Jeremiah 50
Bobil magʻlub boʻladi
1Egamiz Bobil yurti, Bobilliklarning ▼▼ Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 8, 25, 35–oyatlarida ham bor).
diyori xususida Yeremiyo paygʻambar orqali shunday soʻzlarni aytdi: 2“Xalqlarga eʼlon qiling, xabar yetkazing!Bayroq koʻtarib, yangilikni ayting.
Hech narsa yashirmay shunday jar soling:
«Bobil qulaydi,
Ularning xudosi Bel sharmanda boʻladi,
Xudosi Mardux ▼
▼ …Bel…Mardux… — Bel Bobilning bosh xudosi edi. Bel Mardux ismi bilan ham tanilgan.
parcha–parcha qilinadi.Bobil butlari xor boʻladi,
Sanamlari sindirib tashlanadi.»
3Shimoldagi bir xalq Bobil ustiga bostirib keladi. Ular butun yurtni vayron qilishadi. U yerda hech kim yashamaydigan boʻladi. Odamlar va hayvonlar u yerdan qochib ketadi.”
Isroil xalqi surgundan qaytib keladi
4Egamiz shunday demoqda: “Oʻsha kunlar kelganda, Isroil xalqi Yahudo xalqi bilan birga koʻz yosh toʻkib, Egasi Xudoga intiladigan boʻladi. 5Ular yuzlarini Quddus ▼▼ Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 28–oyatida ham bor). 3:14 izohiga qarang.
tomon buradilar, u yerga olib boradigan yoʻlni soʻrab–surishtiradilar. Egasiga bogʻlanib qoladilar, U bilan unutilmas, abadiy bir ahd tuzadilar. 6Mening xalqim adashgan qoʻylarga oʻxshaydi. Choʻponlari ularni yoʻldan adashtirib, togʻlarga haydab yubordilar. Ular togʻlaru qirlarda darbadar kezib, oromgohini unutdilar. 7Qoʻylarimga duch kelgan odam ularni yedi. Dushmanlar shunday dedi: «Bizning aybimiz yoʻq. Ularning oʻzlari Egasiga qarshi gunoh qildi. Egasi ular uchun asil yaylovday edi, ota–bobolari Egasiga umid bogʻlagan edi.» 8Ey Isroil xalqi, Bobildan qochib chiqing! Bobilliklarning yurtini tark eting! Suruvni boshqarib ketayotgan serkaday birinchi boʻlib chiqing. 9Mana, Men shimoldagi qudratli xalqlarni Bobilga qarshi qoʻzgʻatyapman. Ular saf tortib, Bobilga hujum qiladilar. Bobil jangda magʻlub boʻladi. Dushman oʻqlarining hammasi toʻgʻri nishonga tegadi, ularning oʻqlari merganlarning oʻqlaridaydir. 10Bobil ▼▼ Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, oʻsha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 45–oyatida ham bor).
talon–taroj qilinadi, hamma talonchilari oʻljaga toʻyadi.” Egamizning kalomi shudir. Bobil qulaydi
11Ey Xudoning xalqini talagan Bobilliklar!Sizlar sevinib, xursand boʻlyapsizlar,
Yaylovdagi buzoqday ▼
▼ …Yaylovdagi buzoqday… — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …Bugʻdoy yanchayotgan hoʻkizday….
shodon sakrayapsizlar,Otlar kabi kishnayapsizlar.
12Ammo bilib qoʻying, ona yurtingiz xor boʻladi,
Siz tugʻilgan yurt oyoq osti qilinadi.
Yurtingiz xalqlar orasida arzimas boʻlib qoladi,
Choʻl, qaqroq yer, sahroga aylanadi.
13Egamiz Bobilga qahrini sochadi,
U yerda hech kim yashamaydi.
Butunlay tashlandiq boʻlib qoladi.
U yerdan kim oʻtsa yoqasini ushlaydi,
Bobil xarobalarini koʻrib qotib qoladi.
14Ey merganlar!
Bobil atrofiga saf torting!
Unga qarshi oʻq uzing!
Oʻqingizni sira ayamang.
Axir, Bobil Egamizga qarshi gunoh qildi.
15Har yoqdan Bobilga shunday deb xitob qiling:
“Bobil taslim boʻlyapti,
Istehkomlari yiqilyapti,
Devorlari oʻpirilib tushyapti.”
Egamizning qasosidir bu.
Sizlar ham Bobildan oʻch oling,
Qilmishlarini oʻz boshiga qaytarib soling.
16Bobildagi urugʻ sepuvchilarni yoʻq qiling,
Oʻrim mavsumida oʻroqchilarni oʻldiring.
Dushman qilichidan hamma qochsin,
U yerdagi asirlar oʻz xalqi orasiga qaytsin,
Ona yurtiga qochib borsin.
Isroil tiklanadi
17Isroil xalqi ▼▼ Isroil xalqi — shimoliy va janubiy shohliklarning xalqi nazarda tutilgan (2:4 izohiga qarang). Shu bobning 20–oyatida esa bu ikkala shohlik “Isroil” va “Yahudo” deb alohida–alohida aytib oʻtilgan.
sherlar har yoqqa tumtaraqay qochirib yuborgan qoʻylarga oʻxshaydi. Ilk bor Isroilga Ossuriya shohi ▼▼ Ossuriya shohi — Tigʻlatpilasarning oʻgʻli Shalmanasar yoki Shalmanasarning vorisi Sargon II nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (4 Shohlar 17:3-6 ga va oʻsha oyatlarning izohlariga qarang).
tashlangan edi, Isroilning suyaklarini esa Bobil shohi Navuxadnazar ▼▼ Navuxadnazar — 21:2 izohiga qarang.
gʻajigan edi. 18Shu sababdan Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Men Ossuriya shohini qanday jazolagan boʻlsam, Bobil shohini va uning yurtini ham xuddi shunday jazolayman. 19Isroilni oʻz yayloviga qaytarib olib kelaman, ular Karmil togʻining yon bagʻirlarida va Bashanda oʻtlab yuradilar. Efrayim qirlarida va Giladda ▼▼ …Karmil…Bashan…Efrayim…Gilad… — ilgarilari bu yerlar sobiq Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka qarashli edi.
yurib, qorinlarini toʻygʻizadilar. 20Oʻsha kunlar kelganda Isroildan biron gunoh topilmaydi, Yahudo ham benuqson boʻladi, — deb aytmoqda Egamiz. — Zero, Men asragan xalqimning gunohlarini kechiraman.” Xudo Bobilni hukm qiladi
21Egamiz shunday demoqda:“Marotayim ▼
▼ Marotayim — Bobil yurtidagi yerlarning ibroniycha nomi. Bu yerlar Dajla va Furot daryolari kesishgan joydagi Fors qoʻltigʻi yaqinida joylashgan. Ibroniychada Marotayim nomi ikki barobar itoatsiz degan maʼnoni bildiradi, bu oyatda Bobil shu nom bilan taʼriflanadi.
yurtiga bostirib boringlar,Paxoʻd ▼
▼ Paxoʻd — Bobil yurtining janubi–sharqida yashagan xalqning nomi. Ibroniychada Paxoʻd nomining maʼnosi jazo boʻlib, bu oyatda Bobil xalqining qismatiga ishora qiladi.
aholisiga hujum qilinglar,Ularni tamomila qirib bitiringlar.
Sizlarga Men buyurgan hamma ishni bajaringlar.
22Bobildan jang shovqin–suroni koʻtarilmoqda,
Hamma yoq xarobaga aylanmoqda.
23Bobil butun dunyoni bolgʻaday parcha–parcha qildi,
Eh, endi oʻzi sinib parchalanib ketdi!
Bobilning ahvoli xalqlarni vahimaga soldi.
24Ey Bobil, Men senga tuzoq qoʻygandim,
Bilmasdan tuzogʻimga tushib qolding.
Seni fosh qildim, qoʻlga oldim.
Axir, sen Menga qarshi chiqqan eding.”
25Egamiz Oʻz aslahaxonasini ochdi,
Gʻazab qurollarini olib chiqdi.
Sarvari Olam — Rabbiy
Bobilliklar yurtida bir ish qilishga shaylandi.
26Uzoq yurtlardan Bobilga hujum qiling!
Omborxona eshiklarini buzing!
Bobilni don uyumlariday yigʻing,
Hammasini yoʻq qiling.
Undan asar ham qolmasin!
27Yosh jangchilarini oʻldiring,
Hammasini qirib tashlang.
Bobilning holiga voy, uning kuni bitdi,
Jazo oladigan vaqti yetdi.
28Bobildan qochib kelganlarning gaplarini eshiting. Ular Quddusga kelib, Egamiz Xudo Oʻz Maʼbadi uchun qasos olganini eʼlon qilishmoqda. 29– 30Egamiz shunday demoqda: “Bobilga hujum qilish uchun kamonkashlarni yigʻinglar. Shaharni qurshovga olinglar, bironta odam qochib keta olmasin. Bobilliklarning qilgan ishiga yarasha jazosini beringlar, qilmishlarini oʻz boshiga qaytarib solinglar. Zero, ular Menga, Isroil xalqining Muqaddas Xudosiga nisbatan takabburlik qildilar. Oʻsha kuni Bobilliklarning yigitlari maydonlarda oʻlib ketadi, hamma sipohlari halok boʻladi.” 31Sarvari Olam — Rabbiy shunday demoqda:
“Ey takabbur Bobil, Men senga qarshi chiqyapman!
Sening kuning bitdi,
Seni jazolaydigan vaqt yetdi.
32Bu takabbur xalqing qoqilib tushadi,
Seni hech kim turgʻizib qoʻymaydi.
Men hamma shaharlaringga oʻt qoʻyaman,
Olov atrofdagi hamma narsani yondirib yuboradi.”
33Sarvari Olam shunday demoqda: “Isroil va Yahudo xalqlari zulm iskanjasida qolishdi. Dushmanlarning hammasi ularni qattiq tutib turibdi. Ularni qoʻyib yuborishdan bosh tortyapti. 34Ammo Men ularning qudratli Qutqaruvchisiman, Mening nomim Sarvari Olamdir. Men xalqimni astoydil himoya qilaman, ularning yurtiga orom beraman. Bobilliklarni esa tinchlikdan mahrum qilaman.” 35Egamiz shunday demoqda:
“Bobilliklarga oʻlim!
Butun Bobil aholisiga,
Aʼyonlariyu donishmandlariga oʻlim!
36Folbinlariga oʻlim!
Naqadar ahmoqdir ular!
Jangchilariga oʻlim!
Naqadar vahimaga tushgan ular!
37Otlariyu jang aravalariga oʻlim!
Yollangan jangchilariga oʻlim!
Ayollarga oʻxshagan zaifdir ular!
Zeb–ziynatu boyliklarini yoʻq qiling,
Talang, oʻlja qilib oling.
38Butun yurtga qurgʻoqchilik kelsin!
Daryolari qurib ketsin.
Zero, bu yurt butlar makoni boʻldi,
Vahimaga solgan oʻsha butlar dastidan
Odamlari aqldan ozdi.
39Shuning uchun Bobilda sirtlonlaru tuyaqushlar yashaydi. U yer yovvoyi dasht hayvonlarining makoniga aylanadi. Inson zoti endi u yerda hech qachon yashamaydi, Bobil to abad boʻm–boʻsh boʻlib qoladi. 40Sadoʻm, Gʻamoʻra ▼
▼ Sadoʻm, Gʻamoʻra… — 23:14 izohiga qarang.
va ularning atrofidagi shaharlar qanday vayron boʻlgan boʻlsa, Bobil ham shunday vayron boʻladi. U yerda hech kim yashamaydi.” Egamizning kalomi shudir. 41Ana, shimoldan olomon kelmoqda.Dunyoning chetidan
Buyuk bir xalqu koʻp shohlar qoʻzgʻalmoqda.
42Kamonu nayzalar bilan qurollangan ular,
Shafqat qilmaydigan zolimdir bu odamlar.
Ular otlarini yeldiradi,
Dengizday guvullab keladi.
Ey qiz ▼
▼ qiz — 4:31 izohiga qarang.
Bobil, ular senga qarshi chiqadi,Jang qilgani saf tortishadi.
43Bobil shohi bu xabarni eshitdi,
Qoʻllarida mador qolmadi.
Dard tutgan ayol kabi
Azobu iztirobda qoldi.
44Egamiz shunday deydi: “Men, Iordan chakalakzoridagi arslonday, yaylovdagi qoʻylarga hujum qilaman. Bir zumda Bobil xalqini oʻz yurtidan haydab chiqaraman. Oʻzim xohlagan insonni u yerga bosh qilaman. Axir, kim Menga teng kela oladi?! Kim Mendan hisobot soʻraydi?! Qanday choʻpon Menga qarshi tura oladi?! 45Shunday ekan, Bobil yurtiga qarshi Men tuzgan rejalarni eshitinglar. Bobil xalqi toʻgʻrisida qilgan niyatlarimga quloq tutinglar: yirtqichlar suruvdagi qoʻzichoqlarni sudrab ketadi. Qilmishlari dastidan yam–yashil yaylovlari payhon boʻladi. 46Bobil gursullab qulaganda, yer yuzi larzaga keladi, xalqning dodu voylari olisdagi ellarga eshitiladi.”
Copyright information for
UznUzbL