Jeremiah 41
1Oʻsha yilning yettinchi oyida ▼▼ Oʻsha yilning yettinchi oyi — miloddan oldingi 586 yilning yettinchi oyi (39:2 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Tishri oyi nazarda tutilgan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan sentabrning oʻrtasidan boshlanadi.
shoh Zidqiyoning ▼▼ Zidqiyo — 1:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
bosh lashkarboshilaridan biri boʻlgan Nataniyo oʻgʻli Ismoil oʻnta odami bilan birga Mispaxga ▼▼ Mispax — 40:6 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
— Oxixam oʻgʻli Gadaliyoning huzuriga bordi. Ismoil shoh urugʻidan boʻlgan Elishamaning nabirasi edi. Gadaliyo kelganlar bilan birga dasturxon atrofida oʻtirib ovqatlanayotganda, 2Ismoil va u bilan kelgan oʻnta odam qilichlarini yalangʻochlab, Bobil shohi hokim qilib tayinlab ketgan Gadaliyoni oʻldirishdi. 3Gadaliyo bilan birga Mispaxda boʻlgan hamma yahudiylarni Ismoil qilichdan oʻtkazdi. U yerdagi Bobillik ▼▼ Bobillik — ibroniycha matnda Xaldey, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 17-18–oyatlarida ham bor).
sipohlarni ham oʻldirdi. 4Ertasi kuni Gadaliyo oʻldirilganligi haqidagi xabar tarqalmay turib, 5Shakam, Shiloʻ va Samariyadan ▼▼ Shakam, Shiloʻ va Samariya — sobiq Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka qarashli bu shaharlar sajda markazlari boʻlgan.
saksonta odam keldi. Ular qaygʻudan soqolini qirgan, kiyimlarini yirtgan, tanalarini tilgan edilar ▼▼ …soqolini qirgan, kiyimlarini yirtgan, tanalarini tilgan edilar… — soqol qirish, kiyimlarni yirtish va tanani tilish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi (yana 16:6 izohiga qarang). Bu odamlar Quddusning magʻlubiyati tufayli aza tutib, Chayla bayramida Xudoga sajda qilish niyatida Maʼbadga ketayotgan boʻlishsa kerak.
. Ular don va tutatqilarni nazr qilish uchun Egamizning uyiga ketayotgan edilar. 6Nataniyo oʻgʻli Ismoil ularni kutib olish uchun Mispaxdan yigʻlab chiqdi. Ularga yaqinlashgach: “Qani, ichkariga, Gadaliyoning oldiga kiringlar”, dedi. 7– 8– 9Ular shaharga kirishlari bilanoq, Ismoil bilan uning odamlari ularni ham qirib tashladilar. Ammo kelganlardan oʻntasi Ismoilga yolvorib dedi: “Iltimos, bizni oʻldirma! Dalalarda yashirib qoʻygan bugʻdoy, arpa, zaytun moyi va asalimiz bor.” Ismoil ularni oʻldirmay, hayotlarini saqlab qoldi. Oʻldirgan odamlarning jasadlarini esa katta sardobaga tashladi ▼▼ Oʻldirgan odamlarning jasadlarini esa katta sardobaga tashladi — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Ismoil Gadaliyo tufayli oʻldirgan odamlarning jasadlarini sardobaga tashladi yoki Ismoil oʻldirgan odamlarning jasadlarini sardobaga — Gadaliyoning jasadi ustiga tashladi.
. Jasadlarga toʻlgan bu sardobani Yahudo shohi Oso Isroil shohi Basho hujum qilgan paytda qurdirgan edi ▼▼ …bu sardobani Yahudo shohi Oso…qurdirgan edi — Oso miloddan oldingi 911-870 yillarda, Basho miloddan oldingi 909-886 yillarda hukmronlik qilgan. Shoh Oso bu sardobani Mispax shahrini mustahkamlagan paytda qurdirgan boʻlsa kerak (3 Shohlar 15:20-22 ga qarang).
. 10Ismoil Mispaxda omon qolgan hamma odamlarni asir qilib oldi. Bobillik qoʻriqchilar sardori Nabizaradon Mispaxdagi hamma odamlarni ularning orasidagi malikalarga qoʻshib, Gadaliyoning ixtiyoriga topshirgan edi. Ismoil ularning hammasini asir qilib, Ommon yurtiga ▼▼ Ommon yurti — Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan.
joʻnadi. 11Nataniyo oʻgʻli Ismoilning qilgan jinoyatlari haqida Kariyox oʻgʻli Yoʻxanon va lashkarboshilar xabar topdilar. 12Ular bor odamlarini toʻplab, Ismoil bilan jang qilish uchun yoʻlga tushdilar. Ular Ismoilga Givondagi ▼▼ Givon — bu shahar Mispaxdan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan edi.
katta hovuz boʻyida yetib oldilar. 13Ismoilning asirlari Yoʻxanonni va uning yonidagi hamma lashkarboshilarni koʻrib, xursand boʻlib ketishdi. 14Ismoil Mispaxdan asir qilib olgan oʻsha odamlarning hammasi orqaga — Yoʻxanonning oldiga yugurib kelishdi. 15Ismoil esa sakkizta odami bilan Yoʻxanondan qochib, Ommon yurtiga ketdi. 16Shunday qilib, Yoʻxanon va uning lashkarboshilari Mispaxdagi fojiada omon qolgan ayolu bola–chaqalarni, saroy amaldorilariyu jangchilarni Gadaliyoning qotili Ismoilning qoʻlidan ozod qildilar. Ularni oʻzlari bilan Givondan olib ketdilar. 17– 18Yoʻxanon odamlari bilan Bobilliklardan qoʻrqqanlari uchun Misrga yoʻl oldilar. Chunki Bobil shohi yurtga hokim qilib tayinlagan Gadaliyoni Ismoil oʻldirgan edi. Soʻng hammasi yoʻlda Baytlahm yonidagi Ximam qoʻnolgʻasida toʻxtadilar.
Copyright information for
UznUzbL