Jeremiah 43
Yeremiyoni Misrga olib ketishadi
1Yeremiyo Egasi Xudo oʻziga ayon qilgan bu soʻzlarning hammasini butun xalqqa aytib boʻlgach, 2Hoʻshayyo oʻgʻli Ozariyo, Kariyox oʻgʻli Yoʻxanon va boshqa surbetlar Yeremiyoga shunday dedilar: — Yolgʻon gapiryapsan! Egamiz Xudo senga, Misrga borib yashamanglar, deb aytmagan. 3Neriyo oʻgʻli Borux seni bizga qarshi gijgijlab yuribdi. U bizni Bobilliklarning ▼▼ Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi.
qoʻliga tushirib, halok qilmoqchi yoki surgun qilib yubormoqchi. 4Shunday qilib, Kariyox oʻgʻli Yoʻxanon, lashkarboshilar va butun xalq Egamizning amriga itoat qilmadilar, ular Yahudo yurtida qolishdan bosh tortdilar. 5Yahudoga turli yurtlardan qaytib kelgan hamma odamlarni Yoʻxanon va lashkarboshilar oʻzlari bilan olib ketdilar. 6Bulardan tashqari, qoʻriqchilar sardori Nabizaradon Oxixam oʻgʻli Gadaliyo yonida qoldirib ketgan hamma erkagu ayollarni, bola–chaqa, malikalar, Yeremiyo paygʻambar va Neriyo oʻgʻli Boruxni ham ular oʻzlari bilan olib ketdilar. 7Ular Egamizning amriga itoat qilmay, Misrga joʻnab, Taxpanxas shahriga yetib bordilar. 8Taxpanxasda Yeremiyoga Egamizning quyidagi soʻzi ayon boʻldi: 9“Yahudiylarning koʻzi oldida katta toshlarni ol. Bu toshlarni Taxpanxas shahridagi firʼavn saroyining kiraverishiga, hovlidagi gʻisht yoʻlagi ostiga koʻmib qoʻy. 10Soʻng yahudiylarga shunday deb ayt: «Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: Men Bobil shohi qulim Navuxadnazarni ▼▼ Navuxadnazar — miloddan oldingi 605-562 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan. U miloddan oldingi 605 yilda Karxamishdagi jangda firʼavn Nexoni magʻlub qildi (46:2 ga qarang). Bu oyatda esa Yeremiyo Navuxadnazarning ancha keyin — miloddan oldingi 568-567 yillarda Misr ustidan qozongan zafariga ishora qiladi.
bu yerga olib kelaman. U mana shu koʻmilgan toshlarning ustiga taxtini oʻrnatib, shohona chodirini tikadi. 11U kelganda Misrni vayron qiladi, har bir odam peshanasidagini koʻradi:Baʼzilar oʻlatga yoʻliqib, nobud boʻladi,Baʼzilar asirlikka tushib, surgun qilinadi,
Baʼzilar qilichdan oʻtkaziladi.
12Mening amrim bilan Navuxadnazar Misr xudolarining sajdagohlariga oʻt qoʻyadi. Baʼzi butlarini yondiradi, baʼzilarini oʻzi bilan olib ketadi. Qoʻychivon toʻnini bit–burgadan astoydil tozalaganday, Navuxadnazar ham Misr yurtini qirtishlab tozalaydi. Soʻng sogʻ–salomat oʻz yurtiga qaytib ketadi. 13U Misrdagi Quyosh sajdagohiga ▼
▼ Quyosh sajdagohi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Quyosh uyi. Misrliklarning quyosh xudosi Ra sajdagohiga ishora qilingan boʻlishi mumkin. Yoki shu sajdagoh joylashgan Geliopol shahri nazarda tutilgandir. Geliopol hozirgi Qohira shahridan qariyb 11 kilometr shimoli–sharqda, Nil daryosi boʻyida joylashgan edi.
oʻrnatilgan butsimon toshlarni buzib tashlaydi. Misr xudolarining sajdagohlarini yoqib yuboradi.»”
Copyright information for
UznUzbL