — 13:18 izohiga qarang.
begona bir yurtga, kindik qoning toʻkilmagan bir yerga uloqtirib yuboraman. Sizlar oʻsha yerda oʻlasizlar. 27Sizlar bu yurtga qaytib kelishni orzu qilasizlar, ammo qaytib kelmaysizlar.” 28Yohayixin tashlab yuboriladigan siniq xumday boʻlib qoladi,Hech kimga kerak boʻlmaydigan sopol idishga oʻxshab qoladi.
U bolalari bilan surgun boʻladi!
Oʻzi bilmagan yurtga uloqtirib tashlanadi!
29Ey yurt, yurt, yurt!
Egamizning soʻzini eshit!
30Egamiz shunday demoqda:
“Bu odamning farzandlarini nasabnomaga kiritmang,
Uni hayotda omadi yoʻq, deb qayd qilib qoʻying.
Uning zurriyotidan birortasi muvaffaqiyat qozonmas,
Birortasi Dovud taxtiga chiqa olmas.
Yahudoda ular hech qachon hukmronlik qilmaydilar.”
Copyright information for
UznUzbL