Jeremiah 32
Yeremiyo dala sotib oladi
1Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining oʻninchi yilida ▼▼ Zidqiyo hukmronligining oʻninchi yili — miloddan oldingi 586 yil (1:3 ning ikkinchi izohiga qarang).
Yeremiyoga Egamizning soʻzi ayon boʻldi. Oʻsha yili Bobil shohi Navuxadnazar ▼▼ Navuxadnazar — 21:2 izohiga qarang.
hukmronligining oʻn sakkizinchi yili boʻlib, 2ayni vaqtda u lashkarlari bilan Quddusni qamal qilib turgan edi. Yeremiyo esa Yahudo shohi saroyidagi soqchilar hovlisiga qamab qoʻyilgan edi. 3Shoh Zidqiyoning oʻzi Yeremiyoni oʻsha yerga qamatib, shunday degan edi: “Nega sen oʻzingcha bashorat qilib yuribsan?! Axir, sen shunday deb aytyapsan: «Egamiz aytmoqda: Men bu shaharni Bobil shohining qoʻliga topshiraman, shahar taslim boʻladi. 4Yahudo shohi Zidqiyo ham Bobilliklarning ▼▼ Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 5, 24, 25, 28, 29, 43–oyatlarida ham bor).
qoʻlidan qochib qutulolmaydi. U Bobil shohining qoʻliga topshiriladi. U shoh Navuxadnazarni oʻz koʻzi bilan koʻradi, Navuxadnazar u bilan yuzma–yuz gaplashadi. 5Navuxadnazar Zidqiyoni Bobilga olib ketadi. Men Zidqiyoni jazolamagunimcha Zidqiyo oʻsha yerda qoladi, — deb aytmoqda Egamiz. — Agar Bobilliklarga qarshi jang qilsangizlar, magʻlub boʻlasizlar.»” 6Yeremiyo shunday deb aytdi: “Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qilib dedi: 7«Ey Yeremiyo, sening oldingga Shallum amakingning oʻgʻli Xanomil keladi. U senga: ‘Onotoʻtdagi dalamni sotib ol. Sen eng yaqin qarindoshim boʻlganing uchun dalamni sotib olish huquqiga egasan ▼▼ …dalamni sotib olish huquqiga egasan… — Levilar 25:25 ga qarang.
’, deb aytadi.» 8Keyin, xuddi Egamiz aytganidek, soqchilar hovlisiga amakivachcham Xanomil kirib keldi. U menga shunday dedi: «Benyamin hududida joylashgan Onotoʻtdagi dalamni sotib olsang, degan edim. Sen yaqin qarindoshim boʻlganing uchun dalamni oʻzingga mulk qilib olish huquqiga egasan. Dalamni sotib ola qol.» Shunda menga haqiqatan ham Egamiz gapirganini bildim. 9Men amakivachcham Xanomildan Onotoʻtdagi dalani sotib olib, unga 43 misqol ▼▼ 43 misqol — ibroniycha matnda 17 shaqal, taxminan 195 grammga toʻgʻri keladi.
kumushni oʻlchab berdim. 10Keyin vasiqaga qoʻl qoʻyib, uni muhrladim ▼▼ …uni muhrladim… — vasiqa oʻralib, ochilmasligi uchun surgʻuch bilan tamgʻa bosilardi.
, hammasini guvohlar oldida qildim, kumushni tarozida oʻlchab berdim. 11Soʻng muddat va shartlari bayon qilingan vasiqaning muhrlangan nusxasini, shuningdek, muhrlanmagan ochiq nusxani 12Boruxga berdim. Borux Neriyoning oʻgʻli, Maxsiyoning nevarasi edi. Soqchilar hovlisida oʻtirgan hamma yahudiylar, vasiqaga qoʻl qoʻygan guvohlar va amakivachcham Xanomil buning shohidi boʻldilar. 13Men ularning oldida Boruxga shunday dedim: 14«Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: bu vasiqaning ikkala nusxasini, muhrlangan va ochiq nusxalarini olib, xumchaga solib qoʻy, toki ular uzoq yillar davomida saqlanib qolsin. 15Zero, Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: bu yurtda odamlar yana uylar, dalalar va uzumzorlar sotib oladigan boʻlishadi.» Yeremiyoning ibodati
16Men vasiqani Neriyo oʻgʻli Boruxga berganimdan soʻng, Egamizga ibodat qildim: 17Yo Egam Rabbiy! Sen Oʻz qudrating va ajoyibotlaring bilan yeru osmonni yaratding. Sening qoʻlingdan kelmaydigan narsa yoʻq. 18Sen minglab avlodlarga ▼▼ …minglab avlodlarga… — yoki …minginchi avlodga… yoxud …minglarga….
Oʻzingning sodiq sevgingni koʻrsatasan, ammo otalarning gunohlari uchun bolalarni jazolaysan. Ey buyuk va qudratli Xudo! Sarvari Olamdir Sening noming. 19Sen dono rejalar tuzib, buyuk ishlar qilasan. Foniy bandalar qilayotgan barcha ishlarni kuzatib turasan. Ularni qilmishiga yarasha jazolaysan, qilgan ishiga yarasha taqdirlaysan. 20Sen Misrda yodda qoladigan alomatu moʻjizalar koʻrsatding. Hozirgi kunda ham Isroil va butun odamzod orasida Sening noming nihoyatda mashhur.21Alomatu moʻjizalaring, Oʻz qudratingu ajoyibotlaring, buyuk bir dahshating bilan Sen Oʻz xalqingni Misrdan olib chiqqan eding. 22Ota–bobolariga vaʼda qilgan, sut va asal oqib yotgan yurtni ▼
▼ sut va asal oqib yotgan yurt — 11:5 izohiga qarang.
ularga bergan eding. 23Ular bu yurtga kelib, uni mulk qilib oldilar. Ammo Senga boʻysunmadilar, qonunlaringga rioya qilmadilar. Buyurgan amrlaringni bajarmadilar. Shu sababdan Sen bu falokatlarning hammasini ularning boshiga solding.24Ana endi Bobilliklar Quddusga hujum qilyaptilar. Quddusni qoʻlga kiritish uchun shahar devoriga qiyalatib tuproq uyyaptilar ▼
▼ …shahar devoriga qiyalatib tuproq uyyaptilar — 6:6 ning ikkinchi izohiga qarang.
. Qirgʻin, ocharchilik va oʻlat dastidan shahar taslim boʻladi. Oʻzing koʻrib turganingdek, aytganlaringning bari bajo boʻlyapti. 25Ey Egam Rabbiy, shahar Bobilliklarga taslim boʻlayotgan shunday bir paytda Sen menga: «Guvohlar oldida kumushga dala sotib ol», deding–a!”26Egamiz Yeremiyoga Oʻz soʻzini ayon qildi: 27“Men Egangizman. Men barcha tirik jonning Xudosiman. Qoʻlimdan kelmaydigan ish yoʻq! 28Shunday ekan, Men bu shaharni Bobilliklarga, Bobil shohi Navuxadnazarga taslim qilib beraman, — deb aytmoqda Egamiz. — Ular shaharni qoʻlga kiritadilar. 29Sizlarga hujum qilib kelayotgan oʻsha Bobilliklar shaharga oʻt qoʻyadilar. Quddusdagi uylarni yondirib tashlaydilar! Axir, Quddus aholisi uylarining tomlari ustida Baalga qurbonliklar kuydirib, boshqa xudolarga sharob nazrlarini keltirib, Meni gʻazablantirdi.” 30Egamiz shunday demoqda: “Isroil va Yahudo xalqlari yoshligidan beri oldimda faqat qabihlik qilishadi. Qachon qarasa, Isroil xalqi oʻz ishlari bilan Meni gʻazablantirib yuradi. 31Bu shahar bino boʻlgandan buyon, to bugunga qadar, shahar aholisi Meni qattiq gʻazablantirib kelmoqda. Men ularni huzurimdan daf qilaman, 32chunki Isroil va Yahudo xalqlari — shohlariyu aʼyonlari, ruhoniylariyu paygʻambarlari, Yahudo va Quddusda yashagan hamma odamlar qilgan yovuzliklari bilan jahlimni chiqardilar. 33Ular Menga yuz burmay, orqa oʻgirdilar. Men ularni toʻgʻri yoʻlga solmoqchi boʻlib astoydil harakat qilgandim, ammo ular Menga quloq solmadilar, oʻzlariga saboq olmadilar. 34Mening nomim bilan atalgan uyga jirkanch butlarini oʻrnatib, uyimni harom qildilar. 35Xinnum soyligida ▼
▼ Xinnum soyligi — 7:31 ning birinchi izohiga qarang.
Baalga sajdagohlar ▼▼ sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, yaʼni “tepalik”. 7:31 ning ikkinchi izohiga qarang.
qurdilar. U yerda oʻgʻil–qizlarini Moʻlaxga qurbonlik qilib, olovda kuydirdilar ▼▼ …oʻgʻil–qizlarini Moʻlaxga qurbonlik qilib, olovda kuydirdilar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …oʻgʻil–qizlarini Moʻlaxga (olovdan) oʻtkazdilar. Butparast xalqlarga xos boʻlgan bu jirkanch odat Xudoning nazarida oʻtaketgan qabihlik edi.
. Men ularga bunday jirkanch ishni amr qilmaganman, bu hatto xayolimga ham kelmagan. Natijada bu qilmishlari tufayli Yahudo xalqi jazoga loyiq boʻldi. Egamizning umidbaxsh vaʼdasi
36Ey Yeremiyo, sen bu shahar haqida: «Quddus shahri qirgʻin, ocharchilik va oʻlat dastidan Bobil shohining qoʻliga topshiriladi», deb aytyapsan. Bu gaping toʻgʻri. Ammo Men, Isroil xalqining Xudosi — Egangiz, aytamanki, 37xalqimni qahr–gʻazab va qattiq jahl ustida turli yurtlarga tarqatib yuborganimdan keyin, ularni yigʻib olaman. Ularni yana mana shu yerga olib kelaman. Ular bu yerda osoyishta umr kechiradilar. 38Ular Mening xalqim boʻladi, Men esa ularning Xudosi boʻlaman. 39Ular Mendan har doim qoʻrqsin deb, ularni yakdil qilaman, hammasini hayotning bir maqsadi tomon yoʻnaltiraman. Shunda oʻzlariga ham, bolalariga ham yaxshi boʻladi. 40Men ular bilan abadiy ahd tuzaman. Ularga doim yaxshilik qilishdan qochmayman. Mendan yuz oʻgirib ketmasliklari uchun ularning yuraklariga Mendan qoʻrqish hissini solib qoʻyaman. 41Men ularga yaxshilik qilganimdan xursand boʻlaman, ularni jonu dilim bilan bu yurtda albatta mustahkam oʻrnashtiraman.” 42Egamiz shunday demoqda: “Men bu xalqning boshiga katta falokatni qanday yogʻdirgan boʻlsam, vaʼda qilgan barcha ezguliklarimni ham ustilariga xuddi shunday yogʻdiraman. 43Odamlar bu yurt haqida: «Ha, yurtimiz Bobilliklarga taslim boʻldi, odamlar va hayvonlarsiz huvullab qoldi», deb aytishyapti. Ammo shunday kun keladiki, bu yurtdagi dalalar yana sotiladigan boʻladi. 44Odamlar bu dalalarni kumushga sotib oladilar, guvohlar oldida vasiqalarga qoʻl qoʻyib, muhr bosadilar. Bunday hodisa Benyamin hududida, Quddus atrofida, Yahudo shaharlarida, qirlarda, gʻarbdagi qir etaklarida va Nagav choʻlida sodir boʻladi. Axir, Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman ▼▼ …Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman — yoki …Men xalqimni asirlikdan ozod qilib, ona yurtiga qaytarib olib kelaman.
.” Egamizning kalomi shudir.
Copyright information for
UznUzbL