‏ Jeremiah 8

1Egamiz shunday demoqda: “Oʻsha vaqtda Yahudo shohlarining suyaklari, aʼyonlarning, ruhoniylarning, paygʻambarlarning va Quddus aholisining suyaklari qabrlardan olib chiqiladi. 2Ularning suyaklari quyosh, oy va yulduzlar ostida sochib tashlanadi. Zotan, bu odamlar osmon jismlarini sevar edilar, oʻshalarga xizmat qilar edilar, ularga ergashib, maslahat solar edilar, oʻshalarga sajda etar edilar. Ularning suyaklarini hech kim yigʻib koʻmmaydi, goʻngday yer ustida yotaveradi. 3Bu yovuz naslning omon qolganlarini Men turli joylarga surgun qilaman. Oʻshanda ular yashashdan koʻra, oʻlimni afzal koʻradigan boʻladilar.” Sarvari Olamning kalomi shudir.

Gunoh va jazo

4Ularga borib ayt, Egamiz shunday demoqda:

“Yiqilgan odam turmaydimi?!
Yoʻldan adashgan ortiga qaytmaydimi?!
5Nima uchun bu xalq Men koʻrsatgan yoʻldan ozdi?
Nima uchun Quddus ahli toʻgʻri yoʻlga qaytmayapti?
Ular yolgʻonga qattiq yopishib oldilar,
Huzurimga qaytishdan bosh tortdilar.
6Men ularning gaplariga yaxshilab quloq soldim,
Birontasi toʻgʻri gap aytmaydi.
Hech biri qilmishidan pushaymon boʻlmaydi,
«Nimalar qilib qoʻydim?» demaydi.
Ular jangga chopgan otga oʻxshaydilar
Oʻz yoʻllaridan qaytmaydilar.
7Hattoki osmondagi laylaklar
Qaytib kelish vaqtini biladi.
Kaptar, qaldirgʻochu turnalar
Kaptar, qaldirgʻochu turnalar — ibroniycha matnda aytib oʻtilgan bu qushlar qanday qush ekanligi bahsli.

Mavsumda koʻchish vaqtiga amal qiladi.
Mening xalqim esa oʻz Egasining
Qonun–qoidalarini bilmaydi.

8Sizlar: «Biz donomiz» deb aytasiz,
«Bizda Egamizning qonunlari bor», deb maqtanasiz.
Aslida tafsirchilar qalloblik qilib,
Qonunimni oʻzgartirdilar.
9Bunday donolar sharmanda boʻladi,
Sarosimaga tushib, tuzoqqa ilinadi.
Mening soʻzimni rad etganlarni
Dono deb boʻladimi?!
10Shuning uchun ularning xotinlarini boshqalarga beraman,
Dalalarini bosqinchilarga topshiraman.
Zotan, ularning kichigidan tortib, kattasigacha
Nafsini tiyolmay harom yoʻl bilan pul topishadi.
Paygʻambaridan tortib, ruhoniysigacha —
Hammasi tovlamachilik qilishadi.
11Xalqimning yaralarini yuzaki davolashadi.
Ahvol ogʻir bir paytda «hammasi yaxshi», deb aytishadi.
12Jirkanch ishlari uchun ular uyaladilarmi?
Yoʻq, ular uyalmaydilar!
Qizarish degan narsani bilmaydilar.
Shuning uchun boshqalarday halok boʻladilar,
Ularni jazolab, xonavayron qilaman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
13Men ularning hosilini tortib olaman.
Toklarida uzum qolmaydi,
Anjir daraxtlari meva tugmaydi,
Barglari toʻkilib xazon boʻladi.
Ularga nima bergan boʻlsam,
Hammasidan judo boʻlishadi.”
Egamizning kalomi shudir.

14Yahudo odamlari bir–biriga aytishadi:
“Bu yerda nima qilib oʻtiribmiz, axir?
Qani boʻlinglar, yigʻilishib,
Mustahkam shaharlarga qochib boraylik,
Oʻsha yerda jon taslim qilaylik.
Evoh, Egamizga qarshi gunoh qildik!
Egamiz Xudo bizni oʻlimga mahkum etdi,
Zaharli suvdan bizga ichirdi.
15Biz tinchlikni izladik,
Ammo yaxshilik kelmadi.
Shifo topmoqchi edik,
Ammo vahimaga duchor boʻldik.
16Ana, dushman Dan shahriga yetib keldi
…dushman Dan shahriga yetib keldi… — 4:15 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
,
U yerdan otlarining pishqirgani eshitilmoqda.
Aygʻirlarning kishnagani
Butun yurtni titratmoqda.
Dushman yurtimizni yakson qilmoqchi,
Shaharlarni vayron etib, odamlarni oʻldirmoqchi.”

17Egamiz shunday demoqda:
“Men orangizga ilonlarni yuboryapman,
Bu zaharli ilonlar
ilonlar…zaharli ilonlar — dushmanlar nazarda tutilgan. Xudo bu soʻzlar orqali Isroil xalqining ota–bobolarini qay tarzda jazolaganiga, ular orasiga zaharli ilonlar yuborganiga ishora qilmoqda (Sahroda 21:4-6 ga qarang).
sizlarni chaqadi,
Bu ilonlarni oʻynatib boʻlmaydi.”

Yeremiyoning oʻz xalqi uchun tortgan jafosi

18Qaygʻularimga tasalli topa olmayapman,
Yurak–bagʻrim ezilib ketdi.
19Xalqim faryod etmoqda,
Yurt boʻylab dod–voylari eshitilmoqda:
“Nahotki Egamiz Quddusni
Quddus — ibroniycha matnda Sion. 3:14 izohiga qarang.
tark etgan boʻlsa?!
Nahotki Shohimiz Sionda boʻlmasa?!”

Egamiz shunday javob berdi:
“Ular butlari bilan qahrimni keltirdilar–ku!
Yaroqsiz begona tasvirlari bilan Meni gʻazablantirdilar–ku!”

20Xalq esa shunday deb nolimoqda:
“Oʻrim vaqti oʻtdi,
Yoz ham tugadi,
Biz esa hanuz qutqarilmadik!”

21Xalqim tortgan azoblardan ezilib ketdim,
Qaygʻurib, vahimaga tushdim.
22Nima, Giladda
Gilad — Iordan daryosining sharq tomonidagi bu oʻlka dorivor oʻsimliklari bilan mashhur edi (Ibtido 37:25 ga qarang).
malham yoʻqmidi?!
Tabib yoʻqmidi?!
Unday boʻlsa, nega xalqim shifo topmayapti?
Copyright information for UznUzbL