‏ Jeremiah 49

Egamiz Ommon xalqini hukm qiladi

1Egamiz Ommon
Ommon — 41:10 izohiga qarang.
xalqi toʻgʻrisida shunday deydi:

“Isroil tirnoqqa zormidi?!
Uning merosxoʻri yoʻqmidi?!
Nimaga unda Moʻlaxga
Moʻlax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Milkom (shu bobning 3–oyatida ham bor). Moʻlax Ommon xalqining xudosi edi.
topinadiganlar
Gad hududini egallab olishdi?
Nimaga Ommon xalqi Gad shaharlarida yashayapti?
2Bu qilmishlari uchun shunday kunlar keladiki,
Men Ommonliklarning Rabba shahriga
Rabba — Ommon yurtining poytaxti edi.
qarshi urush eʼlon qilaman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
Rabba shahrini vayronalar uyumiga aylantiraman,
Atrofdagi qishloqlariga oʻt qoʻyaman.
Shunda Isroil xalqi Ommon bosqinchilarining yerlarini bosib oladi,
— deb aytmoqda Egamiz. —

3Dod sol, ey Xashbon!
Xashbon — Moʻab va Ommon yurtining chegarasidagi muhim shahar. Qaysi yurtning qoʻli baland kelsa, oʻsha yurt Xashbonga egalik qilardi. Yeremiyoning bu oyatdagi bashoratiga koʻra, oʻsha paytda Xashbon Ommonliklarning qoʻli ostida boʻlgan. Yana 48:2 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.

Ay shahri
Ay shahri — Yoshua 7-8–boblarda hikoya qilingan Aydan boshqa shahar. Yoshua kitobidagi Ay shahri Iordan daryosining gʻarb tomonida joylashgan edi. Mazkur oyatdagi Ay esa Moʻab yurtiga qarashli shahar boʻlib, uning aynan qayerda joylashgani maʼlum emas.
vayron boʻldi!
Ey Rabba aholisi, faryod qiling!
Qanorga oʻranib
Qanorga oʻranib… — 4:8 izohiga qarang.
, marsiya ayting,
Qaygʻudan badaningizni tiling
…Qaygʻudan badaningizni tiling — yoki …Devor bilan oʻralgan shaharlaringizning ichida sarosimaga tushganingizdan u yoqqa, bu yoqqa yuguring. Badanni tilish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi.
.
Axir, xudoyingiz Moʻlax surgun qilinadi,
Ruhoniylaru aʼyonlaringiz asirga olib ketiladi.
4Ey isyonkor qiz
qiz — 4:31 izohiga qarang.
Ommon,
Nechun kuching bilan maqtanasan?
Sening kuching qirqiladi!
Nechun kuching bilan maqtanasan? Sening kuching qirqiladi! — yoki Nechun hosildor vodiylaring bilan maqtanasan? yoxud Nega vodiylaring bilan maqtanasan? U yerda qon daryo boʻlib oqadi!

Sen boyligingga ishonasan,
«Bizga hujum qilishga kim jurʼat etar?» deysan.
5Men Oʻzim senga har tomondan dahshat solaman,
— deb aytmoqda Sarvari Olam — Rabbiy. —
Hammangiz tumtaraqay boʻlib qochasizlar,
Qochoqlarni hech kim toʻplay olmaydi.

6Ammo shundan soʻng
Men Ommon xalqini yana farovonlikka erishtiraman
…Men Ommon xalqini yana farovonlikka erishtiraman — yoki …Men Ommon xalqini asirlikdan ozod qilib, ona yurtiga qaytarib olib kelaman (shu bobning 39–oyatida ham bor).
.”
Egamizning kalomi shudir.

Edom xalqi hukm qilinadi

7Sarvari Olam Edom
Edom — bu yurt Oʻlik dengizning janubida joylashgan edi.
haqida shunday demoqda:

“Temonda
Temon — Edom yurtining shimolida joylashgan shahar va uning atrofidagi hudud. Bu oʻrinda Temon Edomning sheʼriy nomi sifatida ishlatilgan (shu bobning 20–oyatida ham bor).
farosatli kishi qolmadimi?
Oqilona nasihat beradigan topilmadimi?
Aqllarini mogʻor bosdimi?
8Ey Dedonliklar
Dedon — Arabiston yarim orolining shimoli–gʻarbida joylashgan shahar va uning atrofidagi hudud. Oʻsha davrda Dedonliklarning katta bir guruhi Edom yurtida istiqomat qilgan boʻlsa kerak.
, qochinglar,
Chuqur gʻorlarda bekinib olinglar!
Vaqt keldi Esov naslini
Esov nasli — Isroil xalqi Yoqubdan, Edom xalqi esa Yoqubning akasi Esovdan kelib chiqqan edi.
jazolashga,
Falokat keltiraman uning boshiga.
9Bogʻingizda uzum tergan odamlar
Bir–ikki bosh boʻlsa–da, uzum qoldiradi–ku!
Kechasi uyga tushgan oʻgʻri
Faqat xohlagan narsasini oladi–ku!
10Men esa Esovning bor–yoʻgʻini tortib olaman,
Uning pana joylarini oshkor qilaman,
U hech qayerga yashirina olmaydi.
Uning bolalari halok boʻladi,
Ogʻa–ini, qoʻshnilari oʻladi.
Undan asar ham qolmaydi.
11Yetimlaringizni qoldiring,
Ularning jonini asrayman.
Bevalaringiz Menga inonib yashasin.”

12Egamiz shunday demoqda: “Aybsiz odamlar jabr tortsa–yu, sen, ey Edom, jazosiz qolasanmi?! Yoʻq, sen jazodan qochib qutulolmaysan. Jazo kosasidan
Jazo kosasi — Xudo gʻazabining ramzi boʻlgan sharob kosasiga ishora. Mana shu sharobdan mast boʻlish Xudoning hukmiga duchor boʻlishni bildiradi (25:15-29 ga va Ishayo 51:17-23 ga qarang).
albatta ichasan.
13Oʻz nomim bilan qasam ichib
Oʻz nomim bilan qasam ichib… — 22:5 izohiga qarang.
aytamanki, Bozrax shahri
Bozrax shahri — Edom yurtining poytaxti.
vayron boʻladi. Uning ayanchli ahvoli odamlarni vahimaga soladi. Oʻtgan–ketganlar uni mazax qilib, nomini qargʻishlarda ishlatadi. Yon–atrofidagi hamma shaharlar ham to abad tashlandiq boʻlib qoladi.” Egamizning kalomi shudir.

14Egamiz barcha xalqlarga jarchi yubordi,
Men, Yeremiyoga shunday xabar yetib keldi:
“Toʻplaning! Edomga hujum qiling,
Qani, jangga otlaning!”

15Egamiz deydi:
“Ey Edom, seni xalqlar orasida arzimas qilib qoʻyaman,
Butun odamzod sendan hazar qiladigan boʻladi.
16Vajohating seni aldadi,
Takabburliging seni ahmoq qildi.
Sen–ku tik qoyada yashaysan,
Azim choʻqqilarni egallagansan.
Burgut kabi iningni baland qurgan boʻlsang ham,
Seni u yerdan tortib tushiraman.”
Egamizning kalomi shudir.

17 18Egamiz shunday demoqda: “Edomning boshiga tushadigan kulfatlar shu qadar dahshatli boʻladiki, bu yurtning oldidan oʻtgan har bir kishi uning ayanchli ahvolidan vahimaga tushib, qotib qoladi. Sadoʻm, Gʻamoʻra
Sadoʻm, Gʻamoʻra… — 23:14 izohiga qarang.
va ularning atrofidagi shaharlar qanday vayron boʻlgan boʻlsa, Edom ham xuddi shunday vayron boʻladi. U yerda hech kim yashamaydi.

19Men, Iordan chakalakzoridagi arslonday, yaylovdagi qoʻylarga hujum qilaman. Bir zumda Edom xalqini oʻz yurtidan haydab chiqaraman. Oʻzim xohlagan insonni u yerga bosh qilaman. Axir, kim Menga teng kela oladi?! Kim Mendan hisobot soʻray oladi?! Qaysi choʻpon Menga qarshi tura oladi?! 20Shunday ekan, Edom xalqiga qarshi tuzgan rejalarimni eshitib qoʻying. Temon aholisiga qilgan niyatlarimga quloq tuting: yirtqichlar suruvdagi qoʻzichoqlarni sudrab ketadi. Qilmishlari dastidan yam–yashil yaylovlari payhon boʻladi. 21Edom gursullab qulaganda, yer yuzi larzaga keladi. Xalqning dodu voylari Qizil dengizgacha
Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, maʼnosi Qamish dengizi. Bu oyatdagi mana shu nom hozirgi Aqaba qoʻltigʻiga (yaʼni Qizil dengizning shimoli–sharqidagi qoʻltigʻiga) ishora qiladi.
eshitiladi.
22Qaranglar! Dushman burgutday Bozraxga hujum qilmoqda. Qanot kerib shahar uzra parvoz etmoqda. Oʻsha kuni Edom lashkari dard tutgan ayol kabi vahimaga tushadi.”

Damashq hukm qilinadi

23Quyidagi xabar Damashq haqidadir:

Egamiz shunday deydi:
“Xomat bilan Arpad ahli
Xomat bilan Arpad ahli — hozirgi Suriyaning shimolida joylashgan shaharlar. Shimoldan kelgan dushman lashkarlari yoʻl–yoʻlakay bu shaharlarga ham hujum qilishgan.
shum xabar eshitishadi,
Shuning uchun ular sarosimaga tushadi.
Yuragiga tushgan gʻulgʻula bosilmaydi,
Joʻshqin dengiz kabi tinchlanmaydi.
24Damashq madorsiz qoladi,
Orqaga qochmoqchi boʻladi,
Butun vujudini vahima qamrab oladi.
Dard tutgan ayolday azobu qiynoqda qoladi.
25Evoh, mashhur shahar tark etiladi!
Quvonch makoni
Quvonch makoni — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Quvonchim makoni.
tashlab ketiladi!
26Oʻsha kuni yigitlari maydonlarda oʻladi,
Hamma sipohlari halok boʻladi,
— deb aytmoqda Sarvari Olam. —
27Men Damashq devorlariga oʻt qoʻyaman,
Olov Banhadad qalʼalarini yondirib tashlaydi.”

Kedar va Xazor hukm qilinadi

28Bobil shohi Navuxadnazar
Navuxadnazar — 39:1 ning ikkinchi izohiga qarang.
magʻlub qilgan Kedar va Xazor
Kedar va Xazor — Arabiston yarim orolining shimolida joylashgan yerlar.
shohliklari haqida Egamiz shunday deydi:

“Qani boʻling, Kedarga hujum qiling!
Oʻsha sharq qabilalarini halok eting!
29Qoʻlga kiriting chodirlariyu qoʻylarini,
Chodir pardalariyu bor bisotini.
Tuyalarini oʻzingizga oling.
Odamlar baqiradi:
«Atrofni dahshat qamradi!»

30Ey Xazor aholisi!
Qoching! Uzoqlarga bosh olib keting.
Chuqur gʻorlarda yashirinib oling,
— deb aytmoqda Egamiz. —
Zero, Bobil shohi Navuxadnazar
Sizlarga qarshi bir reja tuzdi,
Sizlarni halok etish niyatida yuribdi.

31Ey Bobil lashkarlari,
Qani, xotirjam boʻlgan xalqqa hujum qilinglar!
Bexatar yashayotganlarga tashlaninglar!
— deb aytmoqda Egamiz. —
Ular sahroda yolgʻiz yashaydilar,
Shaharlarining na darvozalari, na tambalari bor.
32Ularning tuyalarini oʻlja olasiz,
Mol podalarini qoʻlga kiritasiz.
Sochini oldirib yurgan
Sochini oldirib yurgan… — 9:26 ning birinchi izohiga qarang.
Xazorliklarni
Men toʻrt tomonga tarqatib yuboraman.
Ularning ustiga har yoqdan kulfat yogʻdiraman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
33Xazor to abad tashlandiq boʻlib qoladi,
Chiyaboʻrilar makoniga aylanadi.
U yerda hech kim yashamaydi,
U joylarga hech kim borib oʻrnashmaydi.”

Elam hukm qilinadi

34Yahudo shohi Zidqiyo
Zidqiyo — 1:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
hukmronligining ilk davrida Egamiz Yeremiyo paygʻambarga Elam yurti
Elam yurti — bu yurt Bobil yurtidan janubi–sharqda, hozirgi Eron hududida joylashgan edi.
toʻgʻrisida Oʻz soʻzini ayon qildi.

35Sarvari Olam demoqda: “Men Elam merganlarini nobud qilaman. Qudratining manbaini sindiraman. 36Ular ustiga toʻrt tomondan dushman solaman. Hammasini yer yuzining toʻrt tomoniga tarqatib yuboraman. Elamliklar qochib bormagan biron–bir yurt qolmaydi.

37Men Elamni qasdi bor dushmanlari qarshisida sarosimaga solaman. Qaynagan gʻazabimni ustilariga kulfat qilib yogʻdiraman, — deb aytmoqda Egamiz. — Ortidan qilich solib, hammasini bitta qoldirmay qirib tashlayman. 38Ularning shohini aʼyonlari bilan birga yoʻq qilaman. Elamda Oʻz taxtimni oʻrnataman.

39Ammo keyinchalik Men Elam xalqini yana farovonlikka erishtiraman.” Egamizning kalomi shudir.
Copyright information for UznUzbL