Jeremiah 6
Quddus dushmanlar qurshovida
1Egamiz shunday deydi:“Ey Benyamin nasli,
Joningizni qutqaringlar!
Quddusdan qochib chiqinglar!
Taxuva shahrida burgʻu chalinglar!
Bayt–Xakerem shahrida ▼
▼ Taxuva shahri…Bayt–Xakerem shahri… — Taxuva shahri Quddusdan qariyb 16 kilometr janubda, Bayt–Xakerem shahri 3 kilometr janubda joylashgan edi. Shimol tomondan bostirib kelayotgan Bobil qoʻshinlari avval Quddusga, soʻng bu shaharlarga hujum qilishlari kerak edi. 1:15 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
olov yoqib, belgi koʻrsatinglar.Ana, shimoldan bir falokat kelyapti,
Dahshatli bir halokat yaqinlashyapti.
2Qiz ▼
▼ Qiz — 4:31 izohiga qarang.
Quddus ▼▼ Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 23–oyatida ham bor). 3:14 izohiga qarang.
goʻzal va latofatlidir,Ammo Men uni yoʻq qilib tashlayman.
3Shahar atrofiga joylashib olgan choʻponlarday,
Dushmanlar Quddusni qamal qiladi.
Har biri oʻz lashkari uchun joy tanlaydi.
4Ular shunday deb aytishadi:
«Quddusga qarshi jangga tayyorlaninglar!
Boʻla qolinglar, kunduz kuni ularga hujum qilamiz!
Shoʻrimiz qursin! Kun ham botyapti,
Oqshom soyalari boʻy choʻzib qoldi.
5Endi tunda hujum qilamiz,
Shahardagi qalʼalarni vayron etamiz!»”
6Sarvari Olam dushman lashkariga shunday demoqda:
“Daraxtlarini kesinglar ▼
▼ Daraxtlarini kesinglar… — kesilgan daraxtlardan qamal inshootlari va devorteshar qurollar yasalgan (52:4 oyatga va 33:4 ning izohiga qarang).
,Quddus devoriga qiyalatib tuproq uyinglar ▼
▼ …Quddus devoriga qiyalatib tuproq uyinglar — qadimgi davrlarda dushmanlar devor bilan oʻralgan shaharga hujum qilayotganlarida, koʻpincha devorga qiyalatib tuproq uyganlar. Shu yoʻl bilan ular shaharni himoya qilayotgan xalqqa hujum qilish uchun devorni buzishga yoki oshib oʻtishga qulay imkoniyat yaratganlar.
.Bu shahar jazolanishi kerak,
Shahar zoʻravonlikka toʻlib–toshgan.
7Buloqdan suv qaynab chiqqani singari,
Quddusdan qabihliklar qaynab chiqyapti.
Zoʻravonligu buzgʻunchilik sadolari eshitilyapti.
U yerda koʻrganim xastaligu yaralar.
8Ey Quddus, esingni yigʻib olgin,
Yoʻqsa, Men sendan yuz oʻgiraman.
Seni tashlandiq bir joyga aylantiraman,
Yurtingni huvullatib qoʻyaman.
9Dushmanlaringga aytaman,
Ular seni ship–shiydam qiladilar,
Bir shingil uzumi qolmagan tokka oʻxshatib qoʻyadilar.”
Sarvari Olamning kalomi shudir.
Isyonkor Isroil
10Ey Egam! Kimga gapiray, kimni ogohlantiray?!Kim mening gaplarimga quloq soladi?!
Qara, ularning quloqlari yopiq ▼
▼ quloqlari yopiq — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi quloqlari sunnatsiz. Bu ibora “ular Xudoga quloq solishni va itoat etishni istamaydi” degan majoziy maʼnoni ifodalaydi (4:4 izohiga qarang).
,Ular hech narsani eshitmaydi.
Sening soʻzingdan ular xafa boʻladi,
Uni eshitishni xush koʻrmaydi.
11Ammo ichim Sening gʻazabingga toʻlgan edi,
Jahlimni tiyishdan charchadim.
Egamiz menga shunday dedi:
“Gʻazabimni koʻchadagi bolalarga sochgin,
Toʻdalashib turgan yigitlarga sochgin.
Gʻazabim erkagu ayollarga tushadi,
Munkillagan qariyalar ham undan qochib qutulmaydi.
12Uylari, dalalari va xotinlari
Boshqa birovlarga beriladi.
Men bu yurt aholisiga qarshi qoʻl koʻtaraman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
13Ular kichkinasidan tortib, kattasigacha,
Nafsini tiyolmay harom yoʻl bilan pul topishadi.
Paygʻambardan tortib, ruhoniygacha —
Hammasi tovlamachilik qilishadi.
14Xalqimning yaralarini yuzaki davolashadi.
Ahvol ogʻir bir paytda «hammasi yaxshi», deb aytishadi.
15Jirkanch ishlari uchun uyaladilarmi?
Yoʻq, uyalmaydilar!
Qizarish degan narsani bilmaydilar,
Shuning uchun boshqalarday halok boʻladilar.
Ha, ularni jazolab, xonavayron qilaman.”
Egamizning kalomi shudir.
Isroil Xudoning yoʻlidan ozadi
16Egamiz Oʻz xalqiga shunday deb aytmoqda:“Chorrahalarda turib qarang,
Qadimgi yoʻllar haqida soʻrang,
Yaxshi yoʻl qayerda ekanligini bilib oling.
Oʻsha yoʻldan yuring,
Shunda koʻnglingiz taskin topadi.
Ammo sizlar: «Yoʻq, u yoʻldan yurmaymiz», dedingizlar.
17Men sizlarga qoʻriqchilar ▼
▼ qoʻriqchilar — Xudo Oʻz xalqini ogohlantirib, tavba qilishga undash uchun yuborgan paygʻambarlarga ishora.
qoʻydim,«Qoʻriqchilar burgʻusining jangovar sadosiga quloq solinglar»,
Deb sizlarga tayinladim.
Sizlar esa: «Ularga quloq solmaymiz!» deb aytdingizlar.
18Shuning uchun, ey xalqlar, eshiting!
Xalqim ne holga tushishini bilib oling.
19Ey zamin, quloq sol!
Men bu xalqning boshiga kulfat keltiraman,
Yomon niyatlarining oqibati shudir.
Zotan, ular soʻzlarimga kirmadilar,
Qonunlarimni rad etdilar.
20Shava yurtidan ▼
▼ Shava yurti — Arabiston yarim orolining janubi–gʻarb tomonida boʻlgani ehtimoldan holi emas. Shava malikasi shoh Sulaymonga hadyalar olib kelgan edi (3 Shohlar 10:1-13 ga qarang).
keltirilgan ziravorlarni nima qilaman?!Olis yurtdan olib kelingan xushboʻy qamishni nimaga ishlataman?!
Xalqimning kuydiriladigan nazrlarini Men qabul qilmayman,
Qurbonliklaridan xushnud boʻlmayman.”
21Shu sababdan Egamiz demoqda:
“Men bu xalqning oyogʻiga toʻgʻonoq solaman,
Ular qoqilib yiqiladilar.
Otalar farzandlari bilan birga,
Qoʻshnilar yor–birodarlari bilan birga halok boʻladilar.”
Shimoldan bosqinchilar keladi
22Egamiz shunday demoqda:“Ana, shimoldagi yurtdan ▼
▼ shimoldagi yurt — Bobil nazarda tutilgan (1:15 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang).
olomon kelmoqda,Dunyoning chetidan buyuk bir xalq qoʻzgʻalmoqda.
23Kamonu nayzalar bilan qurollangandir ular,
Shafqat qilmaydigan zolimdir u odamlar.
Ular otlarini yeldiradi,
Toʻlqinlangan dengizday guvullab keladi.
Ey qiz Quddus, ular qarshingda saf tortadilar,
Jang qilishga shay boʻlib turadilar.”
24Odamlar shunday dedi:
“Ular haqidagi bu xabarni eshitdik,
Madorimiz qolmadi.
Dard tutgan ayol kabi,
Azobu iztirob chekdik.
25Dalalarga bormanglar,
Koʻchalarda yurmanglar!
Dushman qilichini tutgan.
Atrofni dahshat qamragan.”
26Ey xalqim, qizalogʻim!
Qanorga oʻranib, kulga belangin ▼
▼ Qanorga oʻranib, kulga belangin — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanorga oʻranib olish va kulga belanish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.
.Yolgʻiz farzand uchun aza tutgandek,
Achchiq–achchiq yigʻlagin.
Ana, halok etuvchi kelyapti,
U toʻsatdan bizga hujum qiladi.
27Egamiz shunday dedi:
“Ey Yeremiyo, xalqimni tekshirgin,
Temirni sinaganday ularni sinagin,
Tutgan yoʻllarini bilib olgin.
28Ularning hammasi oʻjar va beboshdir,
Birovlarga tuhmat qilib yuradilar.
Bagʻirlari mis va temir kabi qattiq,
Hammasi buzgʻunchilik qiladilar.
29Ana, bosqonga toʻxtovsiz dam berilmoqda,
Oʻchoqdagi olov lovullab yonmoqda.
Ammo bunday olov ham ularni tozalay olmadi,
Ular fosiqligicha qoldi.
30Ularni «sifatsiz kumush» deb ataydilar,
Axir, Men ularni rad etdim.”
Copyright information for
UznUzbL