‏ Jeremiah 40

Yeremiyo Gadaliyo bilan qoladi

1Qoʻriqchilar sardori Nabizaradon Yeremiyoni Bobilga olib ketilayotgan Quddus va Yahudo asirlari orasidan zanjirband holda topib olib, uni Rama shahrida
Rama shahri — 31:15 ning birinchi izohiga qarang.
ozod qildi. Shundan soʻng Yeremiyoga Egamizning soʻzi ayon boʻldi.
2Qoʻriqchilar sardori Nabizaradon Yeremiyoni yoniga chaqirib shunday dedi: “Egangiz Xudo, bu yurtga falokat keltiraman, deb aytgan edi. 3Mana, hozirgi kunda Egangiz aytganini qilib, yurtingizga falokat keltirdi, chunki sizlar Egangizga qarshi gunoh qildingizlar, Uning aytganini qilmadingizlar. Shu sababdan bunday kulfat boshingizga tushdi. 4Hozir men qoʻlingdagi kishanlarni yechaman, seni ozod qilaman. Agar men bilan Bobilga bormoqchi boʻlsang, marhamat, senga yaxshi qarayman. Bordi–yu, Bobilga borishni istamasang, ixtiyoring oʻzingda. Mana, butun yurt sening roʻparangda turibdi, xohlagan yeringga boraver. 5Bu yurtda qoladigan boʻlsang
Bu yurtda qoladigan boʻlsang… — yoki Yeremiyo qayrilib ketmasidan oldin, Nabizaradon shunday dedi… yoxud Yeremiyo javob bermasidan oldin, Nabizaradon yana shunday dedi….
, Oxixam oʻgʻli Gadaliyoning oldiga bor. Bobil shohi Gadaliyoni Yahudo shaharlariga hokim qilib tayinladi. Gadaliyo Shofon degan odamning nevarasidir. Sen uning yonida qolib, xalqing orasida yashashing mumkin yoki xohlagan joyingga borishing mumkin.” Qoʻriqchilar sardori Yeremiyoga yegulik bilan sovgʻa berib, uni ozod qildi.
6Yeremiyo Mispax shahriga
Mispax shahri — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda joylashgan.
— Oxixam oʻgʻli Gadaliyoning oldiga borib, yurtda qolgan odamlar orasida oʻrnashdi.

Yahudo hokimi Gadaliyo

7Baʼzi yahudiy lashkarboshilari va jangchilar taslim boʻlmagan edilar. Oxixam oʻgʻli Gadaliyoni Bobil shohi yurtga hokim qilib tayinlaganini, yurtda qolgan eng qashshoq erkak, ayollar va bolalarni Gadaliyoning ixtiyoriga topshirganini ular eshitdilar. 8Soʻng Mispaxga kelib, Gadaliyoga uchrashdilar. Kelganlar — Nataniyo oʻgʻli Ismoil, Kariyox oʻgʻli Yoʻxanon, Tanxumat oʻgʻli Sarayo, Natufolik Efayning oʻgʻillari, Maxolik Yazaniyo
Yazaniyo — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Yozaniyo. Uning Yazaniyo degan shakli 4 Shohlar 25:23 dan olingan.
va ularning odamlari edi.
9Gadaliyo kelganlarga shunday deb ont ichdi: “Bobilliklarga
Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 10–oyatida ham bor).
tobe boʻlishdan qoʻrqmanglar. Yurtda oʻrnashib, Bobil shohiga xizmat qilaveringlar, shunda hammasi yaxshi boʻladi.
10Men esa Mispaxda qolaman. Keladigan Bobilliklarning oldida vakilingiz boʻlaman. Sizlar oʻrnashib olgan shaharlaringizda yashayverasizlar. Mevalarni yigʻishtirib olinglar, sharob va zaytun moyini tayyorlab, gʻamlab qoʻyinglar.”

11Bobil shohi baʼzi odamlarga Yahudo yurtida qolishga ijozat berganini va Gadaliyoni hokim qilib tayinlaganini Moʻab, Ommon, Edom va boshqa yurtlarda yashayotgan yahudiylar ham eshitishdi. 12Shunda ular surgun qilingan hamma joylardan Yahudo yurtiga — Mispaxdagi Gadaliyoning oldiga qaytib kelishdi. U yerdan bir talay meva yigʻishtirib, koʻp sharob tayyorlashdi.

Gadaliyoni oʻldirib ketishadi

13Bir kuni Kariyox oʻgʻli Yoʻxanon va qirlardagi lashkarboshilar Mispaxga Gadaliyoning oldiga kelib soʻradilar:

14— Ommon shohi Baalis sizni oʻldirtirish uchun Nataniyo oʻgʻli Ismoilni yuborganidan xabaringiz bormi?

Ammo Gadaliyo ularga ishonmadi.
15Shunda Yoʻxanon hech kimga bildirmay Gadaliyoga dedi:

— Ijozat bering, borib Ismoilni oʻldiray. Bu haqda hech kim bilmaydi. Nima uchun u sizni oʻldirishiga yoʻl qoʻyishimiz kerak? Bordi–yu, Ismoil niyatiga yetsa, atrofingizga yigʻilgan barcha yahudiylar tarqalib ketadilar, Yahudoda qolgan odamlarning boshi esa baloga qoladi.

16Ammo Gadaliyo:

— Unday qilma! Ismoil haqida aytgan gaplaring yolgʻon, — dedi.
Copyright information for UznUzbL