‏ Jeremiah 35

Yeremiyo va Raxav nasli

1Yoʻshiyo oʻgʻli shoh Yohayiqim
Yohayiqim — 1:3 ning birinchi izohiga qarang.
hukmronlik qilgan davrda Egamiz Oʻz soʻzini Yeremiyoga ayon qildi:
2“Qani boʻla qol, Yeremiyo, Raxav xonadoni huzuriga borib, u yerdagi odamlar bilan gaplash. Soʻng uyimdagi yon xonalarning biriga ularni taklif qilgin–da, sharobdan quyib ber.” 3Men borib, Xavazinyoning nevarasi — Yeremiyo oʻgʻli Yazaniyoni aka–ukalari bilan birga, hamma oʻgʻillarini va butun Raxav xonadonini chaqirib, 4Egamizning uyiga boshlab keldim. Ularni Yixdaliyo oʻgʻli Xanon paygʻambarning oʻgʻillariga qarashli xonaga olib kirdim. Bu xonaning yonida Maʼbad aʼyonlarining xonasi, tagida esa Shallum oʻgʻli Masiyoning xonasi joylashgan edi. Masiyo Maʼbad darvozaboni boʻlib xizmat qilar edi. 5Men dasturxonga idishlarni toʻldirib sharob tortdim, piyolalar qoʻydim. Soʻng Raxav nasliga:

— Marhamat qilib, sharobdan ichinglar, — deb taklif qildim.

6Ular shunday dedilar:

— Biz sharob ichmaymiz. Bobokalonimiz Raxav oʻgʻli Yohunadav
Yohunadav — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yonadav (shu bobning 10, 19–oyatlarida ham bor).
bizga shunday amr qilgan: “Zinhor sharob ichmanglar, bolalaringiz ham ichmasin.
7Uylar qurmanglar, ekin ekmanglar, uzumzorlar barpo qilmanglar, ularni oʻzingizga mulk qilib olmanglar. Koʻchib borgan joyingizda uzoq vaqt yashay olishingiz uchun chodirlarda kun kechiringlar.” 8Shuning uchun biz bobokalonimizning amriga boʻysunib, hech qachon sharob ichmaymiz, xotinlarimiz ham, oʻgʻil–qizlarimiz ham sharob ichmaydilar. 9Oʻzimiz uchun uylar qurmaymiz, ekin ekmaymiz, bizda na uzumzor bor, na dala bor. 10Biz bobokalonimiz Yohunadavning amriga itoat qilib, bir umr chodirlarda yashab keldik. 11Ammo Bobil shohi Navuxadnazar
Navuxadnazar — 22:25 ning birinchi izohiga qarang.
bu yurtga bostirib kelgandan soʻng, Bobil
Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, oʻsha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham atalardi.
va Oram lashkarlaridan qoʻrqib, Quddusga kelishga qaror qilgan edik. Shu sababdan hozir biz Quddusda yashab yuribmiz.

12Shundan soʻng Yeremiyoga Egamizning quyidagi soʻzi ayon boʻldi. 13Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam unga shunday dedi: “Qani boʻl, Yeremiyo, Yahudo xalqi va Quddus aholisining huzuriga borib, shunday deb taʼna qil: sizlar oʻzi saboq olasizlarmi?! Menga itoat qilishni oʻrganasizlarmi oʻzi?! 14Ana, koʻrib qoʻying, Raxav nasli oʻz bobokalonining amriga itoat qilgani uchun bugunga qadar sharobni ogʻziga ham olmay yuribdi. Men esa sizlarga qayta–qayta gapirgan boʻlsam ham, sizlar Menga itoat qilmadingizlar. 15Men paygʻambar qullarimni oldingizga qayta–qayta joʻnatdim. Ular orqali sizlarni shunday deb ogohlantirgan edim: «Sizlarga va ota–bobolaringizga Men bergan bu yurtda yashay olishingiz uchun yomon yoʻlingizdan qaytinglar. Turmush tarzingizni oʻzgartiringlar. Boshqa xudolarga ergashmanglar. Ularga xizmat qilmanglar.» Ammo sizlar quloq solmadingizlar, gapimga kirmadingizlar. 16Yohunadavning avlodi oʻz bobokaloni buyurib ketgan amrni ijro etdi, bu xalq esa Menga itoat qilmadi.”

17Shuning uchun Isroil xalqining Xudosi, Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda: “Men Yahudo va Quddus aholisiga gapirgan edim, ammo ular gaplarimga quloq solmadilar, ularni chaqirgan edim, ammo Menga javob bermadilar. Shuning uchun Oʻzim aytgan barcha balo–qazolarni ularning boshlariga yogʻdiraman.”

18Raxav xonadoniga esa Yeremiyo shunday dedi: “Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: «Sizlar bobokaloningiz Yohunadavning amriga itoat etdingiz, uning nasihatlarini rad etmay, aytganlarining hammasini bajardingiz, shuning uchun 19Raxav oʻgʻli Yohunadav avlodidan boʻlgan kishi huzurimda abadulabad xizmat qiladigan boʻladi.» Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olamning kalomi shudir.”
Copyright information for UznUzbL