‏ Jeremiah 4

Tavbaga daʼvat

1Egamiz shunday demoqda:

“Ey Isroil, qani endi qaytsang,
Qani endi, Menga qaytib kelsang!
Huzurimdan jirkanch butlaringni uloqtirib tashlasang,
Qani endi, Mening yoʻlimdan ozmay yursang.
2Qani endi, haqiqat, adolat va toʻgʻrilik ila
«Egamiz shohid!» deya qasam ichsang.
Shunda xalqlar Men orqali baraka topadi,
Ular Men bilan faxrlanadi.”

3Egamiz Yahudo xalqiga va Quddus aholisiga shunday deb aytmoqda:

“Yeringizni shudgor qiling,
Tikanlar orasiga urugʻ sepmang.
4Ey Yahudo xalqi va Quddus aholisi,
Oʻzingizni Men, Egangizga bagʻishlang,
Yuragingizni sunnat qiling
…Yuragingizni sunnat qiling — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Isroil xalqi Xudoga boʻlgan sadoqatini va Uning amrlariga itoat qilish istagini koʻrsatish uchun sunnat qilinardilar. Bu oyatdagi “yuragingizni sunnat qiling” iborasi koʻchma maʼnoda ishlatilib, tuzilgan ahdning tashqi belgisi boʻlgan jismoniy sunnat yetarli emasligini koʻrsatadi. Mazkur iborada Xudoga chin yurakdan sodiq va itoatkor boʻlishga urgʻu beriladi.
.
Aks holda, yovuz qilmishingiz uchun
Alangali gʻazabimni ustingizga yogʻdiraman.
Bu gʻazabimni hech kim soʻndira olmaydi.

Yahudo xalqi boshiga keladigan falokatlar

5Yahudoda eʼlon qiling, Quddusda jar soling:
«Butun yurt boʻylab burgʻu chalinsin.»
Baland ovozda hayqiring: «Qani, toʻplaninglar!
Mustahkam shaharlarga qochib boraylik!»
6Quddusga
Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 31–oyatida ham bor). 3:14 izohiga qarang.
qochib borish uchun ishora bering,
Imillamay, tezroq qoching!
Men shimoldan
shimoldan — Bobil yurti nazarda tutilgan (1:15 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang).
kulfat keltirmoqdaman,
Dahshatli halokat olib kelmoqdaman.
7Ana, xalqlarni halok etuvchi yoʻlga tushdi,
U sher kabi chakalakzordan chiqdi.
Yurtingizni xarob qilgani uyasini tashlab keldi.
Evoh, endi shaharlaringiz vayron boʻladi,
Hammasi huvullab qoladi.
8Marsiya aytib, faryod qilinglar,
Qanorga oʻranib olinglar
…Qanorga oʻranib olinglar — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanorga oʻranib olish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.
.
Axir, Egangizning alangali gʻazabi
Sizni chetlab oʻtmadi.”

9Egamiz shunday demoqda: “Oʻsha kuni shoh bilan aʼyonlarning yuragi orqaga tortib ketadi. Ruhoniylar bilan paygʻambarlar dahshatga tushadi.” 10Shunda men dedim: “Yo Egam Rabbiy, Sen Quddus aholisini yomon laqillatding! Qilich ularning boʻgʻzida turgan bir paytda, Sen ularga tinchlik vaʼda qilding.”

11Oʻsha payt kelganda Egamiz Quddus aholisiga shunday deb aytadi: “Sahrodagi yalang qirlardan chiqqan garmsel
garmsel — hosilga katta ziyon keltiradigan issiq shamol. Bu oʻrinda majoziy maʼnoda ishlatilib, Xudoning hukmini bildiradi.
xalqim tomon esmoqda. U donni xashakdan tozalaydigan mayin shabada emas,
12balki Men yuborgan kuchli bir garmseldir. Men sizlarga qarshi Oʻz hukmimni eʼlon qilmoqdaman.”

Yahudo dushmanlar qurshovida

13Qarang! Dushman bulutday koʻtarilmoqda.
Ularning jang aravalari quyun kabidir,
Otlari burgutdan ham chaqqondir.
Evoh, shoʻrimiz qursin! Xonavayron boʻldik!
14Ey Quddus, najot topishing uchun yuragingni pokla.
Qachongacha yuragingda yovuz niyat saqlaysan?!
15Ana, Dan shahridan xabarchining ovozi eshitilmoqda,
Efrayim qirlaridan
…Dan shahridan…Efrayim qirlaridan… — Dan shahri Efrayim qirlaridan shimolda joylashgan boʻlib, Isroil chegarasining eng shimoliy nuqtasini tashkil qilardi. Bobilliklar Quddusga hujum qilish uchun, dastavval Dan shahrini, soʻng Efrayim qirlarini bosib olishlari kerak edi (shu bobning 6–oyatiga qarang).
bir shum xabar kelmoqda.
16Egamiz shunday deydi:
“Xalqlarga buni aytinglar,
Quddusda shunday eʼlon qilinglar:
«Olis yurtdan bosqinchilar kelmoqda,
Ular Yahudo shaharlariga qarshi hayqirmoqda.
17Bosqinchilar dala qoʻriqchilariga oʻxshab,
Quddusni qurshab olishadi.»
Zotan, Quddus ahli Menga qarshi bosh koʻtardi,
— deb aytmoqda Egamiz. —
18Tutgan yoʻlingiz, qilgan qilmishingiz dastidan
Bu kulfat boshingizga keldi–ku!
Jazoingiz shudir.
Oh, naqadar achchiq boʻlmasa bu kulfat!
Naqadar yurakni ezadi–ya!”

Yeremiyo oʻz xalqi uchun qaygʻuradi

19Voy jonim, adoyi tamom boʻldim!
Voy yuragim! Qinidan chiqquday boʻlyapti!
Sukut saqlab tura olmayman,
Eshityapman burgʻu sadolarini,
Eshityapman urushga daʼvatlarni.
20Kulfat ketidan kulfat keldi,
Butun yurt xonavayron boʻldi.
Bir zumda chodirlarim buzilib ketdi,
Maskanim pardalari yoʻq boʻldi.
21Qachongacha yov bayrogʻi koʻzim oldida hilpirab turaveradi?!
Qachongacha burgʻu ovozi qulogʻimga chalinaveradi?!

22Egamiz shunday javob berdi:
“Axir, Mening xalqim befarosat,
Ular Meni tanishmaydi.
Ular nodon, aqlsiz farzandlardir.
Yomonlik qilishga usta,
Yaxshilik qilish esa qoʻllaridan kelmaydi.”

Kelayotgan kulfat haqidagi vahiy

23Men yerga qaradim, yer ayqash–uyqash edi,
Koʻzimni osmonga tikdim, osmonda nur koʻrinmasdi.
24Togʻlarga qaradim, togʻlar silkinayotgan edi,
Hamma qirlar larzaga kelgan edi.
25Qaradim, ammo inson zoti koʻrinmadi,
Hatto koʻkdagi qushlar ham uchib ketgan edi.
26Qaradim, hosildor yerlar choʻlga aylangan edi,
Hamma shaharlar vayron boʻlgan edi.
Bunga sabab Egamizning qattiq qahri edi.

27Zero, Egamiz shunday degan edi:

“Butun yurt vayron boʻladi,
Lekin yurtni butunlay yoʻq qilib yubormayman.
28Butun dunyo aza tutadi,
Osmon ham qop–qora boʻlib ketadi.
Buni Men aytdim, shaxtimdan qaytmayman.
Qaror qildim, qarorimni oʻzgartirmayman.”

29Otliq va kamonkashlar hayqirigʻidan
Har bir shahar aholisi qochib qoladi.
Ular chakalakzorlar oralab yugurishadi,
Qoyalarga chiqib, oralariga yashirinib olishadi.
Hamma shaharlar huvullab qoladi,
U yerlarda yashaydigan odam boʻlmaydi.
30Sen esa, ey xarobazorga aylangan shahar,
Nega ustingga qirmizi libos kiyib olding,
Oltin taqinchoqlar bilan bezanding?
Nega koʻzlaringni boʻyab olding?
Bekorga bezanib olibsan!
Oʻynashlaring
Oʻynashlaring — Yahudo xalqining ittifoqdoshlariga ishora.
sendan nafratlanadi,
Joningga qasd qilmoqchi ular.

31Ana, kimdir toʻlgʻoq tutgan ayolday baqirmoqda,
Kimdir ilk bor tugʻayotgan ayolday ingramoqda.
Qiz
Qiz — shahar yoki yurt ahliga nisbatan qoʻllangan sheʼriy usul.
Quddus entikib qichqirmoqda,
Qoʻllarini choʻzib shunday demoqda:
“Shoʻrim qursin! Qotillarim oldida madorim qolmadi.”
Copyright information for UznUzbL