‏ Job 26

Ayubning toʻqqizinchi nutqi: Xudoning beqiyos buyukligi haqida

1Ayub shunday deb javob berdi:

2“Ojizga bergan yordaming shumi?
Kuchsizga shunday madad kerakmi?!
3Aqlsizga biram oʻrgatib qoʻyding–a!
Bergan maslahatlaring biram maʼnoliki!
4Kim oʻrgatdi oʻzi senga bu dono gaplarni?!
Sen orqali kimning ruhi gapirgan oʻzi?!

5Suvlar ostidagi oʻliklar diyorida
Suvlar ostidagi oʻliklar diyorida… — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga koʻra, yer tep–tekis boʻlib, yer ostida buyuk dengiz bor edi. Oʻliklar diyori oʻsha dengiz ostida edi.

Marhumlarning ruhi qaltiraydi.
6Xudoning oldida oʻliklar diyori
oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 7:9 izohiga qarang.
ochiqdir,
Halokat diyorining
Halokat diyori — ibroniycha matnda Abaddoʻn. Bu soʻz Sheoʻlni, yaʼni oʻliklar diyorini bildiradi.
ham yopinchigʻi yoʻq.
7Xudo boʻshliq ustiga samoni yoydi,
Yerni esa boʻshliqqa osib qoʻydi.
8Xudo bulutlarni yomgʻir suviga toʻldiradi,
Bulutlar esa suvning ogʻirligidan yirtilib ketmaydi.
9Xudo toʻlin oyning yuzini
toʻlin oyning yuzi — yoki Oʻz taxti.
yashirib,
Bulutlar bilan oʻrab qoʻyadi.
10Xudo ufqni bepoyon ummon uzra yoyib,
Yorugʻlik va qorongʻilik orasiga chegara qoʻydi.
11Xudo osmonning ustunlariga
osmonning ustunlari — 22:14 izohiga qarang.
doʻq qilsa,
Ular qoʻrquvdan qaltirab tebranadi.
12Xudo Oʻz qudrati bilan dengizni magʻlub qildi
Xudo…dengizni magʻlub qildi — 9:8 ning ikkinchi izohiga qarang.
,
Oʻz zakovati bilan maxluq Rahobni
Rahob — 9:13 izohiga qarang.
halok qildi.
13Oʻz nafasi bilan bulutlarni haydab,
Moviy osmonni ochdi.
Uning qudrati qochayotgan ilonni
ilon — Rahobga ishora. Rahob yana Levitan nomi bilan tanilgan. 3:8 va Ishayo 27:1 ga qarang.
ezib tashladi.
14Bular Xudo qilgan ishlarning kichik bir parchasidir,
Xuddi pichirlab aytilgan gapga oʻxshaydi!
Shunday ekan, agar Uning qudrati
Momoqaldiroqday gumburlasa, kim tushuna oladi?”
Copyright information for UznUzbL