Jeremiah 24
Ikki savat anjir
1Egamiz menga Maʼbad oldida turgan ikki savat anjirni koʻrsatdi. Bu voqea Bobil shohi Navuxadnazar ▼▼ Navuxadnazar — 22:25 ning birinchi izohiga qarang.
Quddusdagi Yahudo shohi Yohayixinni ▼▼ Yohayixin — ibroniycha matnda Yoxoniyo, Yohayixinning yana bir ismi (22:24 izohiga qarang).
, Yahudo aʼyonlarini, hunarmandlaru temirchilarni Bobilga asir qilib olib ketgandan soʻng sodir boʻldi. Shoh Yohayixin Yohayiqimning oʻgʻli edi. 2Men koʻrgan savatlarning birida yaxshi chillaki anjirlar, boshqasida esa yomon, yeb boʻlmaydigan anjirlar bor edi. 3Egamiz mendan: — Yeremiyo, nimani koʻryapsan? — deb soʻradi. — Anjirlarni, — deb javob berdim men. — Yaxshi anjirlar nihoyatda yaxshi ekan, yomonlari esa yeb boʻlmaydigan darajada irib ketgan ekan. 4Shunda Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 5Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Bobilliklarning ▼▼ Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi.
yurtiga surgun boʻlgan Yahudo asirlari oʻsha yaxshi anjirlarga oʻxshaydi. Men ularga iltifot koʻrsataman. 6Nazarimni solib, yaxshilik qilaman, ularni bu yurtga qaytarib olib kelaman. Ularni yoʻq qilmayman, balki qayta bunyod etaman. Qoʻporib tashlamayman, balki barqaror qilaman. 7Qalblariga Meni bilish istagini solaman, ular Meni Egamiz deb tan oladilar. Butun qalblari bilan Menga qaytadilar. Ular Mening xalqim boʻladi, Men esa ularning Xudosi boʻlaman.” 8Ammo Yahudo shohi Zidqiyo ▼▼ Zidqiyo — 1:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
toʻgʻrisida, uning aʼyonlari, Quddusning omon qolgan aholisi va Misrga qochib borganlari toʻgʻrisida Egamiz shunday demoqda: “Ular yeb boʻlmaydigan anjirlarga oʻxshaydi. Irigan anjirlarni nima qilishsa, Men ham ularni shunday qilaman. 9Ularning boshiga shunday kulfat solamanki, buni koʻrgan yer yuzidagi barcha xalqlar dahshatga tushadi. Men ularni tarqatib yuborgan hamma joyda odamlar ularning ustidan kuladi, ularni mazax qiladi, xor qiladi, nomini qargʻishlarda ishlatadi. 10Men ularga va ota–bobolariga bergan yurtdan ularni qirib tashlamagunimcha boshlariga urush, ocharchilik va oʻlat yuboraman.”
Copyright information for
UznUzbL