‏ Jeremiah 7

Yeremiyo Maʼbadda voizlik qiladi

1Yeremiyoga Egamizning quyidagi soʻzi ayon boʻldi: 2“Uyimning darvozasi oldiga bor. Oʻsha yerda turib, baland ovozda shunday deb ayt: «Ey jamiki Yahudo xalqi! Ey Egamizga sajda qilish uchun mana bu darvozadan kirayotgan xaloyiq! Egamizning gaplarini eshitinglar. 3Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: yomon yoʻlingizdan qaytinglar. Turmush tarzingizni oʻzgartiringlar. Shundagina bu yurtda yashashingizga ijozat beraman. 4‘Egamizning Maʼbadi shu yerda! Mana, Egamizning Maʼbadi, shuning uchun hech qanday xavf–xatar yoʻq!’ degan yolgʻon soʻzlarga ishonmang.

5Agar haqiqatan yomon yoʻlingizdan qaytsangiz, turmush tarzingizni oʻzgartirsangiz, bir–biringizga nisbatan adolatli boʻlsangiz, 6musofirlarga, yetim va bevalarga zulm qilmasangiz, bu yurtda aybsiz odamning qonini toʻkmasangiz, boshingizga falokat keltiradigan boshqa xudolarga ergashmasangiz, 7bu yerda qolishingizga ijozat beraman. Men ota–bobolaringizga abadiy mulk qilib bergan bu yurtda sizlar yashayverasizlar.

8Ammo sizlar yolgʻon soʻzlarga ishonyapsizlar. 9Oʻgʻrilik qilyapsizlar, odam oʻldiryapsizlar, zino qilyapsizlar, yolgʻondakam qasam ichyapsizlar, Baalga nazrlar atab, oʻzingiz bilmagan xudolarga ergashyapsizlar. 10Shunday ekan, nima uchun sizlar Mening nomim bilan atalgan uyimga
uyim — yaʼni Maʼbad (shu bobning 1-4–oyatlariga qarang).
kelib, ‘Biz xavf–xatardan xolimiz!’ deb aytyapsizlar?! Bunday jirkanch ishlarni davom ettirish uchunmi?!
11Aytinglar–chi, Mening nomim bilan atalgan bu uy sizlar uchun qaroqchilar uyasi boʻlib qoldimi?! Qilgan barcha ishlaringizni Men Oʻz koʻzim bilan koʻrib turibman–ku! — deb aytmoqda Egamiz. 12— Qani, Shiloʻ shahriga
Shiloʻ shahri — Quddusdan qariyb 32 kilometr shimolda joylashgan. Yoshua davridan tortib Shomuil davriga qadar Muqaddas chodir va Ahd sandigʻi Shiloʻda boʻlgan edi (Yoshua 18:1, Hakamlar 18:31, 1 Shohlar 1:3, 4:3 ga qarang). Shomuil davrida Filistlar Ahd sandigʻini qoʻlga kiritdilar (1 Shohlar 4:1-11 ga qarang). Arxeologik topilmalarning isbotlashicha, Filistlar Shiloʻ shahrini vayron qilganlar. Bu shahar Isroil xalqining sajda markazi boʻlishiga qaramay, Xudo tomonidan qattiq jazolandi, chunki Isroil xalqi Xudoning amrlariga rioya qilmagan edi (Zabur 77:56-64 ga qarang).
boringlar! Men ulugʻlanishim uchun ilk bor oʻsha joyni tanlagan edim. Ammo xalqim Isroilning qabihliklari tufayli oʻsha joyni ne ahvolga solganimni koʻrib qoʻyinglar.
13Bunday yovuz ishlarni qilayotganingizda, Men sizlarga qayta–qayta gapirdim. Ammo sizlar gaplarimga quloq solmadingiz. Sizlarga xitob qildim, ammo javob bermadingiz, — deb aytmoqda Egamiz. 14— Shunday ekan, Men Shiloʻni ne koʻyga solgan boʻlsam, Oʻz nomim bilan atalgan uyimni ham oʻsha ahvolga solaman. Sizlar umid bogʻlagan bu uyimni va ota–bobolaringizga bergan bu yurtni Shiloʻning ahvoliga tushiraman. 15Qondoshingiz Efrayim
Efrayim — Efrayim qabilasi Isroilning shimoliy qismidagi eng katta va nufuzli qabila boʻlgani bois, Eski Ahdning baʼzi oʻrinlarida Efrayim degan nom Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka nisbatan ishlatilgan. Bu shohlikning poytaxti Samariya edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi EFRAYIM soʻziga qarang.
xalqini uloqtirganimday, sizlarni ham Oʻz huzurimdan uloqtirib tashlayman.»”

Xalqning itoatsizligi

16Egamiz shunday dedi: “Ey Yeremiyo, sen bu xalq uchun ibodat qilma! Ular uchun faryod qilib, iltijo qilma! Ularni deb, Menga yolvorma! Men senga quloq solmayman. 17Yahudo shaharlarida, Quddus koʻchalarida ular nimalar qilayotganini koʻrmayapsanmi?! 18Bolalar oʻtin yigʻishadi, otalari olov yoqishadi, xotinlar esa xamir qorib, samo qirolichasiga
samo qirolichasi — Kanʼondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik va urush xudosi boʻlgan Ashtaret nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Ashtaret ayol qiyofasida tasavvur qilingan.
atab nonlar yopishadi. Gʻazabimni qoʻzgʻatish uchun begona xudolarga sharob nazrini keltirishadi.
19Bu qilmishlari bilan ular Menga emas, oʻzlariga zarar keltirmoqda–ku! — deb aytmoqda Egamiz. — Oʻzlarini sharmanda qilishmoqda–ku! 20Shu sababdan, Men, Egangiz Rabbiy, aytamanki, Men qahru gʻazabimni bu zaminga, insonlaru hayvonlarga, daladagi daraxtlaru ekinlarga sochaman. Gʻazabim soʻnmas olovday yonadi.”

21Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Sizlar qurbonliklarning goʻshtini yeysizlar, kuydiriladigan qurbonliklaringizning goʻshtini ham oʻzlaringiz yeyaveringlar
…kuydiriladigan qurbonliklaringizning goʻshtini ham oʻzlaringiz yeyaveringlar — qonunga koʻra, ruhoniylar yoki sajda qiluvchilar deyarli hamma qurbonliklarning goʻshtini tanovul qilishlari mumkin edi. Lekin kuydiriladigan qurbonlik butunligicha olovda kuydirilardi. Xalq Xudoga itoat qilmagani uchun qurbonliklarning hech qanday ahamiyati qolmagan edi. Xudo qurbonliklarning befoyda ekanligini va ularni qabul qilmasligini taʼkidlamoqchi boʻlib, kinoya qilib “kuydirilgan qurbonliklaringizning goʻshtini ham oʻzlaringiz yeyaveringlar” deb aytyapti.
.
22Men ota–bobolaringizni Misrdan olib chiqqanimda ularga nafaqat qurbonliklar va kuydiriladigan qurbonliklarga oid amrlar bergan edim, 23balki ularga yana shunday amr bergan edim: «Menga itoat qiling! Shunda Men sizning Xudoyingiz, sizlar esa Mening xalqim boʻlasizlar. Faqat Men koʻrsatgan yoʻldan yuringlar, shunda baxtiyor boʻlasizlar.» 24Ammo ular itoat qilishni ham, quloq solishni ham xohlamadilar. Yovuz yuraklarining oʻjarliklariga itoat qildilar. Oldinga yurmay, orqaga ketdilar. 25Ajdodlaringiz Misrdan chiqqan kundan boshlab shu kunga qadar, Men paygʻambar qullarimni oldingizga ketma–ket joʻnatdim. 26Ammo sizlar Menga quloq ham solmadingizlar, eʼtibor ham bermadingizlar. Oʻjarlikda ota–bobolaringizdan ham oʻtib tushdingiz, qilgan ishlaringiz ularnikidan ham yovuzroq.”

27Egamiz shunday dedi: “Ey Yeremiyo, sen borib, aytganlarimning hammasini ularga yetkazasan, lekin ular senga quloq solishmaydi. Ularga xitob qilasan, ammo ular senga javob berishmaydi. 28Shuning uchun sen ularga shunday deb ayt: «Sizning xalqingiz Egasi Xudoga itoat qilmadi, Uning gapiga kirmadi. Haqiqat qolmabdi, ogʻzingizdan haq soʻz chiqmaydigan boʻldi. 29Ey Quddus aholisi, aza tuting! Sochingizni qirib tashlang
Sochingizni qirib tashlang — sochni oldirish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi.
. Marsiyangiz yalang qirlar uzra nola qilsin. Zero, Egamizning toqati toq boʻldi, U bu naslni rad etib, tashlab ketdi.»”

Xinnum soyligida qilingan gunohlar

30Egamiz shunday demoqda: “Yahudo xalqi oʻzining Egasi oldida qabihliklar qildi. Ular Mening nomim bilan atalgan uyimga makruh butlarini oʻrnatdilar. Uyimni harom qildilar. 31Shunisi yetmagandek, Xinnum soyligidagi
Xinnum soyligi — Quddus shahridan janubda joylashgan. Soylik — ikki adir oraligʻidagi pastlik. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SOYLIK soʻziga qarang.
Tofatda sajdagohlar
sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, yaʼni “tepalik”. Kanʼon xudolariga topinadigan joylar bamax deb atalardi. Odatda bu sajdagohlar tepaliklarda joylashgan boʻlib, u yerda Kanʼon xudolarining tasvirlari va qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh boʻlardi.
qurdilar. U yerda oʻz oʻgʻilu qizlarini olovda kuydirdilar. Ammo Men ularga buni amr qilmaganman, bunaqasini xayolimga ham keltirmaganman.
32Qarab turing! — deb aytmoqda Egamiz. — Shunday kunlar keladiki, odamlar bu joyni Tofat yoki Xinnum soyligi deb atamaydi. Bu joy «Qirgʻin vodiysi» deb nom oladi. U yerda koʻp murdalar dafn qilinadi, murdalar koʻpligidan qabrlarga joy yetmay qoladi. 33Bu xalqning jasadlari qushlarga va yovvoyi hayvonlarga yem boʻladi, hech kim ularni haydamaydi. 34Yahudo shaharlarida va Quddus koʻchalarida shodu xurramlik sadolari boʻlmaydi, kelin–kuyovning ovozi eshitilmaydi. Bu yurt huvullab qoladi.”
Copyright information for UznUzbL