Jeremiah 33
Egamizning ikkinchi umidbaxsh vaʼdasi
1Yeremiyo soqchilar hovlisida qamoqda oʻtirganda, Egamiz unga ikkinchi marta Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey Yeremiyo, Men Egangman, olamni yaratgan, yerga shakl berib, uni oʻrnatgan Xudoyingman. 3Menga iltijo qil, senga javob beraman. Sen hali bilmaydigan buyuk sirlarni senga aytaman. 4Shunday ekan, Quddus ahliga ayt: «Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: sizlar dushmanning qamal inshootlaridan ▼▼ qamal inshootlari — qadimgi davrlarda dushmanlar devor bilan oʻralgan shaharga hujum qilayotganlarida, koʻpincha devor yoniga baland qurilmalar yasaganlar. Shu yoʻl bilan ular shaharni himoya qilayotgan xalqqa hujum qilish uchun devorni buzishga yoki oshib oʻtishga qulay imkoniyat yaratganlar.
va uning qilichidan saqlanmoqchi boʻlib, shahringiz devorlarini mustahkam qildingiz. Buning uchun uylaringizni, hatto Yahudo shohlarining saroylarini buzdingizlar. 5Sizlar Bobilliklar ▼▼ Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi.
bilan jang qilasizlar. Ular esa vayrona uylaringizni jasadlarga toʻldiradilar. Men qahr–gʻazabga toʻlib, xalqimni qiraman! Xalqimning qabihliklari tufayli bu shahardan yuz oʻgirdim. 6Shunga qaramay, bu shaharga yana shifo beraman, uni sogʻaytiraman. Aholisini sogʻ–salomat qilib, cheksiz tinchlik va osoyishtalikdan bahramand etaman. 7Men Yahudo va Isroil xalqlarini yana farovonlikka erishtiraman ▼▼ Men Yahudo va Isroil xalqlarini yana farovonlikka erishtiraman… — yoki Men Yahudo va Isroil xalqlarini asirlikdan ozod qilib, ona yurtiga qaytarib olib kelaman… (shu bobning 26–oyatida ham bor).
, avvalgiday qayta bunyod etaman. 8Menga qarshi qilgan barcha gunohlaridan ularni poklayman, bosh koʻtarib qilgan gunohlarini kechiraman. 9Yer yuzidagi hamma xalqlar oldida Quddus Menga shuhrat, quvonch va shon–sharaf keltiradi. Quddusga qilgan yaxshiligimni, uning ravnaqini koʻrgan barcha ellarni qoʻrquv va titroq bosadi.»” 10Egamiz shunday demoqda: “Sizlar, bu huvullagan shaharda na odam, na hayvon bor, deb aytasizlar. Aytganingiz bejiz emas. Yahudo shaharlari bilan Quddus koʻchalari huvullab qolgan, u yerda na odam, na hayvon bor. Biroq u yerda siz yana bir bor 11quvonchu shodlik sadolarini, kelin–kuyov ovozlarini eshitasiz. Odamlar Egasining uyiga yana shukrona nazrlarini keltiradilar, shunday deb yana kuylaydilar:«Shukrona ayting Sarvari Olamga, U yaxshidir!Uning sodiq sevgisi abadiydir!»
Men bu yurtni ilgarigi farovonligiga erishtiraman.” Egamizning kalomi shudir. 12Sarvari Olam shunday demoqda: “Odam va hayvonsiz huvullab qolgan bu joyda, yurtning hamma shaharlarida yana yaylovlar boʻladi, choʻponlar u yerda qoʻylarini oʻtlatishadi. 13Qirlardagi shaharlarda, gʻarbiy qir etaklaridagi, Nagav choʻlidagi va Benyamin hududidagi shaharlarda, Quddus atrofida, Yahudo shaharlarida choʻponlar yana qoʻylarini sanaydigan boʻladi.” Egamizning kalomi shudir. 14Egamiz shunday demoqda: “Men Isroil ▼
▼ Isroil — shimoliy shohlikning aholisi nazarda tutilgan (2:4 izohiga qarang).
va Yahudo xalqlariga bergan ezgu vaʼdamni bajaraman. Vaʼdamni bajaradigan kunlar yaqinlashib kelyapti. 15Oʻsha kunlarda Men Dovud naslidan solih bir novdani ▼▼ solih bir novda — Dovud naslidan kelib chiqadigan shohga ishora.
yetishtiraman. Yurtda u adolatu toʻgʻrilik ila ish tutadi. 16Oʻsha kunlarda Yahudo xalqi bexatar yashaydi, Quddus aholisi osoyishta hayot kechiradi. Quddus shahri «Egamiz najotkorimizdir» deb nom oladi.” 17Egamiz shunday demoqda: “Dovudning nasli Isroil taxtida abadiy oʻtiradi. 18Levi avlodidan boʻlgan ruhoniylar esa huzurimda qurbonliklar kuydirib, don nazrlarini keltiradilar, ular abadulabad Menga qurbonliklar qiladilar.” 19Egamizning soʻzi Yeremiyoga ayon boʻldi. 20Egamiz shunday dedi: “Bordi–yu, birontangiz tun va kun bilan tuzgan amrimni buzishga qodir boʻlsangiz, ularning tartibini oʻzgartira olsangiz, 21shundagina Men ham Dovud va Menga xizmat qilayotgan Levi avlodi bilan tuzgan ahdimni buzaman, Dovud sulolasini taxtdan tushiraman. 22Men qulim Dovud naslini va Menga xizmat qilayotgan Levi avlodini osmondagi yulduzlarday, dengizdagi qumday son–sanoqsiz qilaman.” 23Yeremiyoga Egamizning ushbu soʻzi ayon boʻldi: 24“Bu odamlarning gapini eshitdingmi? Ular, Egamiz Oʻzi tanlagan ikkita xalqni — Isroil va Yahudoni rad etdi, deb aytib yurishibdi. Bu odamlar xalqimdan shunchalik hazar qilishadiki, uni endi xalq deb tan olishdan or qilishyapti.” 25Egamiz shunday demoqda: “Men kun va tunga bergan amrimni, osmonu falak uchun oʻrnatgan qonun–qoidalarimni hech qachon oʻzgartirmayman. 26Shu singari, Yoqub avlodini va qulim Dovud sulolasini rad etmayman. Men doimo Dovud naslidan shoh tanlayman. Uni Ibrohim, Isʼhoq va Yoqub avlodining ustidan hukmron qilib qoʻyaman. Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman, ularga rahm–shafqat koʻrsataman.”
Copyright information for
UznUzbL