‏ Jeremiah 47

Filist xalqining taqdiri

1Firʼavn Gʻazo shahriga
Gʻazo shahri — Filistiya oʻlkasidagi Filist xalqiga qarashli bu shahar Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan.
hujum qilishidan oldin, Filist xalqi haqida Egamizning shu soʻzlari Yeremiyoga ayon boʻldi:

2Egamiz aytmoqda:
“Qarang, shimolda dushmanlar toʻplanmoqda,
Ular toʻlqinlar kabi, pishqirib kelmoqda.
Joʻshqin daryo kabi, toshib hovliqmoqda.
Ular toʻfonday butun yurtni bosib ketadi,
U yerdagi hammani —
Shaharlar va odamlarni choʻktiradi.
Xalq dodu faryod qiladi,
Yurt aholisi figʻon chekadi.
3Ot tuyoqlari dupur–dupur uradi,
Aravalar taraq–turuq qiladi,
Gʻildiraklar gursullaydi.
Erkaklar ichidan zil ketadilar.
Hatto bolalarini qutqargani ham
Ular orqaga qaytmaydilar.”

4Ha, oʻsha kun keladi,
Filist xalqi qirib tashlanadi!
Omon qolgan ittifoqchilari yoʻq qilinadi.
Tir va Sidon
Tir va Sidon — Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan shaharlar. Filistlar bu shaharlar bilan ittifoq tuzgan edilar. Tir va Sidon Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yerlar Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi.
shaharlariga yordam kelmaydi,
Xaftoʻr
Xaftoʻr — Krit nomi bilan ham maʼlum. Filist xalqining ajdodlari Krit orolidan kelgan edilar.
sohillaridan kelgan Filistlarni
Egamizning Oʻzi yoʻq qiladi.
5Gʻazo aholisi qaygʻudan sochlarini qirdiradi,
Ashqalon
Ashqalon — Filistiya oʻlkasidagi Filist xalqiga qarashli bu shahar Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan.
odamlarining dami ichiga tushib ketadi.
Ey Filist zabardastlarining omon qolganlari!
…Filist zabardastlarining omon qolganlari — yoki …Filistlar vodiysida omon qolganlar.

Qachongacha gʻam chekib, badaningizni tilasiz?!
…sochlarini qirdiradi…Qachongacha gʻam chekib, badaningizni tilasiz?! — 16:6 izohiga qarang.

6Filist xalqi shunday deb yolvoradi:
“Shoʻrimiz qursin! Ey Egamizning qilichi!
Qachon tinib–tinchiysan sen?!
Boʻldi yetar, tinchlana qol!
Qiningga kir, damingni ol!”

7Evoh, Egamizning Oʻzi amr etgan boʻlsa,
Qanday dam olsin u qilich?!
“Ashqalon shahriga va sohilga hujum qil” degan boʻlsa,
Qanday tinchlansin u qilich?!
Copyright information for UznUzbL