Jeremiah 36
Borux oʻrama qogʻozga yozilgan soʻzlarni Maʼbadda oʻqiydi
1Yahudo shohi Yoʻshiyo oʻgʻli Yohayiqim hukmronligining toʻrtinchi yilida ▼▼ Yohayiqim hukmronligining toʻrtinchi yili — miloddan oldingi 605 yil (1:3 ning birinchi izohiga qarang).
Yeremiyoga Egamizning shu soʻzi ayon boʻldi: 2“Oʻrama qogʻoz ▼▼ Oʻrama qogʻoz — 30:2 izohiga qarang.
ol. Isroil, Yahudo va barcha shohliklarga qarshi Men aytgan soʻzlarni yozib qoʻy. Senga ilk bor Yoʻshiyo davrida ▼▼ Yoʻshiyo davri — 1:2 ning ikkinchi izohiga qarang.
ayon qilgan soʻzimdan tortib, to bugunga qadar aytgan barcha gaplarimni yoz. 3Balki Yahudo xalqi Men boshlariga keltirmoqchi boʻlgan falokatlar haqida eshitib, yovuz yoʻllaridan qaytar. Shunda Men ularning aybu gunohlarini kechiraman.” 4Yeremiyo Neriyo oʻgʻli Boruxni chaqirib, Egamizning aytgan hamma soʻzlarini yozdirdi. 5Soʻng Yeremiyo Boruxga tayinlab dedi: “Egamizning uyiga kirish menga man etilgan. 6Shuning uchun roʻza kuni sen oʻzing u yerga borasan. U yerdagi odamlarga men senga yozdirgan Egamizning soʻzlarini oʻrama qogʻozdan oʻqib berasan. Oʻsha kuni Yahudoning turli shaharlaridan kelgan xaloyiq Egamizning uyida boʻladi, ular ham oʻqiganingni eshitib olsin. 7Balki ular Egamizga yolvorib, yovuz yoʻllaridan qaytishar. Axir, Egamiz qahru gʻazabini ularga sochishini eʼlon qildi!” 8Neriyo oʻgʻli Borux Yeremiyoning aytganlarini toʻla–toʻkis bajardi. U Egamizning uyiga bordi, oʻrama qogʻozga bitilgan Egamizning soʻzlarini oʻqidi. 9Bu voqea Yahudo shohi Yoʻshiyo oʻgʻli Yohayiqim hukmronligining beshinchi yili toʻqqizinchi oyida ▼▼ Yohayiqim hukmronligining beshinchi yili toʻqqizinchi oyi — miloddan oldingi 604 yilning toʻqqizinchi oyi (shu bobning 1–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Xislav oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan noyabrning oʻrtasidan boshlanadi.
sodir boʻldi. Quddus aholisi bilan Yahudo shaharlaridan kelgan butun xalq Egamizga bagʻishlab roʻza tutgan edi. 10Shunda Borux Egamiz uyining Yangi darvozasi yonidagi yuqori hovlida joylashgan Shofon oʻgʻli kotib Gamariyoning xonasiga kirdi. U yerdan turib, oʻrama qogʻozga bitilgan Yeremiyoning soʻzlarini butun xalqqa ovoz chiqarib oʻqib berdi. Borux oʻrama qogʻozni aʼyonlarga oʻqib beradi
11Gamariyo oʻgʻli Mixiyo oʻrama qogʻozga bitilgan Egamizning soʻzlarini eshitgach, 12darhol shoh saroyidagi kotibning xonasiga joʻnadi. Barcha aʼyonlar oʻsha yerda jamuljam boʻlib oʻtirgan ekan: ular — kotib Elishama, Shamayo oʻgʻli Daloyo, Axbor oʻgʻli Elnatan, Shofon oʻgʻli Gamariyo, Xanoniyo oʻgʻli Zidqiyo va boshqa aʼyonlar edilar. 13Borux oʻrama qogʻozdan xalqqa oʻqib bergan barcha soʻzlarni Mixiyo ularga aytib berdi. 14Aʼyonlar Kushi oʻgʻli Shalamiyo avlodidan boʻlgan Nataniyo oʻgʻli Yohudini Boruxning oldiga joʻnatib, shunday gapni aytib yubordilar: “Xalqqa oʻqib bergan oʻrama qogʻozni olib, huzurimizga kelgin.” Neriyo oʻgʻli Borux oʻrama qogʻozni olib aʼyonlarning oldiga bordi. 15Aʼyonlar Boruxga: — Qani, oʻtir, bizga ham oʻrama qogʻozdagi soʻzlarni oʻqib ber, — dedilar. Borux oʻqidi. 16Aʼyonlar eshitgan soʻzlaridan vahimaga tushib, bir–birlariga qarab qoldilar. Soʻng Boruxga: — Bu haqda shohni xabardor qilishimiz zarur, — dedilar. 17Ular Boruxdan soʻradilar: — Bularni qayerdan olib yozding? Bu soʻzlarni senga aytgan, mabodo, Yeremiyo emasmi? 18— Ha, Yeremiyoning oʻzi aytib turdi, men esa uning aytganlarini siyoh bilan oʻrama qogʻozga yozdim, — deb javob berdi Borux. 19— Yeremiyo bilan borib, biron joyga yashirinib olinglar, hech kim bu haqda bilmasin, — deb tayinlashdi aʼyonlar.Shoh oʻrama qogʻozni yoqib yuboradi
20Aʼyonlar oʻrama qogʻozni kotib Elishamaning xonasida qoldirdilar, oʻzlari esa shoh huzuriga borib, hamma gapni yetkazdilar. 21Shoh oʻrama qogʻozni olib kelish uchun Yohudini joʻnatdi. Yohudi kotib Elishama xonasidan oʻrama qogʻozni olib kelib, uni shohga va shoh huzuridagi aʼyonlarga oʻqib berdi. 22Kech kuz ▼▼ Kech kuz — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Toʻqqizinchi oy, yaʼni noyabr oyi (shu bobning 9–oyatiga qarang).
. Shoh qishki saroyida oʻtirar, yonidagi manqalda oʻt yonib turar edi. 23Yohudi oʻrama qogʻozdan uch–toʻrt ustunni oʻqib boʻlishi bilanoq, shoh Yohayiqim kotibning pichoqchasi bilan oʻramning oʻsha qismini qirqib, manqaldagi olovga tashlayverdi. U oʻrama qogʻozning hammasini olovda yondirib boʻlguncha shunday qilaverdi. 24Oʻrama qogʻozdagi soʻzlarni eshitgan shoh bilan xizmatkorlar qoʻrquvga tushmadilar, qaygʻudan kiyimlarini yirtmadilar ▼▼ …qaygʻudan kiyimlarini yirtmadilar — kiyimlarni yirtish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Ammo bu vaziyatda shoh va uning aʼyonlari Xudoga itoatsizlik qilganlari uchun hech qanday afsus chekmagan edilar, shuning uchun kiyimlarini yirtmadilar.
. 25Elnatan, Daloyo va Gamariyo shohga yolvorib, oʻrama qogʻozni yondirmang, deb iltimos qilgan boʻlsalar ham, shoh ularga quloq solmadi. 26U shahzoda Yaraxmalga, Ozriyol oʻgʻli Sarayoga va Abdal oʻgʻli Shalamiyoga, Yeremiyo paygʻambarni va kotib Boruxni tutib kelinglar, deb buyurdi. Egamiz esa Yeremiyo bilan Boruxni yashirgan edi. Yeremiyo Xudoning soʻzlarini boshqatdan yozdiradi
27Yeremiyo Boruxga yozdirgan oʻrama qogʻozni shoh yoqib yuborgandan keyin, Yeremiyoga Egamizning quyidagi soʻzi ayon boʻldi: 28“Yeremiyo, boshqa bir oʻrama qogʻoz ol. Unga Yahudo shohi Yohayiqim yondirib yuborgan avvalgi oʻrama qogʻozdagi hamma soʻzlarni yoz. 29Yahudo shohi Yohayiqimga esa shunday deb ayt: «Egamiz demoqda: oʻrama qogʻozda: ‘Bobil shohi albatta keladi, yurtni vayron qiladi, odamlaru hayvonlarni qirib tashlaydi’, deb yozilgani uchun sen Yeremiyoga doʻq qilibsan, oʻrama qogʻozni yoqib yuborishga jurʼat etibsan. 30Shuning uchun, ey Yahudo shohi Yohayiqim, Egamiz sen haqingda shunday demoqda: sening avlodingdan birontasi ham Dovud taxtida oʻtirmaydi ▼▼ Sening avlodingdan birontasi ham Dovud taxtida oʻtirmaydi — shoh Yohayiqimning oʻgʻli Yohayixin uch oygina hukmronlik qildi, soʻng Bobilga surgun qilindi (4 Shohlar 24:8-17 ga qarang).
. Sening jasadingni odamlar uloqtirib yuborishadi, oʻliging kunning jaziramasida, tunning sovugʻida qoladi. 31Men seni, sening avlodingu aʼyonlaringni qilgan gunohlaringiz uchun jazolayman. Oʻzim aytgan barcha falokatlarni sizlarning boshingizga, Quddus aholisi va Yahudo xalqining boshiga yogʻdiraman, chunki sizlar Menga quloq solmadingizlar.»” 32Yeremiyo boshqa bir oʻrama qogʻoz olib, Neriyo oʻgʻli kotib Boruxga berdi. Soʻng Yahudo shohi Yohayiqim yondirib yuborgan avvalgi oʻrama qogʻozdagi barcha soʻzlarni unga yozdirdi. Ammo bu safar oʻramga shu mazmundagi koʻp xabarlar qoʻshilgan edi.
Copyright information for
UznUzbL