Jeremiah 37
Shoh Zidqiyo Yeremiyodan maslahat soʻraydi
1Bobil shohi Navuxadnazar ▼▼ Navuxadnazar — 22:25 ning birinchi izohiga qarang.
Yoʻshiyo oʻgʻli Zidqiyoni ▼▼ Zidqiyo — 1:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
Yohayiqim oʻgʻli Yohayixinning ▼▼ Yohayixin — ibroniycha matnda Xoniyo, Yohayixinning yana bir ismi. Yohayixin miloddan oldingi 598 yilda uch oy davomida Yahudoda hukmronlik qilgan.
oʻrniga Yahudo shohi qilib tayinladi. 2Ammo na shoh, na aʼyonlari, na yurtdagi xalq Egamizning Yeremiyo orqali aytgan soʻzlariga quloq solar edilar. 3Shoh Zidqiyo Shalamiyo oʻgʻli Yohuxal bilan Masiyo oʻgʻli ruhoniy Zafaniyoni Yeremiyo paygʻambarning oldiga yuborar ekan, shu gaplarni ayttirib yubordi: “Iltimos, biz uchun Egamiz Xudoga iltijo qil.” 4Yeremiyo shu vaqtgacha qamoqqa olinmaganligi uchun xalq orasida bemalol yurar edi. 5Shu orada firʼavn lashkari Misrdan chiqdi ▼▼ …firʼavn lashkari Misrdan chiqdi — firʼavn Xofraning lashkariga ishora. U shoh Zidqiyoning ittifoqdoshi boʻlib, yordamga kelayotgan edi. Xofra yana Apriy ismi bilan tanilgan, u miloddan oldingi 589-570 yillarda Misrda hukmronlik qilgan. Keyinchalik raqiblari Misrda unga suiqasd uyushtirib, uni oʻldirdilar (44:30 ga qarang).
. Quddusni qamal qilib turgan Bobilliklar ▼▼ Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 8, 9, 10, 11, 13, 14–oyatlarida ham bor).
bu xabarni eshitishgach, Quddusdan chekindilar. 6Shunda Egamiz soʻzini Yeremiyoga ayon qildi. 7Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Xudoning soʻzini bilmoqchi boʻlib, ikkovingizni oldimga yuborgan Yahudo shohiga shunday deb ayting: sizlarga yordam bermoqchi boʻlib kelayotgan firʼavn lashkari oʻz yurti — Misrga qaytib ketadi. 8Bobilliklar esa Quddusga qaytib kelib, shaharga qarshi jang qiladilar. Ular shaharni qoʻlga olib, yondirib yuboradilar.” 9Egamiz yana shunday demoqda: “Bobilliklar endi qaytib kelishmaydi, deb oʻzlaringizni aldamanglar, chunki ular albatta qaytib kelishadi. 10Bordi–yu, sizlar Bobilliklarning butun lashkarini magʻlub qilganingizda ham, ularning chodirlarida qolgan yaradorlar kelib, shahringizga oʻt qoʻygan boʻlardi.” Yeremiyo zindonga tashlanadi
11Firʼavn lashkari yaqinlashib kelayotgani uchun Bobilliklar Quddusdan chekindilar. 12Shunda Yeremiyo Benyamin hududidagi ▼▼ Benyamin hududi — Yeremiyo Benyamin hududidagi Onotoʻt shahridan edi (1:1 ga qarang). U oʻz mulki bilan bogʻliq boʻlgan masala boʻyicha u yerga ketayotgan edi (32:6-8 ga qarang).
xalq orasida oʻziga tegishli yer ulushini koʻrish uchun Quddus shahridan ketmoqchi boʻldi. 13U Quddusning Benyamin darvozasiga yetib kelgach, soqchilar boshligʻi Yiriyo: — Sen Bobilliklarning oldiga qochib ketmoqchisan, — deb uni qamoqqa oldi. Yiriyo Shalamiyoning oʻgʻli, Xanoniyoning nevarasi edi. 14— Yolgʻon! — dedi Yeremiyo, — men Bobilliklarning oldiga qochmoqchi emasman. Ammo Yiriyo Yeremiyoning gapiga quloq solishni istamadi, uni hibsga olib, aʼyonlarning oldiga olib bordi. 15Aʼyonlar Yeremiyodan gʻazablanib, uni kaltaklashdi. Soʻng kotib Yoʻnatanning zindonga aylantirilgan uyiga qamab qoʻyishdi. 16Shunday qilib, Yeremiyo uzoq vaqt zindon hujralaridan birida yotdi. 17Oradan vaqt oʻtdi. Shoh Zidqiyo Yeremiyoni saroyiga chaqirtirib: — Egamizdan biron xabar bormi? — deb yashirincha soʻradi. — Ha, bor, — dedi Yeremiyo. — Siz Bobil shohining qoʻliga tushasiz. 18Nega ular meni zindonga tashlashdi? Men aʼyonlaringizga va bu xalqqa qarshi nima gunoh qilibman?! — dedi yana u. 19— “Bobil shohi sizga hujum qilmaydi, yurtimizga u tajovuz qilmaydi”, deb bashorat qilgan paygʻambarlaringiz qani?! 20Yolvoraman, olampanohim, iltijoimni rad etmang, meni kotib Yoʻnatanning uyiga qaytarib yubormang. U yerda adoyi tamom boʻlaman. 21Shoh Zidqiyo, Yeremiyoni soqchilar hovlisiga qamab qoʻyinglar, shaharda non qolmaguncha, har kuni unga novvoy rastasidan bittadan non olib beringlar, deb buyurdi. Shunday qilib, Yeremiyo soqchilar hovlisida qoldi.
Copyright information for
UznUzbL