Jeremiah 46
Misr lashkari Karxamishda magʻlub boʻladi
1Egamiz xalqlar haqida Yeremiyoga Oʻz soʻzini ayon qildi. 2Bu Misr haqida bashorat edi. Aniqrogʻi, Misr firʼavni Nexoning ▼▼ Nexo — miloddan oldingi 609-594 yillarda hukmronlik qilgan.
lashkari toʻgʻrisida edi. Ular Furot daryosi boʻyidagi Karxamish shahrida qarorgoh qurgan edilar. (Yahudo shohi Yoʻshiyo oʻgʻli Yohayiqim hukmronligining toʻrtinchi yilida ▼▼ Yohayiqim hukmronligining toʻrtinchi yili — miloddan oldingi 605 yil (1:3 ning birinchi izohiga qarang). Firʼavn Nexoning Karxamishdagi magʻlubiyatidan soʻng Oʻrta yer dengizining sharqidagi yerlar Navuxadnazarga tobe boʻldi.
Bobil shohi Navuxadnazar ▼▼ Navuxadnazar — 39:1 ning ikkinchi izohiga qarang.
bu lashkarni magʻlub qildi.) 3Egamiz shunday deydi:“Kattayu kichik qalqonlarni tayyor tuting!
Qani, endi jangga kiring!
4Otlarga egar uring,
Chopqir otlarga mining!
Dubulgʻalarni kiyib oling,
Jangovar holatda turing.
Nayzalarni oʻtkirlang,
Sovutlarni kiyib oling!
5Ammo nimalarni koʻryapman?!
Misr lashkari vahimaga tushdi,
Ular orqaga chekindi,
Jangchilari tor–mor boʻldi.
Ular orqaga qaramay shoshilib qochdilar.
Atrofni dahshat qamradi,
— deb aytmoqda Egamiz. —
6Chaqqonlar qocha olmaydilar,
Sipohlar qochib qutulolmaydilar.
Ular shimolda, Furot daryosi boʻyida
Qoqilib yiqilib tushadilar.”
7Kim u Nil daryosiday qirgʻogʻidan chiqib ketgan?!
Kim u suvlari toshqin daryo kabi boʻlib qolgan?!
8Misr Nilday haddidan oshgan,
Suvlari toshqin daryoga oʻxshab qolgan.
Misr aytadi:
“Men koʻtarilib, yer yuzini qoplayman,
Shaharlarni vayron qilaman,
Aholisini qirib tashlayman.”
9Ey otliqlar, hujum qiling!
Jang aravalarini uchirtiring!
Ey qalqon tutgan Habashistonliklaru ▼
▼ Habashistonlik — ibroniycha matnda Kushlik. 13:23 izohiga qarang.
Liviyaliklar ▼▼ Liviya — ibroniycha matnda bu yurtning qadimgi nomi Fut.
,Ey kamon ushlagan Lidiyaliklar ▼
▼ Lidiya — ibroniycha matnda bu yurtning qadimgi nomi Lud. Bu yurt hozirgi Turkiyaning sharqida joylashgan edi.
,Qani, jangga kiring!
10Axir, bu Sarvari Olam — Rabbiyning kunidir.
Bu kun qasos kuni boʻladi,
Xudo dushmanlaridan oʻch oladi.
Uning qilichi toʻyguncha et yeydi,
Chanqogʻi bosilguncha qondan ichadi.
Oʻsha kuni Furot boʻyidagi shimoliy yurtda,
Sarvari Olam — Rabbiy yovlarini qurbon qiladi.
11Ey bokira qiz ▼
▼ bokira qiz — 4:31 izohiga qarang.
Misr,Giladga ▼
▼ Gilad — 8:22 izohiga qarang.
bor, malham olgin.Ammo sen bekorga dori–darmon yigʻasan,
Baribir dardingga shifo topmaysan.
12Xalqlar sharmanda boʻlganingni eshitdi,
Yer yuzi dodu faryodlaringga toʻlib ketdi.
Jangchilaring bir–biriga urildi,
Hammasi magʻlub boʻlib yiqildi.
Navuxadnazar Misrga hujum qiladi
13Bobil shohi Navuxadnazar Misrga hujum qilishi haqida Yeremiyoga Egamizning quyidagi soʻzi ayon boʻldi: 14Misrda shunday deb eʼlon qilgin,Migdol shahrida shunday deb xabar bergin,
Nuf va Taxpanxas shaharlarida ▼
▼ Nuf va Taxpanxas shaharlari — 2:16 ning birinchi izohiga qarang.
jar solib aytgin:“Joylaringizni egallang!
Jangga shay turing!
Zero, qilich atrofdagi hammani qiradi.”
15Jangchilaringiz magʻlub boʻladi!
Ular bardosh bera olmaydi.
Zero, Egamizning Oʻzi ularni uradi ▼
▼ Jangchilaringiz magʻlub boʻladi…Egamizning Oʻzi ularni uradi — yoki Apis qochadi. Xudo Apisni urgani uchun, u dosh bermaydi. Apis muqaddas buqaning nomidir. Memfis aholisi unga topinib, u xudo Ptaxning yerdagi qiyofasi deb ishonishardi.
.16Ular qayta–qayta qoqiladilar ▼
▼ Ular qayta–qayta qoqiladilar… — yoki Xudo ularning hammasini qoqiltiradi….
,Bir–birining ustiga yiqiladilar.
Shunda oʻzlariga oʻzlari aytadilar:
“Qani, boʻlinglar,
Xalqimizning oldiga qochib qolaylik!
Kindik qonimiz toʻkilgan yurtga boraylik.
Bu qirgʻindan qochib qutulaylik.”
17Ular shunday deb baqiradilar:
“Firʼavn katta gapirdi,
Ammo fursatni qoʻldan boy berdi.”
18Xudo Shohdir,
Sarvari Olamdir Uning nomi.
U shunday demoqda:
“Men barhayot Xudo boʻlganim haqi aytamanki,
Sizlarga qarshi bir gʻanim kelayotir.
U togʻlar orasidagi Tovur togʻiday zabardast,
Dengiz boʻyidagi Karmil togʻiday ▼
▼ Tovur togʻi…Karmil togʻi — qadimgi Isroilning shimolidagi ikki togʻ.
ulkan.19Ey qiz Misr, tuguningni tayyorlagin,
Surgunga ketishga hozirlangin!
Axir, poytaxting Nuf vayron boʻladi,
Kimsasiz, huvullab qoladi.
20Misr chiroyli bir gʻunajinga oʻxshaydi,
Ammo shimol soʻnasi ▼
▼ shimol soʻnasi — Bobil lashkariga ishora (1:15 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang).
unga yopiriladi.21Misrning yollanma askarlari
Boqilgan buzoqlarga oʻxshaydi.
Ammo kulfat kuni kelganda,
Jazo oladigan vaqti yetganda,
Ularning hammasi orqaga qochadi,
Dushman qarshisida chekinadi.
22Bostirib kelayotgan dushman dastidan
Misr qochayotgan ilonday vishillaydi.
Dushmanlar daraxt kesuvchilar kabi,
Bolta koʻtarib, Misrga hujum qilishadi.
23Misrning oʻrmoni qalin boʻlsa–da,
Dushmanlar uni kesib tashlaydi,
— deb aytmoqda Egamiz. —
Axir, dushmanlar chigirtkadan ▼
▼ chigirtka — baʼzan toʻda–toʻda boʻlib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar yetkazadigan hasharot.
ham koʻp,Sanogʻiga yetib boʻlmaydi.
24Qiz Misr sharmanda boʻladi,
Shimoldagi xalqning ▼
▼ Shimoldagi xalq — shu bobning 20–oyati izohiga qarang.
qoʻliga tushadi.”25Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Men Noʻ ▼
▼ Noʻ — Fiva nomi bilan ham maʼlum. Fiva shahri Misr janubiy hududining markazi boʻlib, Misr tarixida birmuncha vaqt poytaxt ham boʻlgan edi.
shahrining xudosi Omonni ▼▼ Omon — Misr xudolarining hukmdori hisoblangan. Bu xudo firʼavnlarning homiysi hisoblangan.
jazolayman. Firʼavnning, Misrning, u yerdagi shohlar va xudolarning, firʼavnga umid bogʻlagan hammaning adabini beraman. 26Ularning jonlariga qasd qilayotgan Bobil shohi Navuxadnazarning va aʼyonlarining qoʻliga beraman. Ammo vaqt oʻtib, Misrda ilgarigidek odamlar yashaydigan boʻladi.” Egamizning kalomi shudir. Egamiz Oʻz xalqini qutqaradi
27“Ey qulim Yoqub, qoʻrqma!Ey Isroil ▼
▼ …Yoqub…Isroil… — Xudoning xalqi, yaʼni shimoliy va janubiy shohliklarning jamiki aholisi nazarda tutilgan (2:4 izohiga qarang).
xalqi, sarosimaga tushma!Men seni olis yurtdan ozod qilaman,
Naslingni surgun boʻlgan mamlakatdan qutqaraman.
Ey Yoqub nasli, sen yurtingga qaytasan,
Osoyishta va bexatar yashaysan.
Endi hech kim seni qoʻrqitmaydi.
28Sen, ey qulim Yoqub, qoʻrqma,
Men sen bilan birga boʻlaman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
Seni xalqlar orasiga tarqatib yuborgan edim,
Endi oʻsha xalqlarning hammasini qirib tashlayman.
Seni esa qirib yubormayman,
Ammo jazosiz ham qoldirmayman.
Adolat ila jazoingni beraman.”
Copyright information for
UznUzbL