‏ Job 25

Bildad uchinchi marta gapiradi: inson zoti solih boʻla olmasligi haqida

1Shunda Shuvaxlik
Shuvaxlik — 2:11 izohiga qarang.
Bildad dedi:

2“Xudo haybatli hukmrondir!
Samolarda U tinchlik oʻrnatadi.
3Uning lashkarlarini kim sanay oladi?!
Axir, Uning nuri butun yer yuzini yoritadi–ku!
4Shunday ekan, inson zoti qanday qilib
Xudo oldida solihlikka daʼvo qila oladi?!
Ayoldan tugʻilganlar qanday qilib pok boʻla oladi?!
5Xudoning nazarida hatto oy ham yorugʻmas,
Yulduzlar ham pok emas.
6Shunday ekan, inson kim boʻlibdi?!
Axir, u bir qurt–ku,
Odamzod bir pashshaday–ku!”
Copyright information for UznUzbL