‏ Jeremiah 31

Isroil xalqi ona yurtiga qaytib keladi

1Egamiz shunday demoqda: “Oʻsha vaqtda Men hamma Isroil qabilalarining Xudosi boʻlaman, ular esa Mening xalqim boʻladi.”

2Egamiz shunday demoqda:
“Qirgʻindan omon qolgan Isroil xalqi
Tinchlik izlab safarga chiqqanda,
Sahroda inoyat topdi.”
3Egamiz qadimda Isroilga zohir boʻlib,
Shunday degan edi:
“Seni mangu sevgi bilan sevdim,
Senga sodiq boʻlib keldim.
4Ey bokira qiz Isroil,
Men seni qaytadan bunyod etaman.
Sen qayta bino boʻlasan.
Sen yana childirmangni chalasan,
Quvonch ila raqsga tushasan.
5Samariya qirlarida yana uzumzorlar barpo qilasan.
Tok ekkan dehqonlar oʻzlari yetishtirgan hosildan yeydilar.
6Shunday kunlar keladiki,
Soqchilar Efrayim
Efrayim — 7:15 izohiga qarang.
qirlarida shunday deb jar soladilar:
«Kelinglar, Egamiz Xudoning oldiga boraylik!
Kelinglar, Quddusga
Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 12–oyatida ham bor). 3:14 izohiga qarang.
chiqaylik!»”

7Egamiz shunday demoqda:
“Yoqub nasli uchun sevinch ila qoʻshiq ayting,
Ha, xalqlar sardori uchun Xudoni madh qiling.
Xudoga hamdu sanolar oʻqing, Unga yolvorib ayting:
«Ey Egamiz, Oʻz xalqingni xalos qilgin!
Isroilning omon qolganlarini qutqargin!»
8Men ularni shimoldan olib kelaman,
Dunyoning toʻrt burchagidan yigʻib olaman.
Oralarida koʻru choʻloqlar boʻladi,
Homilador ayollaru toʻlgʻoq tutayotganlar boʻladi.
Katta bir jamoa boʻlib, bu yerga qaytib kelishadi.
9Ular koʻz yosh toʻkib, yoʻl yurishadi,
Ularni boshlab kelayotganimda iltijo qilishadi.
Men ularni suv buloqlari boʻylab yetaklayman,
Qoqilmasin deb, tekis yoʻldan olib yuraman.
Zotan, Men Isroilning otasidirman,
Efrayim Mening toʻngʻich oʻgʻlimdir.”

10Ey xalqlar, Egamizning soʻzini eshitinglar,
Dengiz ortidagi yurtlarda shunday eʼlon qilinglar:
“Egamiz Isroil xalqini tarqatib yubordi,
Ammo endi uni qayta yigʻib oladi,
Choʻpon suruvini qoʻriqlaganday,
Egamiz Isroilni qoʻriqlaydi.”
11Zero, Yoqub naslini Egamiz ozod qildi,
Ulardan kuchliroq boʻlgan bir xalqdan bu naslni qutqardi.
12Yoqub nasli Quddus qirlarida quvonch ila ashula aytadi,
Egamiz bergan barakadan quvonadi.
Bugʻdoy, sharob va zaytun moyi tufayli,
Suruvdagi qoʻzilaru podalardagi buzoqlar tufayli
Ularning yuzidan nur sochiladi.
Ular sugʻorilgan boqqa oʻxshaydigan boʻladi,
Butunlay qaygʻuni unutib yuborishadi.
13 14Egamiz shunday demoqda:
“Qizlar xursand boʻlib, raqsga tushadilar,
Erkaklarning yoshu qarisi shod boʻladi.
Men ularning qaygʻusini quvonchga aylantiraman,
Hasrat oʻrniga taskin va shodlik beraman.
Ruhoniylarni aʼlo sifatli ovqatlar bilan toʻygʻizaman,
Xalqimni barakalardan bahramand qilaman.”

Egamizning Isroilga boʻlgan mehr–shafqati

15Egamiz shunday demoqda:
“Rama shahridan
Rama shahri — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda joylashgan. Rohilaning maqbarasi Rama shahrining yaqinida, Zilzax degan yerda joylashgan (1 Shohlar 10:2 ga qarang).
bir nido eshitilar,
Achchiq bir nolayu ohu figʻon bu.
Bolalari uchun yigʻlar Rohila
Bolalari uchun yigʻlar Rohila… — majoziy maʼnodagi bu ibora Isroil uchun, yaʼni shimoliy shohlik uchun tutilgan azani bildiradi, chunki miloddan oldingi 722 yilda Ossuriyaliklar Isroilga hujum qilib, aholisini surgun qilgan edilar. Shimoliy shohlikning ikkita asosiy qabilasi — Efrayim va Manashe qabilalari Rohilaning oʻgʻli Yusufdan kelib chiqqan edi.
,
Ovunishni xohlamas,
Axir, ular endi yoʻq.”
16Egamiz shunday demoqda:
“Boʻldi bas, yigʻlama,
Koʻz yoshlaringni toʻkma.
Zero, mehnating taqdirlanadi,
Farzandlaring dushman yurtidan qaytib keladi.
17Kelajagingga umid bor,
Bolalaring oʻz yurtiga qaytib keladi,
— deb aytmoqda Egamiz. —

18Efrayimning hasratini eshitdim:
«Meni jazolading, oʻzimga saboq oldim.
Men oʻjar bir buzoqqa oʻxshagan edim.
Meni qaytar, oldingga qaytib boray,
Axir, Egam Xudo Sensan.
19Sendan yuz oʻgirganimdan pushaymon boʻldim,
Es–hushimni yigʻib olgach, koʻksimga urdim.
Yoshlikda isnodga qolganim tufayli
Sharmandayu sharmisor boʻldim.»

20Efrayim — Mening aziz oʻgʻlonim,
Suyukli farzandimdir u!
Unga qarshi koʻp gapirganim bilan,
Xayolimdan uni ketkizmayman.
Unga ich–ichimdan achinib ketdim,
Albatta unga rahm qilaman.”
Egamizning kalomi shudir.

21Ey bokira qiz
bokira qiz — 4:31 izohiga qarang.
Isroil,
Oʻzing uchun yoʻl belgilarini qoʻy,
Yoʻnalish ustunlarini oʻrnat.
Kelgan yoʻlingni aniqlab ol.
Qayt, oʻz shaharlaringga qayt.
22Ey vafosiz qiz,
Qachongacha ikkilanasan?!
Egamiz dunyoda yangi bir narsa yaratadi:
Isroil Oʻz Xudosiga chirmashib oladi
…Isroil Oʻz Xudosiga chirmashib oladi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …ayol erkakni qurshab oladi. Bu majoziy iboraning maʼnosi quyidagicha boʻlishi mumkin: Xudoning xalqi toʻgʻri yoʻlga qaytib, Xudoga sodiq boʻladi.
.

Xudo xalqining yorqin kelajagi

23Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman
Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman — yoki Men xalqimni asirlikdan ozod qilib, ona yurtiga qaytarib olib kelaman.
. Shunda Yahudo yurtidagi va barcha shaharlaridagi odamlar Quddusni shunday duo qiladigan boʻlishadi:

«Ey muqaddas togʻ
muqaddas togʻ — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 17:3 ning birinchi izohiga qarang.
,
Solihlik makoni,
Egamiz senga baraka bersin!»

24Odamlar Yahudo yurtida va uning hamma shaharlarida yashaydilar. U yerda dehqonlar va qoʻylarni boqadigan chorvadorlar boʻladi. 25Men chanqaganlarning chanqogʻini qondiraman, toliqqan jonga orom beraman. 26Shunda odamlar miriqib uxlab, kuchga toʻlib uygʻonadilar
…odamlar miriqib uxlab, kuchga toʻlib uygʻonadilar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …Men uygʻonib, atrofimga razm soldim. Mening uyqum shirin boʻlgan ekan. Bu gap mazkur bobning 23–oyatida tilga olingan odamlarning gapi boʻlishi mumkin. Bu oyat ravon oʻqilishi uchun shu odamlarning ona yurtidagi farovon hayotini tasvirlovchi gap sifatida tarjima qilingan.
.”

27Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Men Isroil va Yahudo yurtlarini odamlarga va hayvonlarga toʻldiraman. 28Ilgarilari Men bu xalqni qoʻporib, halok qilgan boʻlsam, ularni agʻdarib tashlab, yakson etgan boʻlsam, boshlariga falokat keltirgan boʻlsam, endi ularni qayta bunyod etib, mustahkam qilaman, — deb aytmoqda Egamiz. 29— Oʻshanda odamlar shunday deb aytmaydigan boʻladi:

«Otalari nordon uzum yeyishgan edi,
Bolalarining tishi qamashdi.»

30Aksincha, har bir odam qilgan gunohi uchun oʻzi oʻlim jazosini oladi. Kim nordon uzum yegan boʻlsa, oʻshaning tishi qamashadi.”

31Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Men Isroil va Yahudo xalqlari bilan yangi ahd tuzaman. 32Bu yangi ahd Men ularning ota–bobolari bilan tuzgan ahdga oʻxshamaydigan boʻladi. Men ota–bobolarini qoʻlidan yetaklab, Misrdan olib chiqqanimda, ular bilan ahd tuzgan edim. Men ularga sodiq xoʻjayin
xoʻjayin — yoki er.
edim, ammo ular oʻsha ahdimni buzishdi.” Egamizning kalomi shudir.

33Egamiz shunday demoqda: “Men kelajakda Isroil xalqi bilan tuzadigan ahd shunday boʻladi: Men qonunimni odamlarning ongiga solib qoʻyaman, qonunimni ularning yuraklariga yozaman. Men ularning Xudosi, ular esa Mening xalqim boʻladilar. 34Shundan keyin odamlar bir–biriga: «Egamizni tanib–biling», demaydigan boʻlishadi. Chunki ularning hammasi — kattasidan tortib, kichigigacha Meni biladigan boʻladi. Men ularning ayblarini kechiraman, gunohlarini hech qachon esga olmayman.” Egamizning kalomi shudir.

35Kunni yoritsin deya, Egamiz quyosh ato qildi.
Kechasi nur sochsin deya, oy va yulduzlarni yaratdi.
U dengizni koʻpirtirar,
Toʻlqinlarini oʻkirtirar,
Uning nomi Sarvari Olamdir.
U shunday demoqda:
36“Agar tabiatdagi bu tartib buzilsa,
Isroil nasli ham xalq sifatida yoʻq boʻladi.”

37Egamiz shunday demoqda:
“Osmonu falakni oʻlchab boʻlmaganday,
Zamin poydevorini
Zamin poydevori — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga koʻra, yer tep–tekis boʻlib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubida oʻrnatilgan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Bu ustunlar dengiz tubidagi poydevorga tayanardi.
tekshirib boʻlmaganday,
Men ham Isroil naslini tark etolmayman,
Qilgan qilmishlari uchun ularni tashlab ketolmayman.”
Egamizning kalomi shudir.

38Egamiz demoqda: “Shunday kunlar kelyaptiki, Quddus Mening sharafim uchun qayta tiklanadi. Butun shahar Xanonil minorasidan
Xanonil minorasi — mazkur minora va shu bobning 38-40–oyatlarida aytib oʻtilgan barcha joylar Quddus shahrining chegarasi boʻylab joylashgan edi.
tortib, to Burchak darvozasigacha qayta quriladi.
39Shahar kengayadi, chegarasi gʻarbdagi Goriv tepaligigacha borib, Goʻax tomon buriladi. 40Oʻliklar koʻmilgan, axlat tashlangan butun Xinnum soyligi
Xinnum soyligi — 7:31-34 oyatlarga va 7:31 ning birinchi izohiga qarang.
va Qidron soyligining sharqidagi Ot darvozasigacha choʻzilgan hamma dalalar Meniki boʻladi, ular muqaddas boʻladi. Quddus shahri endi hech qachon vayron qilinmaydi, xarobaga aylanmaydi.”
Copyright information for UznUzbL