‏ Jeremiah 38

Yeremiyoni sardobaga tashlashadi

1Matton oʻgʻli Shafatiyo, Pashxur oʻgʻli Gadaliyo, Shalamiyo oʻgʻli Yohuxal
Yohuxal — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Yuxal. Uning Yohuxal degan shakli 37:3 dan olingan.
va Malkiyo oʻgʻli Peshxur Yeremiyoning xalqqa aytgan shu soʻzlarini eshitgan edilar:
2“Egamiz demoqda: «Shaharda qolganlar qilichdan, qahatchilik va oʻlatdan nobud boʻladilar. Bobilliklarning
Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 18, 19, 23–oyatlarida ham bor).
oldiga chiqqanlar esa tirik qoladilar. Bu odamlar hech boʻlmaganda oʻz jonlarini saqlab qoladilar.
3Bobil shohining lashkari albatta bu shaharni taslim qilib, qoʻlga kiritadi.» Egamizning kalomi shudir.”

4Aʼyonlar shohga arz qilib:

— Bu odamni yoʻq qilish kerak! — dedilar, — chunki u oʻzining bemaʼni gaplari bilan shaharda qolgan jangchilaru odamlarning ruhini tushirmoqda. U xalqimizning foydasini emas, zararini koʻzlamoqda.

5— Juda soz, — dedi shoh, — u bilan xohlaganingizni qiling. Men sizlarga monelik qila olmayman.

6Aʼyonlar Yeremiyoni ushlab, arqonlarga bogʻlab sardobaga tushirdilar. Soqchilar hovlisidagi bu suvsiz sardoba shahzoda Malkiyoga tegishli boʻlib, sardobada balchiqdan boshqa hech narsa yoʻq edi. Yeremiyo balchiqqa botib qoldi.

7Yeremiyo sardobaga tashlangani haqida shoh saroyining amaldori Habashistonlik
Habashistonlik — ibroniycha matnda Kushlik (shu bobning 10–oyatida ham bor). 13:23 izohiga qarang.
Obidmalek xabardor boʻldi. Shoh oʻsha paytda Benyamin darvozasidagi mahkamada
Benyamin darvozasidagi mahkama — 26:10 izohiga qarang.
edi.
8Obidmalek saroydan chiqdi–da, shohning oldiga borib dedi:

9— Shoh hazratlari, Yeremiyo paygʻambarni sardobaga tashlagan odamlar qabihlik qilishibdi. Shaharda non qolmagan boʻlsa, Yeremiyo u yerda ochlikdan oʻladi–ku.

10Shoh Habashistonlik Obidmalekka shunday amr qildi:

— Bu yerdan oʻttizta odamni olgin–da, borib Yeremiyoni sardobadan chiqarib ol. Tagʻin u yerda oʻlib qolmasin.

11Obidmalek yoniga odamlarni olib, saroy xazinasining ostki qismida joylashgan xonaga kirdi. U yerdan eski–tuski kiyimlar va latta–putta topib, ularni arqonlarga bogʻlab, Yeremiyoga tushirdi. 12Soʻng Yeremiyoga dedi: “Arqon tanangizni qiyib yubormasligi uchun lattalarni arqon bilan qoʻltigʻingiz orasiga qoʻying.” Yeremiyo aytilganday qildi. 13Odamlar Yeremiyoni arqonlar yordamida sardobadan chiqarib oldilar. Yeremiyo soqchilar hovlisida qoldi.

Zidqiyo Yeremiyoga maslahat soladi

14Shoh Zidqiyo
Zidqiyo — 1:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
Yeremiyo paygʻambarni chaqirtirdi, uni Egamiz Maʼbadining uchinchi kirishida
Egamiz Maʼbadining uchinchi kirishi — 4 Shohlar 16:17-18 da aytib oʻtilgan shohning shaxsiy yoʻlagiga ishora boʻlsa kerak. Maʼbadning bu kirish joyidan faqat shohning oʻzi foydalangan. Bu kirish joy haqida Muqaddas Kitobda boshqa hech narsa yozilmagan.
kutib oldi.

— Sendan bir narsani soʻramoqchiman, — dedi shoh. — Mendan hech narsani yashira koʻrma.

15— Sizga haqiqatni aytsam, meni oʻldirishingiz aniq, — dedi Yeremiyo. — Sizga maslahat berganim bilan, baribir quloq solmaysiz.

16Shoh Zidqiyo Yeremiyoga maxfiy ravishda ont ichib dedi:

— Bizga hayot baxshida etgan Egamiz shohid, men seni oʻldirmayman. Joningga qasd qilayotgan odamlarning qoʻliga ham seni topshirmayman.

17Shundan keyin Yeremiyo Zidqiyoga dedi:

— Isroil xalqining Xudosi, Parvardigori Olam — Egamiz demoqda: “Agar siz Bobil shohining aʼyonlariga taslim boʻlsangiz, oʻz joningizni saqlab qolasiz, bu shahar ham olovga yem boʻlmaydi. Siz va butun xonadoningiz tirik qolasizlar.
18Bordi–yu, Bobil shohining aʼyonlariga taslim boʻlmasangiz, Bobilliklar bu shaharni yengib, unga oʻt qoʻyadilar, oʻzingiz ham ularning qoʻlidan qochib qutulolmaysiz.”

19— Men Bobilliklar tomonga qochib oʻtgan yahudiylardan qoʻrqaman, — dedi shoh. — Bobilliklar meni ularning qoʻliga topshirishsa, ular meni xoʻrlashadi.

20— Topshirishmaydi, — dedi Yeremiyo. — Aytganlarimni qilib, Egamizning soʻziga itoat qilsangiz, hammasi yaxshi boʻladi, joningizni saqlab qolasiz. 21Bordi–yu, taslim boʻlishdan bosh tortsangiz, Egamiz menga vahiy orqali ayon qilganlari bajo boʻladi: 22saroyingizda qolgan hamma ayollar Bobil shohining aʼyonlari oldiga chiqariladi. Oʻsha ayollar sizga shunday deyishadi:

“Ishongan doʻstlaringiz
Sizni aldab, yengib ketishdi.
Oyogʻingiz loyga botganda,
Ishongan doʻstlaringiz sizni tashlab ketishdi.”

23Sizning xotinu bola–chaqalaringiz Bobilliklarning oldiga chiqariladi. Siz oʻzingiz ham Bobilliklarning qoʻlidan qochib qutula olmaysiz. Bobil shohi sizni qoʻlga tushirib, shaharni yondirib yuboradi.

24— Suhbatimiz haqida hech kimga ogʻiz ochma, aks holda, oʻlasan, — dedi Zidqiyo Yeremiyoga. 25— Bordi–yu, aʼyonlar sen bilan gaplashganimni bilib qolib, senga: “Shoh bilan nimalar haqida gaplashding? Bizdan biron narsani yashirmay ayt, boʻlmasa oʻlasan”, deb aytishsa, 26sen ularga: “Meni Yoʻnatanning uyiga qaytarib yubormang, shohim, aks holda, u yerda adoyi tamom boʻlaman, deb iltijo qildim”, deya javob ber.

27Aʼyonlar Yeremiyoning oldiga kelib, uni soʻroqqa tutishdi. Yeremiyo shoh buyurgan gaplarni aytib, javob berdi. Shundan keyin aʼyonlar unga boshqa savol bermadilar, chunki shoh bilan Yeremiyo orasida boʻlgan suhbatni hech kim eshitmagan edi. 28Yeremiyo Quddus qulagan kunga qadar soqchilar hovlisida qoldi
Yeremiyo Quddus qulagan kunga qadar soqchilar hovlisida qoldi — baʼzi ibroniy qoʻlyozmalaridan, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda quyidagi gap qoʻshilgan: Quddus qulaganda shu voqealar yuz berdi.
.
Copyright information for UznUzbL