Jeremiah 48
Moʻabning taqdiri
1Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam Moʻab ▼▼ Moʻab — bu yurt Oʻlik dengizning sharqida joylashgan edi.
haqida shunday demoqda:“Navo aholisining holiga voy!Ularning shahri xarob boʻladi.
Xiratayim ▼
▼ Navo…Xiratayim — Moʻab yurtidagi shaharlar.
sharmandalarcha magʻlub boʻladi,Uning qalʼasi ▼
▼ Uning qalʼasi — ibroniycha matnda Mizgab, Moʻab yurtidagi nomaʼlum bir shaharga ishora boʻlishi mumkin.
uyatga qoladi,Yer bilan yakson qilinadi.
2Moʻabning dovrugʻidan asar ham qolmaydi.
Dushman Xashbon shahrini qoʻlga kiritadi,
Moʻab xalqini ildizidan quritishni reja qiladi.
Madmon ▼
▼ …Xashbon…Madmon… — Moʻab yurtidagi shaharlar.
shahrida sukunat hukm suradi,Qilich uning iziga tushadi.
3Ana, Xoʻronayimdan ▼
▼ Xoʻronayim — Moʻab yurtidagi shahar.
faryod eshitilmoqda!«Xonavayron boʻldik!» deya xitob qilishmoqda.
4«Moʻab vayron boʻldi–ku!» deya dodlashmoqda.
Goʻdaklari bigʻillab yigʻlamoqda.
5Odamlar achchiq–achchiq yigʻlab,
Luxit tepaligiga chiqishadi.
Hatto Xoʻronayimga tushish yoʻlida
Achchiq figʻon ovozlari eshitiladi.
6Tezroq qoching!
Choʻldagi yulgʻunday
Joningizni saqlab qolishga tirishing!
7Ey Moʻab, sen kuch va boyligingga tayanding,
Endi esa magʻlub boʻlasan.
Xudoying Xamoʻsh surgun qilinadi,
Ruhoniylaringu aʼyonlaring asir qilib olib ketiladi.
8Sening har bir shahringga vayron etuvchi keladi,
Birorta shahring omon qolmaydi.
Vodiy vayron qilinadi,
Yassi tepalik yakson etiladi.”
Egamizning kalomi shudir.
9Moʻab uchun qabr toshi tayyorlang,
Koʻp oʻtmay Moʻab yoʻq boʻladi ▼
▼ Moʻab uchun qabr toshi tayyorlang, Koʻp oʻtmay Moʻab yoʻq boʻladi — yoki Moʻab ustiga tuz soching, chunki Moʻab taqir choʻlga aylanadi yoxud Qaniydi, Moʻabning qanotlari boʻlsa, Moʻab uchib ketgan boʻlardi.
.Shaharlari vayron qilinadi,
Hammasi huvullab qoladi.
10Egamizning ishidan boʻyin tovlagan kishi laʼnati boʻlsin! Qon toʻkishdan oʻzini tiygan bunday kishi laʼnati boʻlsin!
Moʻab shaharlari vayron boʻladi
11“Moʻab yoshligidan bexatar oʻsgan,Tindirilgan sharob kabi tinch yashagan.
Goʻyo bir idishdan boshqasiga quyilmagan,
Hech qachon oʻz yurtidan surgun boʻlmagan.
Shu bois uning taʼmi oʻzgarmagan,
Muattar hidi saqlanib qolgan.
12Ammo shunday kunlar kelmoqdaki,
Men Moʻabga qarshi odamlarni joʻnataman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
Ular Moʻabni sharob toʻkkanday toʻkib tashlaydilar.
Idishlarini boʻshatib, chilparchin qiladilar.
13Moʻab xalqi oʻz xudosi Xamoʻsh dastidan sharmanda boʻladi,
Isroil xalqining holiga tushadi.
Axir, Isroil ham Baytildagi buzoqqa ▼
▼ Baytildagi buzoq — 3 Shohlar 12:28-33, 4 Shohlar 10:29 ga qarang. Xoʻsheya 10:5-8 oyatlarga va Xoʻsheya 10:5 ning izohlariga ham qarang.
inonib,Sharmandayi sharmisor boʻlgan edi–ku!”
14“Biz qahramonlarmiz,
Jasur jangchilarmiz”, deb
Aytishga qanday haddingiz sigʻdi?
15Xudo Shohdir,
Sarvari Olamdir Uning nomi.
U shunday demoqda:
“Moʻab vayron boʻladi,
Shaharlari bosib olinadi.
Eng sara yigitlari qirib tashlanadi.
16Moʻabga kulfat yaqinlashmoqda,
Falokat unga yelday uchib kelmoqda.
17Ey Moʻab qoʻshnilari, qaygʻuringlar,
Ey Moʻabni taniganlar, motam tutinglar.
Aytinglar: «Evoh, saltanat hassasi ▼
▼ saltanat hassasi — bu maxsus hassa boʻlib, shoh va hukmdorlarning hokimiyatini bildiruvchi ramz edi.
sindi.Qudratli va ulugʻvor hassa parchalandi.»
18Ey Dibonda ▼
▼ Dibon — Moʻab yurtidagi mustahkam shahar.
yashaydiganlar,Toʻrdagi oʻrningizdan turinglar,
Yerdagi tuproqqa oʻtiringlar.
Zero, Moʻabni halok etuvchi sizga qarshi chiqadi,
U qoʻrgʻonlaringizni qulatadi.
19Ey Arorda ▼
▼ Aror — Moʻab yurtiga qarashli bu shahar Dibondan qariyb 10 kilometr janubi–sharqda, Arnon soyligi yaqinida joylashgan edi.
yashaydiganlar,Koʻchaga chiqib kuzatib turinglar!
Qochib ketayotgan erkagu ayollardan
«Nima boʻldi?» deb soʻranglar.
20Evoh, Moʻab sharmanda boʻldi, vayron qilindi.
Uvvos solib, faryod qilinglar!
Moʻab xarob boʻlganini
Arnon daryosi boʻylarida eʼlon qilinglar.
21Men yassi tepaliklarda joylashgan hamma shaharlarni: Xoʻlunni, Yaxazni ▼
▼ Yaxaz — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Yaxzo.
, Mifatni, 22Dibonni, Navoni, Bayt–Diblatayimni, 23Xiratayimni, Bayt–Gamulni, Bayt–Miyonni, 24Xariyoʻtni, Bozraxni ▼▼ Bozrax — Moʻab yurtidagi shahar. 49:13 da aytib oʻtilgan Edom yurtining poytaxti Bozraxdan boshqa shahar.
jazolayman. Xullas, uzoq–yaqinda joylashgan hamma Moʻab shaharlari vayron boʻladi. 25Moʻabning qudrati sinadi, kuchi kesiladi.” Egamizning kalomi shudir. Moʻab sharmanda boʻladi
26Oʻzini Egamizdan ustun qoʻygan Moʻabni mast ▼▼ mast — bu oʻrinda sharob Xudo gʻazabining ramzi boʻlib, sharobdan mast boʻlish Xudoning hukmiga duchor boʻlishni bildiradi (25:15-29 ga va Ishayo 51:17-23 ga qarang).
qilinglar. Oʻz qusugʻida oʻzi dumalab yotsin, odamlarga kulgi, masxara boʻlsin. 27Ey Moʻab, esingdami, Isroil ustidan kulgan eding! U oʻgʻrimidiki, u haqda gapirganingda boshingni chayqagan eding! 28Ey Moʻab aholisi!Shaharlarni tark eting,
Qoyalar orasida yashab yuravering.
Togʻ darasida in qurgan kabutarlarday boʻling.
29Eshitganmiz Moʻabning magʻrurligini,
Manmanligi, kiborligi, takabburligini!
Naqadar takabburdir u!
Nihoyatda gerdayib ketgan!
30Egamiz shunday demoqda:
“Men bu xalqning surbetligini bilaman.
Ular behuda maqtanadilar.
31Shunday ekan, Moʻab uchun Men yigʻlayman,
Butun Moʻab xalqi uchun faryod qilaman.
Xir–Xarasot ▼
▼ Xir–Xarasot — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Xir–Xares (shu bobning 36–oyatida ham bor). Bu shahar Xir nomi bilan ham atalgan boʻlib, Moʻab yurtining poytaxti edi.
aholisi uchun koʻz yosh toʻkaman.32Ey Sivmo qishlogʻining uzumzorlari,
Men ham, Yazir shahri singari, sizlar uchun qaygʻuraman ▼
▼ Men ham, Yazir shahri singari, sizlar uchun qaygʻuraman — yoki Men, Yazir shahridan koʻra, sizlar uchun koʻproq qaygʻuraman.
.Sizning novdalaringiz oʻsib ketdi,
Hatto Oʻlik dengizdan ham oshib oʻtdi,
Shoxlaringiz Yazir shahrigacha ▼
▼ Yazir shahri — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana Ishayo 16:8 ga qarang). Ibroniycha matnda Yazir dengizi.
yetdi.Ammo yozgi mevalar va uzumlaringizga
Zararkunandalar tushdi.
33Moʻabning hosildor yerlarida
Shodligu xursandchilik barham topdi.
Men uzum siqish chuqurlaridagi ▼
▼ uzum siqish chuqurlari — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga oʻyilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat oʻsha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi.
Sharobni tortib olaman.
Endi hech kim shodlikdan hayqirib uzum ezmaydi,
Shodon qiyqiriqlar endi eshitilmaydi.
34Xashbon, Elaley ahli faryod chekadi,
Ularning ovozi Yaxazgacha eshitiladi.
Sadosi Zoʻvardan Xoʻronayimgacha jaranglaydi,
To Eglat–Shalishiyogacha yetib boradi.
Hatto Nimrim suvlari nobud boʻladi.
35Moʻab sajdagohlarida ▼
▼ sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, yaʼni “tepalik”. 7:31 ning ikkinchi izohiga qarang.
qurbonlik qilganlarni oʻldiraman,Oʻz xudolariga atab tutatqi tutatganlarni yoʻq qilaman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
36Qalbim nay kabi nola qilib,
Moʻab uchun qaygʻurmoqda.
Ha, qalbim nay kabi,
Xir–Xarasot odamlari uchun yigʻlamoqda.
Axir, ularning yiqqan boyligi yoʻq boʻldi.
37Qaygʻudan hamma sochini oldirgan,
Hamma soqolini qirib tashlagan,
Hamma qoʻllarini tilgan ▼
▼ …sochini oldirgan…soqolini qirib tashlagan…qoʻllarini tilgan… — 16:6 izohiga qarang.
,Bellariga qanor oʻrab olgan ▼
▼ …qanor oʻrab olgan — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanorga oʻranib olish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.
.38Moʻabdagi hamma tomlar ustida ▼
▼ …tomlar ustida… — u zamonlarda uylarning tomi tekis boʻlib, odamlar tomga chiqib dam olishardi. Moʻabda esa odamlar tom ustida orom olmay, qaygʻu va iztirob chekardilar.
,Hamma shahar maydonlarida
Faqat marsiya aytiladi.
Zotan, Men Moʻabni sindirib tashlayman,
Keraksiz idishday chilparchin qilaman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
39Moʻab chil–chil sinadi!
Odamlari achchiq–achchiq yigʻlaydi!
Sharmandalikdan Moʻab yuzini yashiradi!
Moʻab hammaga masxara boʻladi,
Uning ahvolidan qoʻshni xalqlar vahimaga tushadi.”
Moʻab dushmanlardan qutula olmaydi
40Egamiz shunday demoqda:“Qaranglar!
Dushman burgut singari, Moʻabga hujum qilmoqda,
Qanot kerib Moʻab uzra parvoz etmoqda.
41Moʻab shaharlari ▼
▼ Moʻab shaharlari — yoki Xariyoʻt shahri. Bu oʻrindagi ibroniycha soʻz uning shaharlari degan maʼnoni anglatishi yoki Xariyoʻt shahrining nomini bildirishi mumkin (shu bobning 24–oyatiga qarang).
endi olinadi,Qalʼalari qoʻlga kiritiladi.
Oʻsha kuni Moʻab lashkarlari vahimaga tushadi,
Ular dard tutgan ayol kabi boʻlib qoladi.
42Axir, Moʻab oʻzini Mendan ustun qoʻydi,
Endi u nobud boʻladi.
43Ey Moʻab ahli, sizni vahima,
Tuzoq va choh kutmoqda!
— deb aytmoqda Egamiz. —
44Vahimadan qochgan chuqurga tushar,
Chuqurdan chiqqan esa tuzoqqa ilinar.
Men Moʻabning boshiga
Jazo yilini keltiraman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
45Holdan toygan qochoqlar
Xashbon shahri soyasida toʻxtaydi.
Ammo olov chiqadi Xashbon shahridan,
Alanga chiqadi shoh Sixoʻnning shahridan ▼
▼ shoh Sixoʻnning shahri — shoh Sixoʻn hukmronlik qilgan davrda Xashbon shahri Amor yurtining poytaxti edi (Qonunlar 2:24 ga qarang). Yeremiyo bu bashoratini aytgan paytda esa Xashbon shahri Moʻab shohligiga qarashli edi.
.Yongʻin butun Moʻab yurtini yamlab yutadi,
Isyonkor odamlarning boshini yeydi ▼
▼ Ammo olov chiqadi Xashbon shahridan…Isyonkor odamlarning boshini yeydi — Sahroda 21:26-29 da ham Moʻabning halokati shunga oʻxshash soʻzlar bilan tasvirlangan. Yana shu bobning 2–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
.46Ey Moʻab, holingga voy!
Xamoʻshga sigʻinganlar nobud boʻladi,
Oʻgʻil–qizlaring asirlikka tushadi.
47Ammo keyinchalik
Men Moʻab xalqini yana farovonlikka erishtiraman ▼
▼ …Men Moʻab xalqini yana farovonlikka erishtiraman — yoki …Men Moʻab xalqini asirlikdan ozod qilib, ona yurtiga qaytarib olib kelaman.
.”Egamizning kalomi shudir.
Moʻab toʻgʻrisidagi bashoratlar oʻz nihoyasiga yetdi.
Copyright information for
UznUzbL