Jeremiah 52
Quddus qulaydi
1Zidqiyo yigirma bir yoshida shoh boʻldi ▼▼ Zidqiyo yigirma bir yoshida shoh boʻldi… — miloddan oldingi 597 yil (1:3 ning ikkinchi izohiga qarang). Shoh Navuxadnazar Yohayixinni Bobilga surgun qilgandan keyin Yahudo taxtiga Zidqiyoni oʻtqizdi (37:1 va 4 Shohlar 24:8-17 ga qarang).
va Quddusda oʻn bir yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Xamutal boʻlib, Libnalik Yeremiyoning ▼▼ Yeremiyo — Yeremiyo paygʻambardan boshqa odam.
qizi edi. 2Zidqiyo ham, Yohayiqim kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qilgani uchun 3Egamiz Quddus va Yahudo xalqidan gʻoyat gʻazablangan, oqibatda ularni Oʻz huzuridan quvib yuborgan edi. Zidqiyo Bobil shohiga qarshi isyon koʻtardi. 4Zidqiyo hukmronligining toʻqqizinchi yili oʻninchi oyining ▼▼ Zidqiyo hukmronligining toʻqqizinchi yili oʻninchi oyi — miloddan oldingi 589 yilning oʻninchi oyi. Ibroniy kalendarining Tabat oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan dekabrning oʻrtasidan boshlanadi.
oʻninchi kunida Bobil shohi Navuxadnazar ▼▼ Navuxadnazar — 21:2 izohiga qarang.
Quddusga qarshi bor lashkarini tortib kelib, shaharni qamal qildi. Shahar devori atrofida qamal inshootlari ▼▼ qamal inshootlari — 33:4 izohiga qarang.
yasatdi. 5Shoh Zidqiyo hukmronligining oʻn birinchi yiligacha ▼▼ Zidqiyo hukmronligining oʻn birinchi yili — miloddan oldingi 586 yil.
shahar qamalda qoldi. 6Toʻrtinchi oyning ▼▼ Toʻrtinchi oy — ibroniy kalendarining Tammuz oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan iyunning oʻrtasidan boshlanadi.
toʻqqizinchi kuni shaharda ocharchilik shu qadar kuchaydiki, xalq bir burda nonga zor boʻldi. 7Bobilliklar ▼▼ Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 17–oyatida ham bor).
Quddus devorini yorib kirdilar. Ular Quddusni har tomondan qurshab olishgan boʻlsalar–da, Yahudo sipohlari shoh bilan birga qochib ketdilar. Ular tunda saroyning bogʻi yaqinidagi ikki devor orasidagi darvozadan chiqib, Iordan vodiysi ▼▼ Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba. Araba umumiy geografik nom boʻlib, bu oyatda Iordan vodiysining bir qismiga, aynan Oʻlik dengizning shimolidagi yerlarga nisbatan ishlatilgan.
tomonga qochgan edilar. 8Ammo Bobil ▼▼ Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, oʻsha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 14–oyatida ham bor).
sipohlari shohning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida unga yetib oldilar. Butun lashkar esa shohni tashlab qochib ketdi. 9Bobil sipohlari shoh Zidqiyoni ushlab, Xomat yurtidagi Rivlo shahriga ▼▼ Rivlo shahri — bu shahar Orontes daryosi boʻyida, hozirgi Suriya hududida joylashgan edi.
, Bobil shohi huzuriga olib keldilar. Bobil shohi Zidqiyoni hukm qildi. 10Rivloda Zidqiyoning koʻzi oldida hamma oʻgʻillarini, soʻng Yahudo aʼyonlarini qatl qildi. 11Zidqiyoning esa koʻzlarini oʻyib, uni kishanlab qoʻydi. Bobil shohi uni oʻzi bilan Bobilga olib ketdi. Zidqiyo umrining oxirigacha zindonda yotdi. Maʼbad vayron boʻladi
12Bobil shohi Navuxadnazar hukmronligining oʻn toʻqqizinchi yili beshinchi oyining ▼▼ Navuxadnazar hukmronligining oʻn toʻqqizinchi yili beshinchi oyi — miloddan oldingi 586 yil. Oyatdagi voqea Quddus qulagandan keyin bir oy oʻtgach yuz bergan edi (shu bobning 6-7–oyatlariga va 6–oyatning izohiga qarang).
oʻninchi kunida Bobil shohi xizmatidagi qoʻriqchilar sardori Nabizaradon Quddusga kirdi. 13U Egamizning uyiga, shoh saroyiga, har bir hashamatli imoratga, Quddusdagi hamma uylarga oʻt qoʻydi. 14Qoʻriqchilar sardori boshchiligida butun Bobil lashkari Quddus devorlarini yiqitdi. 15Nabizaradon baʼzi qashshoqlarni, shaharda tirik qolganlarni, Bobil shohi tomonga oʻtgan qochoqlaru qolgan–qutgan hunarmandlarni ▼▼ qolgan–qutgan hunarmandlar — Navuxadnazar bundan oʻn bir yil oldin, yaʼni miloddan oldingi 597 yilda, koʻp hunarmandlarni oʻzi bilan Bobilga olib ketgan edi (4 Shohlar 24:12-16 ga qarang).
asir qilib olib ketdi. 16Uzumchilik va dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlsinlar deya, hech vaqosi yoʻq, qashshoq odamlardan baʼzilarinigina qoldirdi, xolos. 17Bobilliklar Egamizning uyidagi bronza ustunlarni, aravalarni, bronza hovuzni ▼▼ …bronza ustunlarni, aravalarni, bronza hovuzni… — 3 Shohlar 7:15-39 ga qarang.
parchaladilar, bronzaning hammasini Bobilga olib ketdilar. 18Egamizning uyida xizmat paytida ishlatiladigan buyumlarni — qozonlarni, kuraklarni, qaychilarni, togʻorachalar va kurakchalarni, barcha bronza ashyolarni ham olib ketdilar. 19Qoʻriqchilar sardori Nabizaradon oltin va kumushdan yasalgan togʻoralarni, olovkuraklarni, togʻorachalarni, tovoqlarni, chiroqpoyalarni, kurakchalarni va sharob nazri uchun ishlatiladigan idishlarni ham olib ketdi. 20Egamizning uyi uchun shoh Sulaymon yasattirgan ikkita ustunga, hovuzga, hovuz ostidagi oʻn ikkita buqaga va aravalarga ▼▼ …hovuzga, hovuz ostidagi oʻn ikkita buqaga va aravalarga… — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana 3 Shohlar 7:25 ga qarang). Ibroniycha matnda …hovuzga, aravalar ostidagi oʻn ikkita buqaga….
behisob bronza sarf qilingan edi. 21Har bir ustunning balandligi 18 tirsak, tevaragi 12 tirsak ▼▼ …balandligi 18 tirsak, tevaragi 12 tirsak… — balandligi taxminan 8,1 metrga, tevaragi taxminan 5,4 metrga toʻgʻri keladi.
edi. Ustunlarning ichi kavak boʻlib, devorlarining qalinligi toʻrt enli edi. 22Ikkala ustunning tepasida bittadan ustunqosh bor edi. Ustunqoshlarning balandligi 5 tirsakdan ▼▼ 5 tirsak — taxminan 2,3 metrga toʻgʻri keladi.
, atroflari bronzadan yasalgan toʻrsimon bezak va anor ▼▼ anor — qadimgi paytlarda hayot ramzi edi.
tasviri bilan bezatilgan edi. 23Ustunqoshning har bir tomoniga toʻqson oltita anor tasviri tushirilgan edi. Toʻrsimon bezakdagi anorlarning soni hammasi boʻlib yuzta edi. Yahudo xalqi Bobilga surgun qilinadi
24Qoʻriqchilar sardori Nabizaradon oliy ruhoniy Sarayoni, undan keyingi ruhoniy Zafaniyoni va uchta darvozabonni ham asirga oldi. 25Quddusda qolgan sipohlarning lashkarboshisini, shohning yettita shaxsiy maslahatchisini, xalqni lashkar safiga yozgan lashkarboshining kotibini va xalqdan shaharda qolgan oltmish kishini ham bandi qildi. 26Ularning hammasini Rivloga, Bobil shohi huzuriga olib keldi. 27Bobil shohi ularni Xomat yurtida — Rivloda qatl qildi. Shunday qilib, Yahudo xalqi oʻz yurtidan surgun boʻldi. 28Navuxadnazar surgun qilgan xalqning soni quyidagichadir: hukmronligining yettinchi yili ▼▼ Hukmronligining yettinchi yili — miloddan oldingi 597 yil.
3023 nafar yahudiyni, 29oʻn sakkizinchi yili ▼▼ oʻn sakkizinchi yili — miloddan oldingi 586 yil.
Quddus aholisidan 832 nafar kishini, 30yigirma uchinchi yili ▼▼ yigirma uchinchi yili — miloddan oldingi 581 yil.
qoʻriqchilar sardori Nabizaradon Yahudodan 745 nafar kishini surgun qildi. Hammasi boʻlib surgun qilingan xalqning soni 4600 kishi edi. 31Yahudo shohi Yohayixin Bobilga surgun qilinganiga oʻttiz yetti yil boʻlganda, Bobil taxtiga Evilmardux oʻtirdi ▼▼ …Bobil taxtiga Evilmardux oʻtirdi — u Navuxadnazarning oʻgʻli boʻlib, miloddan oldingi 562-560 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan.
. Evilmardux oʻsha yilning oʻn ikkinchi oyi ▼▼ oʻn ikkinchi oy — ibroniy kalendarining Adar oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan fevralning oʻrtasidan boshlanadi.
yigirma beshinchi kuni Yahudo shohi Yohayixinga marhamat qilib, uni zindondan olib chiqdi. 32Unga yaxshi munosabatda boʻldi, Bobilga surgun qilingan boshqa shohlardan koʻra, balandroq martaba berdi. 33Shunday qilib, Yohayixin zindon kiyimlarini yechdi. Umr boʻyi doimo Bobil shohining dasturxonidan taom yedi. 34Umrining oxirigacha Bobil shohi tarafidan kundalik ehtiyoji har doim qondirildi.
Copyright information for
UznUzbL