‏ Jeremiah 45

Xudo Boruxga vaʼda beradi

1Yahudo shohi Yoʻshiyo oʻgʻli Yohayiqim hukmronligining toʻrtinchi yili
Yohayiqim hukmronligining toʻrtinchi yili — miloddan oldingi 605 yil (1:3 ning birinchi izohiga qarang).
edi. Yeremiyo yuqoridagi soʻzlarni Neriyo oʻgʻli Boruxga aytib, oʻrama qogʻozga
oʻrama qogʻoz — 30:2 izohiga qarang.
yozdirgandan soʻng
Yeremiyo yuqoridagi soʻzlarni…yozdirgandan soʻng… — 36:1-4 ga qarang.
, unga shunday dedi:

2 3 4— Ey Borux, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz senga shunday gaplarni aytib qoʻyishimni buyurdi: sen: “Shoʻrim qursin! Egam qaygʻu ustiga qaygʻu orttirdi, yurak–bagʻrim ezilib ketdi, jonimni qoʻyarga joy topolmayapman”, deb aytgan ekansan. Shuning uchun Egamiz senga aytmoqda: “Men butun yurt boʻylab bunyod qilgan hamma narsamni buzib tashlayman, mustahkam qilib oʻrnatganlarimni qoʻporib tashlayman. 5Sen oʻzing uchun katta rejalar tuzma! Mana, Men barcha odamzodning boshiga kulfat yogʻdiraman. Ammo sening joningni saqlab qolaman, borgan joyingda seni asrayman.” Egamizning kalomi shudir.
Copyright information for UznUzbL