Jeremiah 28
Soxta paygʻambar Xanoniyo
1Ayni oʻsha yili, yaʼni Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining ilk davrida, toʻrtinchi yili beshinchi oyida ▼▼ …Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining…toʻrtinchi yili beshinchi oyi… — miloddan oldingi 593 yilning beshinchi oyi (1:3 ning ikkinchi izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Av oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan iyulning oʻrtasidan boshlanadi.
Xanoniyo paygʻambar Egamiz uyidagi ruhoniylar va xalq oldida menga gapirdi. Xanoniyo Givonlik Azzurning oʻgʻli edi. U menga shunday dedi: 2— Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: “Bobil shohi solgan boʻyinturuqni Men sindirib tashladim. 3Shoh Navuxadnazar ▼▼ Navuxadnazar — 21:2 izohiga qarang.
uyimdan Bobilga olib ketgan hamma ashyolarni Men ikki yil ichida bu yerga qaytarib olib kelaman. 4Bundan tashqari, Bobilga surgun boʻlgan Yahudo shohi Yohayiqim oʻgʻli Yohayixinni ▼▼ Yohayixin — ibroniycha matnda Yoxoniyo, Yohayixinning yana bir ismi (22:24 izohiga qarang).
va u bilan birga hamma asirlarni ▼▼ …Bobilga surgun boʻlgan…hamma asirlar… — 22:25 ning birinchi izohiga qarang.
qaytarib olib kelaman. Men Bobil boʻyinturugʻini sindirib tashlayman.” Egamizning kalomi shudir. 5Shunda men Egamiz uyida hozir boʻlgan ruhoniylar va xalq oldida Xanoniyoga 6shunday dedim: — Omin! Iloyim, aytganingizday boʻlsin. Bashorat qilgan soʻzlaringizni Egamizning Oʻzi bajo aylasin. Oʻz uyining ashyolariyu asirlarni Bobildan qaytarib, bu yerga olib kelsin. 7Endi esa men sizga va xalqqa aytmoqchi boʻlgan mana bu gaplarimni eshiting. 8Sizdan va mendan oldin oʻtgan paygʻambarlar koʻp yurtlaru buyuk shohliklarga qarshi urush, ocharchilik va oʻlatni bashorat qilgan edilar. 9Tinchlikni bashorat qilgan paygʻambarning bashorati bajo boʻlganidan keyingina ▼▼ …paygʻambarning bashorati bajo boʻlganidan keyingina… — Qonunlar 18:21-22 ga qarang.
, xalq uni “haqiqatan ham Egamizning elchisi” deb tan olar edi. 10Soʻng Xanoniyo paygʻambar Yeremiyoning gardanidagi boʻyinturuqni olib sindirdi–da, 11toʻplanib turgan xaloyiqqa murojaat qilib dedi: — Egamiz aytmoqda: “Xuddi shunday qilib, Men ikki yil ichida Bobil shohi Navuxadnazarning xalqlarga solgan boʻyinturugʻini olib, sindirib tashlayman.” Bu gaplardan keyin Yeremiyo oʻz yoʻliga ketdi. 12Xanoniyo paygʻambar Yeremiyo paygʻambarning gardanidagi boʻyinturuqni sindirgandan keyin, koʻp oʻtmay Egamiz Yeremiyoga Oʻz soʻzini ayon qilib dedi: 13“Xanoniyoning oldiga borib, shunday deb ayt: «Egamiz aytmoqda: sen yogʻoch boʻyinturuqni sindirding, ammo oʻshaning oʻrniga Men temir boʻyinturuq yasayman. 14Zero, Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Men bu xalqlarning gardaniga temir boʻyinturuq solaman. Ularning hammasi Bobil shohi Navuxadnazarga xizmat qilishadi. Ha, ularning hammasi Navuxadnazarga bosh egadi. Men hatto yovvoyi hayvonlarni ham Navuxadnazarning ixtiyoriga topshiraman.»” 15Yeremiyo paygʻambar Xanoniyo paygʻambarga dedi: — Menga qara, Xanoniyo, Egamiz seni yubormagan. Sen esa bu xalqni yolgʻon gaplaringga ishontirib qoʻyding. 16Shu qilganing uchun Egamiz shunday demoqda: “Men seni yer yuzidan daf qilaman. Sen oʻz bashoratlaring bilan xalqni Egangga qarshi qoʻzgʻatganing uchun shu yiliyoq oʻlasan.” 17Oʻsha yilning yettinchi oyida ▼▼ Oʻsha yilning yettinchi oyi — 28:1 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
Xanoniyo olamdan oʻtdi.
Copyright information for
UznUzbL