Jeremiah 51
Egamiz Bobilni hukm qilishda davom etadi
1Egamiz shunday demoqda:“Men Bobilga va uning aholisiga ▼
▼ uning aholisi — ibroniycha matnda Leb–qamay, Bobil aholisiga nisbatan ishlatilgan yana bir nom.
qarshi,Halokat keltiradigan shamol qoʻzgʻataman.
2Bobilga ajnabiylarni joʻnataman.
Ular bugʻdoyni sovurganday,
Bobilni sovurib tashlaydilar.
Uning bor–yoʻgʻini shilib oladilar.
Kulfat kuni unga har yoqdan yopiriladilar.
3Bobil kamonkashlarining sovut kiyishiga,
Oʻq uzishlariga imkon bermang.
Bobil yigitlariga rahm qilmang!
Lashkarini tamomila qirib bitiring.
4Ular Bobil ▼
▼ Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, oʻsha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 54–oyatida ham bor).
yurtida chopib tashlanadilar,Koʻchalarida ogʻir yaralanib yotadilar.”
5Isroil va Yahudo xalqlari
Sarvari Olam oldida gunoh qilgan boʻlsalar ham,
Xudosi ularni tark etmadi.
Isroil xalqining Muqaddas Xudosi ulardan yuz oʻgirmadi.
6Bobildan qochib chiqinglar!
Joningizni qutqarib qolinglar!
Bobilning gunohi tufayli qirilib ketmanglar,
Zotan, Egamiz Bobildan oʻch olmoqda,
Qilgan qilmishlariga yarasha jazosini bermoqda.
7Bobil Egamizning qoʻlidagi oltin kosaday edi,
Bobil butun dunyoni mast ▼
▼ mast — bu oʻrinda sharob Xudo gʻazabining ramzi boʻlib, sharobdan mast boʻlish Xudoning hukmiga duchor boʻlishni bildiradi (25:15-29 ga va Ishayo 51:17-23 ga qarang).
qildi.Dunyo xalqlari kosadagi sharobdan ichdi,
Hammasi aqldan ozdi.
8Bobil birdaniga qulaydi, vayron boʻladi.
U uchun faryod qiling!
Yaralariga malham surting,
Zora tuzalib qolsa!
9Bobilda yashagan ajnabiylar aytishadi:
“Bobilni tuzatmoqchi edik, ammo u tuzalmadi.
Endi uni tashlab ketaylik,
Har birimiz yurtimizga qaytib ketaylik.
Axir, Bobilning jazosi boshidan oshdi,
Koʻkdagi bulutlargacha yetib bordi.”
10Isroil xalqi deydi:
“Egamiz bizni oqladi.
Yuringlar, Quddusga ▼
▼ Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 35–oyatida ham bor). 3:14 izohiga qarang.
boraylik,Egamiz Xudoning buyuk ishlarini
U yerda eʼlon qilaylik.”
11Egamiz Oʻz Maʼbadi uchun Bobilliklardan oʻch olmoqchi boʻldi. U butun Bobil yurtini vayron qilishni rejalashtirib qoʻygan edi. Rejasini amalga oshirish uchun Midiya shohlarini ▼
▼ Midiya shohlari — Midiya shohligiga qarashli kichkina shohliklar. Bu shohliklar Bobil yurtidan shimoli–sharqda joylashgan edi (yana shu bobning 27–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Ular Forslarga qoʻshilib, Bobilga hujum qilgan edilar.
Bobilga qarshi qoʻzgʻatib, shunday degan edi:“Oʻtkirlang oʻqlarni!Toʻldiring oʻqdonlarni!”
12Bobilga qarshi bayroq koʻtaring.
Qoʻriqchilar safini kuchaytiring,
Soqchilar qoʻying.
Pistirma qoʻyishga tayyor turing.
Egamiz rejalarini amalga oshiradi,
Bobilga qarshi aytganlarini bajaradi.
13Ey serob suvlar boʻyidagi shahar,
Boy xazinaga ega boʻlgan shahar!
Sening kuning bitdi.
Hayoting ipi uzildi ▼
▼ Hayoting ipi uzildi — oʻlimni bildiruvchi ibora. Ishayo 38:12 ga qarang.
.14Sarvari Olam Oʻz nomi bilan qasamyod qilib dedi:
“Chigirtkaday ▼
▼ Chigirtkaday — 46:23 izohiga qarang.
gala–gala dushmanni senga qarshi yuboraman.Ular yurting uzra gʻolibona hayqiradi.”
Xudoga hamdu sano qoʻshigʻi
15Egamiz qudrati ila yerni yaratdi,Donoligi ila dunyoni bunyod etdi,
Idroki ila osmon gumbazini oʻrnatdi.
16Uning ovozidan osmondagi suvlar gulduraydi,
U dunyoning toʻrt burchidan bulutlarni olib keladi.
Yomgʻir yogʻdirganda chaqmoq chaqtiradi,
Omborlaridagi shamollardan estiradi.
17Uning oldida hamma odamlar ahmoq va nodondir.
Zargarlar yasagan butlari tufayli sharmanda boʻlishadi.
Yasagan sanamlari soxtadir, ularning joni yoʻq.
18Bu betayin butlar aldamchidir.
Ularni jazolaganim zahoti yoʻq boʻlishadi.
19Yoqubning Xudosi esa unday emas.
Butun borliqni U yaratgan,
Isroil qabilasini Oʻziga mulk qilgan.
Uning nomi Sarvari Olamdir.
Egamizning bolgʻasi
20Egamiz shunday deydi:“Ey Bobil, sen Mening bolgʻam, urush qurolimsan.
Sen bilan ezdim Men xalqlarni,
Sen bilan parchaladim shohliklarni.
21Sen bilan pachaqladim otlaru chavandozlarni,
Majaqladim jang aravalariyu aravakashlarni.
22Sen bilan ezdim erkagu ayollarni,
Sen bilan urdim yoshu qarilarni,
Sen bilan oʻldirdim yigitu qizlarni,
23Sen bilan ezdim choʻponlaru ularning suruvlarini,
Sen bilan urdim dehqonlaru ularning hoʻkizlarini,
Sen bilan oʻldirdim hokimlaru aʼyonlarni.”
Bobilning jazosi
24Egamiz shunday demoqda: “Quddusga qilgan barcha yovuzliklari uchun Bobilliklarni ▼▼ Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 35–oyatida ham bor).
va butun Bobil yurtini sizning koʻzingiz oldida jazolayman. 25Ey Bobil, sen togʻday boʻlib,Butun dunyoni vayron qilding.
Shu bois Men senga qarshiman!
— deb aytmoqda Egamiz. —
Men senga qarshi qoʻl koʻtaraman,
Seni qoyalardan pastga dumalatib yuboraman,
Kuyib xarob boʻlgan toqqa aylantiraman.
26Sendan na tamal toshi,
Na poydevor uchun tosh olinadi.
Sen to abad tashlandiq boʻlib qolasan.”
Egamizning kalomi shudir.
27Bayroqni koʻtaring!
Xalqlarga burgʻu chaling!
Xalqlarni Bobilga qarshi urushga tayyorlang.
Ararat, Minnax va Ashkanoz shohliklarini ▼
▼ Ararat, Minnax va Ashkanoz shohliklari — Bobil yurtidan shimolda joylashgan boʻlib, Midiya shohligiga qaram edi (shu bobning 28–oyatiga qarang).
Unga qarshi toʻplang.
Bobilga qarshi jang qiladigan lashkarboshini tayinlang,
Chigirtka galasiday koʻp otlar keltiring.
28Xalqlarni Bobilga qarshi urushga tayyorlang.
Midiya shohlarini, ularning hokimu aʼyonlarini,
Ularning qoʻli ostidagi hamma yurtlarni
Bobilga qarshi safarbar qiling.
29Butun dunyo dagʻ–dagʻ titramoqda,
Zero, Egamiz Oʻz rejasini amalga oshirmoqda.
Bobil vayron boʻladi,
Evoh, kimsasiz huvullab qoladi.
30Bobil sipohlari jangdan voz kechishadi,
Qalʼalarida pisib yotishadi.
Ularning madori qolmaydi,
Ayollarday zaif boʻlib qolishadi.
Bobilning dushmani shahar binolariga oʻt qoʻyadi,
Shahar darvozalarini buzadi.
31Chopar ketidan chopar yugurar,
Xabarchi ketidan xabarchi kelar.
Bobil shohiga shunday xabar yetkazmoqchi ular:
“Shahringiz quladi,
32Daryoning kechuv joylari qoʻlga olindi,
Toʻqaylarga oʻt qoʻyildi ▼
▼ …Toʻqaylarga oʻt qoʻyildi… — qochgan odamlar baland qamishlar orasiga yashirinishardi.
,Sipohlar sarosimaga tushdi.”
33Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda:
“Qiz ▼
▼ Qiz — 4:31 izohiga qarang.
Bobil xirmondagi bugʻdoyga oʻxshaydi.Tez orada oʻrim vaqti yetib keladi,
Hademay u yanchiladi ▼
▼ …u yanchiladi — donni boshoqdan ajratish jarayoni yanchish deyiladi. Qadimgi Yaqin Sharqda bu ish don boshoqlarini tayoq bilan urish, ustidan tepkilash yoki xoʻptir yurgizish orqali bajarilgan (xoʻptir — ostiga uchli tosh yoki temir mahkamlangan ogʻir taxta). Yanchish soʻzi koʻpincha Eski Ahdda hukmga yoki urushda halokatga duchor boʻlishga nisbatan koʻchma maʼnoda ishlatilgan.
.”34Quddus aholisi shunday dedi:
“Bobil shohi Navuxadnazar ▼
▼ Navuxadnazar — 21:2 izohiga qarang.
bizni gʻajidi, ezdi,Bizni boʻm–boʻsh idishday qilib qoʻydi.
U ajdarhoday bizni yamladi,
Lazzatli narsalarimiz bilan qornini toʻygʻizdi,
Keyin esa bizni tupurib tashladi.”
35Quddus aholisi aytsin:
“Majaqlangan tanam ▼
▼ tanam — yoki men va qarindoshlarim.
uchun Bobildan oʻch olinsin”, deya.Sion aholisi aytsin:
“Toʻkilgan qonim uchun Bobilliklar jazolansin”, deya.
Egamiz Isroilga yordam beradi
36Egamiz shunday demoqda:“Men daʼvoingizni eshitib,
Sizni himoya qilaman.
Sizlar uchun oʻch olaman.
Bobilning bulogʻini quritaman,
Daryolarini suvsiz qoldiraman.
37Bobilni bir uyum toshga aylantiraman,
Chiyaboʻrilarning makoni qilaman.
Bobilning ahvolidan odamlar dahshatga tushadi,
Uni koʻrganlar qotib qoladi.
U yerda biron kimsa yashamaydi.
38Bobilliklar sher kabi oʻkirishadi,
Sher bolalariday boʻkirishadi.
39Ayni qizishgan paytlarida
Ularga oʻtkir ichimlikdan ichiraman.
Ularni mastu ▼
▼ mast — shu bobning 7–oyati izohiga qarang.
shodon qilaman.Soʻng ular abadiy uyquga ketishadi,
Hech qachon uygʻonishmaydi,
— deb aytmoqda Egamiz. —
40Men ularni qoʻzichoq, qoʻchqor va takalarday
Qassob oldiga olib boraman.
Bobilning qismati toʻgʻrisidagi ashula
41Eha, Bobil ▼▼ Bobil — ibroniycha matnda Shashax, Bobilga nisbatan ishlatilgan yana bir nom.
shahri quladi–ya!Butun dunyo gʻururi magʻlub boʻldi–ya!
Uning qismatidan xalqlar dahshatga tushdi!
42Dengiz suvlari Bobilni bosdi,
Shovqin toʻlqinlar uni qoplab oldi.
43Ana, shaharlari xarob boʻldi,
Ular choʻlu sahroga aylandi.
Endi u yerda hech kim yashamaydi,
Inson qadami u yerga yetib bormaydi.
44Bobil xudosi Belni ▼
▼ Bel — Bobilning bosh xudosi edi. Mardux ismi bilan ham tanilgan.
Men jazolayman,Yutganlarini ogʻzidan chiqaraman.
Endi xalqlar uning oldiga oqib bormaydi,
Bobil devorlari qulab tushadi.
Xudo Bobildagi Isroil xalqiga xabar beradi
45Ey xalqim, chiqib ket u yerdan!Qochib qol Mening qahrimdan!
Joningni qutqargin!
46Yurtdagi mish–mishlar sizni qoʻrqitmasin,
Yuragingizga gʻulgʻula solmasin.
Bir yil bir mish–mish boʻladi,
Keyingi yili boshqasi chiqadi.
Ha, yurtdagi zoʻravonlik haqida mish–mish chiqadi,
Shohlar orasidagi urush haqida mish–mish tarqaladi.
47Mana, shunday kun kelyaptiki,
Men Bobilning soxta xudolarini jazolayman.
Butun Bobil yurti sharmanda boʻladi,
Koʻchalarida jasadlar yotadi.
48Ha, Bobilga qarshi shimoldan
Qirgʻin keltiruvchi keladi.
Shunda Bobilning halokatidan
Yeru osmon shodlanadi,
U yerdagi barcha mavjudot xursand boʻladi,
— deb aytmoqda Egamiz. —
49Axir, Bobil Isroil xalqining umriga zomin boʻldi,
Yer yuzidagi koʻp xalqlarning boshini yedi,
Ana endi uning qilmishlari oʻzining boshiga yetdi.”
50Ey qilichdan omon qolganlar!
Oʻylanmasdan qochinglar!
Olis yurtda Egamizni eslanglar.
Quddus haqida oʻylanglar.
51Sizlar aytasiz: “Sharmanda boʻldik.
Haqoratlar eshitdik.
Yuzimiz shuvut.
Axir, Egamiz uyining muqaddas xonalarini
Ajnabiylar oyoq osti qildi.”
52Egamiz esa shunday demoqda:
“Mana, shunday kunlar kelyaptiki,
Men Bobilning soxta xudolarini jazolayman.
Butun yurt uzra
Yaradorlarning faryodlari eshitiladi.
53Bobil osmonga chiqib olsa ham,
Baland qalʼasini mustahkam qilsa ham,
Men unga qarshi qirgʻin keltiruvchini yuboraman.”
Egamizning kalomi shudir.
Bobil vayron boʻladi
54Ana, Bobil xalqidan dodu faryod koʻtarilmoqda,Bobil yurtidan vayron–talqon sadolari kelmoqda.
55Egamiz Bobilni vayron qiladi,
Shangʻillagan tovushini oʻchiradi.
Dushmanlar shiddatli toʻlqinlarday oʻkiradi,
Quloqni teshgudek qilib baqiradi.
56Qirgʻin keltiruvchi Bobilga qarshi chiqadi,
Sipohlarini asirlikka oladi.
Kamonlarini sindiradi.
Axir, Egamiz jazolaydigan Xudodir,
U rosa Bobilning jazosini beradi.
57Xudo Shohdir,
Sarvari Olamdir Uning nomi.
U shunday demoqda:
“Mast qilaman Bobil amaldorlariyu donishmandlarini,
Hokimlarini, aʼyonlariyu jangchilarini.
Ular abadiy uyquga ketadilar,
Hech qachon uygʻonmaydilar.”
58Sarvari Olam shunday demoqda:
“Bobilning qalin devorlari yer bilan yakson qilinadi,
Baland darvozalari yondirib tashlanadi.
Ellar behuda tinkasini quritadi.
Xalqlarning ter toʻkib erishganlari olovga yem boʻladi.”
Yeremiyoning bashorati Bobilda ovoza qilinadi
59Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining toʻrtinchi yili ▼▼ Zidqiyo hukmronligining toʻrtinchi yili — miloddan oldingi 593 yil (1:3 ning ikkinchi izohiga qarang).
. Shoh Zidqiyo Bobilga bormoqchi boʻlib yoʻlga otlanganda, Yeremiyo paygʻambar Neriyoning oʻgʻli, Maxsiyoning nevarasi Sarayoga koʻrsatmalar berdi. Sarayo bu safarda javobgar bir shaxs edi. 60Yeremiyo oʻrama qogʻozga ▼▼ oʻrama qogʻoz — 30:2 izohiga qarang.
Bobilning boshiga tushadigan barcha kulfatlarni batafsil bayon qilib yozdirgan edi. 61U Sarayoga shunday tayinladi: — Bobilga borganingdan keyin, oʻrama qogʻozdagi hamma soʻzlarni xalqqa baland ovozda oʻqib ber. 62Keyin esa shunday xitob qil: “Ey Egam, Sen Oʻzing bu joyni vayron qilaman, degansan. Bu yerda na odamlar, na hayvonlar yashaydi, bu joy to abad tashlandiq boʻladi, deb aytgansan.” 63Oʻrama qogʻozni oʻqib boʻlganingdan keyin, unga bir tosh bogʻlagin–da, Furot daryosining oʻrtasiga uloqtirib yubor. 64Keyin shunday deb ayt: “Bobil ham shunga oʻxshab choʻkib ketadi. Egamiz Bobilga yogʻdiradigan kulfatlar tufayli Bobil hech qachon oʻnglanmaydi. Uning butun aholisi oʻladi.” Yeremiyoning bashoratlari tugadi.
Copyright information for
UznUzbL