‏ Jeremiah 25

Shimoldan kelgan dushman

1Yahudo shohi Yoʻshiyo oʻgʻli Yohayiqim hukmronligining toʻrtinchi yilida
Yohayiqim hukmronligining toʻrtinchi yili — miloddan oldingi 605 yil (1:3 ning birinchi izohiga qarang).
Yeremiyoga Yahudo xalqi toʻgʻrisida Egamizning soʻzi ayon boʻldi. Bobil taxtiga xuddi oʻsha yili Navuxadnazar oʻtirgan edi.
2Yeremiyo paygʻambar Yahudo xalqi va Quddus aholisiga shunday dedi: 3“Omon oʻgʻli Yoʻshiyo Yahudoda hukmronlik qilgan davrning oʻn uchinchi yilidan
Yoʻshiyo Yahudoda hukmronlik qilgan davrning oʻn uchinchi yili — miloddan oldingi 627 yil (1:2 ning ikkinchi izohiga qarang).
tortib, to bugunga qadar Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qilib kelmoqda. Mana, yigirma uch yildirki, men sizlarga toʻxtovsiz gapiryapman, ammo sizlar gaplarimga quloq solmayapsizlar.
4Egamiz oldingizga paygʻambar qullarini birin–ketin yuborgan boʻlsa ham, sizlar ularning gaplarini eshitmadingiz, ularga quloq solmadingiz. 5Ular sizlarga aytishgan edi: «Qabih ishlaringizni bas qilinglar. Yomon yoʻldan qaytinglar. Shunda Egamiz sizlarga va ota–bobolaringizga abadiy mulk qilib bergan yurtda qolasizlar. 6Boshqa xudolarga ergashmanglar. Ularga xizmat qilmanglar, sajda etmanglar. Yasagan butlaringiz bilan Egamizni gʻazablantirmanglar. Shunda Egamiz boshingizga falokat keltirmaydi.»

7«Ammo sizlar gapimga quloq solmadingizlar, — deb aytmoqda Egamiz. — Butlaringiz bilan Meni gʻazablantirib, oʻz boshingizga falokat keltirdingizlar.» 8Shu sababdan Sarvari Olam demoqda: «Sizlar gapimga kirmaganingiz uchun, 9Men shimoldagi barcha qabilalarni yigʻaman. Bobil shohi qulim Navuxadnazarni ham chaqiraman, — deb aytmoqda Egamiz. — Ularni sizlarga qarshi, bu yurt aholisi va yon–atrofingizdagi xalqlarga qarshi tortib kelaman. Men sizlarni tamomila qirib bitiraman. Sizlarni koʻrganlar dahshatga tushadi, ahvolingizni koʻrgan odamlar qotib qoladi. Men yurtingizni abadiy xarobazorga aylantiraman. 10Shunday qilamanki, orangizda shodu xurramlik sadolari boʻlmaydi, kelin–kuyovning ovozi eshitilmaydi, tegirmonning tovushi chiqmaydi. Chirogʻingiz yonmaydi. 11Butun yurt vayron boʻlib, xarobazorga aylanadi. Bu xalqlar yetmish yil mobaynida Bobil shohiga xizmat qilishadi.»

12Egamiz shunday demoqda: «Yetmish yildan keyin esa Men Bobil shohini, uning xalqini va Bobilliklarning
Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi.
butun yurtini qilgan gunohlari uchun jazolayman. Ularning yurti to abad huvullab qoladi.
13Oʻzim aytgan hamma kulfatlarni oʻsha yurtga yogʻdiraman. Bu kitobda yozilgan hamma falokatlarni keltiraman. Yeremiyoning hamma xalqlarga qarshi aytgan bashoratlarini amalga oshiraman. 14Bobilliklar koʻplab xalqlaru buyuk shohlarga qul boʻladilar. Qilgan qilmishlariga yarasha jazolarini oladilar.»”

Xudo xalqlarni hukm qiladi

15Isroil xalqining Xudosi — Egamiz menga shunday dedi: “Qoʻlimdagi kosani ol. Bu kosa gʻazabim sharobiga toʻla. Men seni qaysi xalqlar oldiga yuborsam, bu kosadagi sharobdan ularga ichir. 16Ular sharobdan ichadilar, gandiraklab qolib, aqldan ozadilar. Axir, Men ularga qarshi qilich yuboraman.”

17Men Egamizning qoʻlidagi kosani oldim. Egamiz meni qaysi xalqlar oldiga yuborgan boʻlsa, oʻsha xalqlarga sharobdan
sharob — bu oʻrinda Xudo gʻazabining ramzi boʻlib, sharobdan mast boʻlish Xudoning hukmiga duchor boʻlishni bildiradi (shu bobning 27–oyatiga qarang).
ichirdim:
18Quddus, Yahudo yurtining shaharlari va u yerdagi shohu aʼyonlar xonavayron boʻlsin deb, men ularga sharobdan ichirdim. Bugungacha ularning ahvolini koʻrib odamlar yoqasini ushlaydi, xalqimning nomini qargʻishlarga qoʻshib ishlatishadi.

19Soʻng men Misrga yoʻl oldim. Firʼavn, uning xizmatkorlari, aʼyonlari, butun xalqi 20va u yerda yashayotgan musofirlarga sharobdan ichirdim. Soʻng Uz nomli yurtning shohlariga, shuningdek, Ashqalon, Gʻazo, Exron va talafot koʻrgan Ashdodda
talafot koʻrgan Ashdod — uzoq qamaldan keyin Ashdod shahri Misrliklarga magʻlub boʻldi.
hukmronlik qilgan hamma Filist shohlariga sharobdan ichirdim.
21Soʻng men Edom, Moʻab, Ommonga, 22Tir, Sidon va dengiz ortidagi yurtlarning shohlariga sharobdan ichirdim. 23Dedon, Temo, Buz
Dedon, Temo, Buz — Arabiston yarim orolidagi shaharlar.
va sochini oldirib yuradigan
…sochini oldirib yuradigan… — 9:26 ning birinchi izohiga qarang.
boshqa hamma xalqlarga sharobdan ichirdim.
24Hamma Arabiston shohlariga, sahroda yashaydigan har xil koʻchmanchi qabilalarning hamma shohlariga sharobdan ichirdim. 25Zimri, Elam va Midiya yurtlarining hamma shohlariga sharobdan ichirdim. 26Shimoldagi uzoq–yaqinda boʻlgan hamma shohlarga sharobdan ichirdim. Yer yuzidagi barcha saltanatlarga birin–ketin borib keldim. Oxiri kosadagi sharobdan Bobil
Bobil — ibroniycha matnda Shashax, Bobilga nisbatan ishlatilgan yana bir nom.
taxtida oʻtirgan shoh ichadigan boʻldi.

27Egamiz menga dedi: “Ularga shunday deb ayt: «Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: gʻazab kosamdan ichinglar! Mast boʻlib qusinglar! Turmaydigan boʻlib yiqilinglar, chunki Men sizlarning ustingizga qilich yuboryapman.» 28Bordi–yu, ular qoʻlingdagi kosani olishdan va sharob ichishdan voz kechsalar, sen ularga shunday deb ayt: «Sarvari Olam sizlarga demoqda: ichishingiz shart! 29Mana, Oʻzimga tegishli Quddus shahriga kulfat yogʻdira boshladim. Sizlar jazodan qochib qutularmidingiz?! Yoʻq, jazodan qutula olmaysizlar! Men yer yuzidagi barcha odamlarni urush balosiga giriftor etaman, — deb aytmoqda Sarvari Olam.»

30Shuning uchun, ey Yeremiyo, sen bu soʻzlarning hammasini ularga ayt:

«Egamiz yuksakdan sherday oʻkiradi,
Muqaddas makonidan sado beradi.
Yurtiga shiddat bilan oʻkiradi.
Uzum ezuvchilar kabi
Uzum ezuvchilar kabi… — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga oʻyilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat oʻsha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi. Uzum ezish Muqaddas Kitobda koʻpincha Xudoning odamlar ustidan chiqaradigan hukmiga nisbatan koʻchma maʼnoda ishlatilgan.
baqiradi,
Yer yuzidagi hamma insonlarga hayqiradi.
31Gumburlashi dunyoning chetigacha eshitiladi.
Zero, Egamiz xalqlarga daʼvo qilmoqda,
Dunyodagi odamzodni U hukm etmoqda,
Fosiqlarni qilichdan oʻtkazmoqda.
Egamizning kalomi shudir.

32Sarvari Olam shunday demoqda:
Qaranglar, falokat kelmoqda,
Xalqdan xalqqa yuqmoqda!
Dunyoning toʻrt burchagidan
Kuchli boʻron koʻtarilmoqda!

33Oʻsha kuni butun yer yuzi, bu boshidan narigi chetigacha Egamizning qudratidan nobud boʻlgan odamlarning jasadlariga toʻladi. Marhumlar uchun hech kim marsiya aytmaydi, hech kim ularni yigʻib koʻmmaydi. Ular yer ustida goʻngday yotaveradi.

34Ey choʻponlar, uvvos solib yigʻlanglar!
Ey yoʻlboshchilar, kulga belaninglar!
…kulga belaninglar — kulga belanish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.

Boʻgʻizlanadigan kuningiz yetib keldi,
Jasadlaringiz yerda sochilib yotadi,
Chilparchin boʻlgan qimmatbaho koʻzaday boʻladi.
35Choʻponlar hech qayerga qocha olmaydi,
Yoʻlboshchilar qutulolmaydi.
36Eshiting! Yoʻlboshchilar faryod qilmoqda,
Choʻponlar hoʻngramoqda!
Egamiz ularning yaylovlarini nobud qilyapti.
37Soʻlim maysazorlarini payhon etyapti.
Axir, Egamizning gʻazabi alanga oldi.
38Oʻlja qidirib uyasidan chiqqan sherday,
Egamiz Oʻz makonidan chiqdi.
Egamizning alangali gʻazabi tufayli,
Urush balosi tufayli
Butun yurt xarobazorga aylanadi.»”
Copyright information for UznUzbL