Jeremiah 39
Quddus qulaydi
1Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining toʻqqizinchi yili oʻninchi oyida ▼▼ Zidqiyo hukmronligining toʻqqizinchi yili oʻninchi oyi — miloddan oldingi 589 yilning oʻninchi oyi (1:3 ning ikkinchi izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Tabat oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan dekabrning oʻrtasidan boshlanadi.
Bobil shohi Navuxadnazar ▼▼ Navuxadnazar — miloddan oldingi 605-562 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan.
oʻzining jamiki lashkari bilan Quddusga kelib, shaharni qamal qildi. 2Zidqiyo hukmronligining oʻn birinchi yili toʻrtinchi oyining ▼▼ Zidqiyo hukmronligining oʻn birinchi yili toʻrtinchi oyi — miloddan oldingi 586 yilning toʻrtinchi oyi (shu bobning 1–oyatiga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Tammuz oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan iyunning oʻrtasidan boshlanadi.
toʻqqizinchi kunida Bobilliklar Quddus devorini yorib, shaharga kirdilar. 3Shahar qoʻlga olingach, Bobil shohining hamma aʼyonlari shaharning Oʻrta darvozasidagi mahkamalarda qoʻmondonlik qarorgohini joylashtirdilar ▼▼ …shaharning Oʻrta darvozasidagi mahkamalarda qoʻmondonlik qarorgohini joylashtirdilar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …shaharning Oʻrta darvozasida oʻtirishdi. Qadimgi paytlarda shahar darvozasi savdo–sotiq, ijtimoiy va huquqiy masalalarni hal qilish uchun odamlar yigʻiladigan joy edi.
. Aʼyonlarning orasida Nargal–Sharazar, Samgarnavu, bosh maslahatchi Sarsahim ▼▼ …Nargal–Sharazar, Samgarnavu, bosh maslahatchi Sarsahim… — yoki …Samgarlik Nargal–Sharazar, bosh maslahatchi Navusarsahim….
va amaldor Nargal–Sharazar bor edilar. 4Yahudo shohi Zidqiyo va uning jamiki lashkari ularni koʻrdilar–u, qochdilar. Ular yarim kechasi shohning bogʻi orqali oʻtib, ikki devor orasidagi darvozadan chiqdilar–da, Iordan vodiysiga ▼▼ Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba. Araba umumiy geografik nom boʻlib, bu oyatda Iordan vodiysiga nisbatan ishlatilgan. Shoh oʻz lashkari bilan Iordan daryosidan kechib oʻtib, ehtimol, Moʻab va Ommon yurtiga qochmoqchi boʻlgan.
qarab ketdilar. 5Ammo Bobil ▼▼ Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, oʻsha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham atalardi.
sipohlari ularning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida Zidqiyoga yetib oldilar. Ular Zidqiyoni qoʻlga olib, Xomat yurtidagi Rivlo shahriga ▼▼ Rivlo shahri — bu shahar Orontes daryosi boʻyida, hozirgi Suriya hududida joylashgan edi.
— Bobil shohi Navuxadnazarning huzuriga olib borishdi. Shoh Navuxadnazar Zidqiyoni hukm qildi, 6Rivloda Zidqiyoning oʻgʻillarini koʻzi oldida oʻldirdi, soʻng hamma Yahudo aʼyonlarini qatl qildi. 7Zidqiyoning esa koʻzlarini oʻyib, Bobilga olib ketish uchun kishanladi. 8Bobilliklar ▼▼ Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi.
shoh saroyiga va odamlarning uylariga oʻt qoʻyib, Quddus devorlarini yiqitdilar. 9Qoʻriqchilar sardori Nabizaradon shaharda qolgan butun xalqni, Bobil shohi tomonga oʻtgan qochoqlarni Bobilga asir qilib olib ketdi. 10U Yahudo yurtida hech vaqosi boʻlmagan qashshoq odamlarnigina qoldirdi. Oʻsha odamlarga dala va uzumzorlarni berdi. Yeremiyo ozod boʻladi
11Shoh Navuxadnazar qoʻriqchilar sardori Nabizaradon orqali Yeremiyoga oid quyidagi amrni berdi: 12“Yeremiyoni qaramogʻingizga olib, unga yaxshi qaranglar. Aslo zarar yetkazmanglar, sizlardan nima soʻrasa bajaringlar.” 13Qoʻriqchilar sardori Nabizaradon, bosh nazoratchi Navushazbon, shoh maslahatchisi Nargal–Sharazar va Bobil shohining hamma bosh amaldorlari odam yuborib, unga: 14“Yeremiyoni qoʻriqchilar hovlisidan olib kel”, deb buyurdilar. Uni eson–omon uyiga eltib qoʻyish uchun Gadaliyoga topshirdilar. Gadaliyo Oxixamning oʻgʻli, Shofoning nevarasi edi. Shunday qilib, Yeremiyo oʻz xalqining orasida qoldi.Obidmalek
15Yeremiyo soqchilar hovlisida qamoqda oʻtirganda, unga Egamizning soʻzi ayon boʻlgan edi: 16“Habashistonlik ▼▼ Habashistonlik — ibroniycha matnda Kushlik. 13:23 izohiga qarang.
Obidmalekning ▼▼ Obidmalek — 38:7-13 ga qarang.
oldiga borib, shunday deb ayt: «Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam aytmoqda: Men aytgan soʻzlarimni bajo qilaman. Bu shaharga yaxshilik emas, yomonlik keltiraman. Sen oʻzing buning guvohi boʻlasan. 17Lekin oʻsha kuni Men seni qutqarib qolaman, — deb aytmoqda Egamiz. — Oʻzing qoʻrqadigan odamlarning qoʻliga seni bermayman. 18Seni, albatta, qutqaraman, jangda halok boʻlmaysan. Menga umid bogʻlaganing uchun joning omon boʻladi, — deb aytmoqda Egamiz.»”
Copyright information for
UznUzbL