‏ Jeremiah 27

Yeremiyo va hoʻkiz boʻyinturugʻi

1Yoʻshiyo oʻgʻli Zidqiyo
Zidqiyo — baʼzi ibroniy qoʻlyozmalaridan va qadimiy suryoniycha tarjimadan (yana shu bobning 3, 12–oyatlariga va 28:1 ga qarang). Ibroniycha matnda Yohayiqim (Zidqiyoning akasi).
Yahudoda hukmronligining ilk davrida
Zidqiyo Yahudoda hukmronligining ilk davri — miloddan oldingi 593 yil (28:1 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang).
, Egamiz Oʻz soʻzini Yeremiyoga ayon qildi.
2Egamiz menga shunday dedi: “Yogʻochdan bir boʻyinturuq yasa, qayishlar yordamida uni gardaningga osib ol. 3Soʻng esa Quddusga — shoh Zidqiyo huzuriga kelgan elchilar orqali Edom, Moʻab, Ommon, Tir va Sidon shohlariga xabar joʻnat. 4Elchilarga buyur, ular oʻz shohlariga quyidagi xabarni yetkazsinlar:

«Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: shohlaringizga aytinglar,
5bu dunyoni, yer yuzidagi odamzodu hayvonlarni Men Oʻz qudratim va ajoyibotlarim bilan yaratganman. Shunday ekan, ularni xohlagan odamga beraman. 6Ana shu yurtlarning barchasini Men Bobil shohi qulim Navuxadnazarga
Navuxadnazar — 21:2 izohiga qarang.
berdim. Hattoki yovvoyi hayvonlarni ham uning izmiga topshirdim, ular ham Navuxadnazarga xizmat qilishadi.
7Navuxadnazarning shohligi qulaguncha
Navuxadnazarning shohligi qulaguncha… — miloddan oldingi 539 yilda Midiya va Fors lashkarlari shoh Kurush boshchiligida Bobil shahrini bosib olishdi.
hamma xalqlar unga, uning oʻgʻliyu nevarasiga xizmat qiladi. Keyin esa Navuxadnazarning oʻzi ham koʻplab xalqlarga va buyuk shohlarga xizmat qilishga majbur boʻladi.
8Bobil shohi Navuxadnazarga xizmat qilmagan, unga boʻyin bermagan har bir xalq va shohlikni Men urushga, qahatchiligu oʻlatga giriftor etib, qirib tashlayman, — deb aytmoqda Egamiz. — Oʻsha xalqni Navuxadnazar orqali butunlay yoʻq qilmagunimcha qoʻymayman. 9Sizlar Bobil shohiga xizmat qilmaysizlar, deya karomat qilayotgan paygʻambarlaringizga, folbinlaringizga, tush taʼbirchilariga, bashoratgoʻy odamlaringizga, sehrgarlaringizga ishonmanglar. 10Ular sizlarga yolgʻon bashorat qilyaptilar. Agar ularga quloq solsangizlar, Men sizlarni bu yerdan chiqarib yuboraman. Uzoq yurtlarga surgun qilaman, oqibatda sizlar halok boʻlasizlar. 11Bobil shohining boʻyinturugʻi ostida boʻyin eggan, unga xizmat qilgan har bir xalqni esa Men oʻz yurtida qoldiraman. Ular oʻz yurtlarida yashab, oʻz yeriga ishlov beradilar. Egamizning kalomi shudir.»”

12Men Yahudo shohi Zidqiyoni ham xuddi shunday deb ogohlantirdim: “Bobil shohiga bosh eging, uning oʻziga ham, xalqiga ham xizmat qiling, shunda joningizni saqlab qolgan boʻlasiz. 13Egamiz: «Bobil shohiga xizmat qilmagan har bir xalq urush, qahatchilik va oʻlatdan nobud boʻladi» degan edi. Nahotki oʻzingizning va oʻz xalqingizning joniga zomin boʻlsangiz?! 14«Bobil shohiga xizmat qilmang», deb aytayotgan paygʻambarlarning gaplariga quloq solmang, ular sizlarga yolgʻon bashorat qilyapti. 15Oʻsha paygʻambarlar haqida Egamiz shunday deb aytdi: «Ularni Men yubormaganman. Ular Mening nomimdan yolgʻon bashorat qilishyapti. Shunday ekan, Men sizlarni va sizlarga bashorat qilayotgan paygʻambarni bu yurtdan uloqtirib tashlayman. Hammangiz halok boʻlasizlar.»”

16Soʻng men ruhoniylarga va butun xalqqa gapirdim: “Egamiz shunday demoqda: «Maʼbadning ashyolari Bobildan yaqinda olib kelinadi, deb aytayotgan paygʻambarlarga quloq solmanglar. Ular sizlarga yolgʻon bashorat qilishyapti. 17Ularga quloq solmanglar! Joningizni saqlab qolmoqchi boʻlsangizlar, Bobil shohiga xizmat qilinglar. Aks holda, shahar vayron qilinadi! 18Agar ular, haqiqatan ham, paygʻambarlar boʻlishsa, agar chindan ham Mening kalomim ularga ayon boʻlgan boʻlsa, unda ular Men, Sarvari Olamga yolvorishsin. ‘Sening uyingdagi, shoh saroyidagi va Quddusdagi qolgan ashyolar Bobilga olib ketilmasin’, deb Menga iltijo qilishsin.» 19 20 21Axir, Sarvari Olam demoqda: «Bobil shohi Navuxadnazar
Navuxadnazar — 22:25 ning birinchi izohiga qarang.
Yahudoga bostirib kelib, taxtda oʻtirgan Yohayiqim oʻgʻli Yohayixinni
Yohayixin — ibroniycha matnda Yoxoniyo, Yohayixinning yana bir ismi (22:24 izohiga qarang).
Yahudo amaldorlari bilan birga asir qilib olib ketganda, Maʼbaddagi ikkita bronza ustunni, hovuzni, tagkursilarni va Quddusdagi ayrim idishlarni qoldirib ketgan edi.» Ammo oʻsha qolgan–qutgan ashyolar haqida Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: «Oʻz uyimda, shoh saroyida va Quddusda qolgan ashyolar haqida aytadigan gaplarimni eshitinglar:
22ashyolarning hammasi Bobilga olib ketiladi
…ashyolarning hammasi Bobilga olib ketiladi — 4 Shohlar 25:13-15 ga qarang.
. Men ularni olib kelgani bormagunimcha, oʻsha yerda qoladi. Soʻng esa Men ularni qaytarib olib kelaman, shu yerga joylashtiraman.» Egamizning kalomi shudir.”
Copyright information for UznUzbL