Joshua 11
Isroil xalqi shimoldagi shohlarni magʻlub qiladi
1Xazor shahrining ▼▼ Xazor shahri — Jalila koʻlidan qariyb 15 kilometr shimolda joylashgan. Bu shahar va mazkur bobning 1-15–oyatlarida aytib oʻtilgan hamma shaharlar Kanʼonning shimolida joylashgan.
shohi Yobin Yoshuaning gʻalabalari haqida eshitdi. U quyidagi shohlarga shoshilinch xabar yubordi: Madon shohi Yoʻvovga, Shimron shohiga, Axshof shohiga, 2shimoldagi qirlarning shohlariga, Jalila koʻlining ▼▼ Jalila koʻli — ibroniycha matnda Keneret, oʻsha vaqtda Jalila koʻli va uning atrofidagi yerlar shu nom bilan ham atalardi.
janubidagi Iordan vodiysining ▼▼ Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba. Araba umumiy geografik nom boʻlib, bu oyatda Iordan vodiysiga nisbatan ishlatilgan (shu bobning 16–oyatida ham bor).
shohlariga, gʻarbdagi qir etaklari va Nafoʻt–Doʻr shohlariga, 3sharq va gʻarbdagi Kanʼon xalqlarining shohlariga, Amor, Xet, Pariz xalqlarining shohlariga, qirlardagi Yobus shohlariga, Mispax yeridagi ▼▼ Mispax yeri — shu bobning 8–oyatidagi Mispax vodiysi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Mazkur oyatdagi Mispax 15:38 va 18:26 da Mispax deb atalgan ikkala joydan boshqa. Eski Ahdda bir nechta joy Mispax degan nom bilan yuritilgan.
Xermon togʻining etagida yashaydigan Xiv xalqiga. 4Ular butun lashkarlari, juda koʻp otlariyu jang aravalarini toʻplab, Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun yigʻilishdi. Ularning jangchilari dengiz qirgʻogʻidagi qumday son–sanoqsiz edi. 5Isroil xalqi bilan jang qilishga mana shu shohlarning hammasi lashkarlarini birlashtirishdi. Ular Mirom ▼▼ Mirom — Jalila koʻlidan qariyb 13 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan shahar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
suvlari oldida qarorgoh qurdilar. 6Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Ulardan qoʻrqmagin! Men Oʻzim ularni Isroil xalqining qoʻliga beraman, ertaga shu paytda ularning hammasi oʻlgan boʻladi. Ularning otlarini mayib qilinglar, jang aravalarini yondiringlar.” 7Yoshua oʻzining butun lashkari bilan Miromga borib, dushman qoʻshinlari ustiga toʻsatdan hujum qildi. 8Egamiz Isroil lashkariga dushmanlari ustidan gʻalaba berdi. Isroil lashkari dushmanlarini shimol tomonda Buyuk Sidon va Misrafoʻt–Mayimgacha, sharq tomonda esa Mispax vodiysigacha ▼▼ …Buyuk Sidon va Misrafoʻt–Mayimgacha…Mispax vodiysigacha… — bu uchta joy Miromdan qariyb 30-55 kilometr shimolda joylashgan.
quvib borib, ularning hammasini halok qildi. Dushmanlarning birortasi ham tirik qolmadi. 9Yoshua Egamiz buyurganday ularning otlarini mayib qildi, jang aravalarini yondirib tashladi. 10Oʻshandan keyin Yoshua oʻz lashkari bilan orqaga qaytib, Xazor shahriga bordi. Uni qoʻlga kiritib, shohini halok qildi. U paytda Xazor oʻsha shohliklar orasida eng qudratlisi edi. 11Isroil lashkari shahar aholisining hammasini butunlay yoʻq qildi. U yerda birorta ham tirik jon qolmadi. Shaharni esa yondirib tashlashdi. 12Yoshua bilan Isroil lashkari oʻsha shaharlarning hammasini bosib olib, ularning shohlariyu barcha aholisini qilichdan oʻtkazdi. Egamizning quli Muso buyurganday, ularni butunlay vayron qildi. 13Isroil lashkari tepaliklarda ▼▼ tepalik — asrlar davomida shaharlar qurilib, vayron boʻlgan, vayronalar ustiga yangi shaharlar barpo qilinavergan, shu tariqa tepaliklar hosil boʻlib boravergan. Bu oʻrindagi ibroniycha soʻz shunday tepaliklarga ishora qiladi. Isroil xalqi bu tepaliklar ustida qurilgan shaharlarni qoʻlga kiritib, u yerlarda yashagan boʻlishi mumkin (Qonunlar 6:10-11 ga qarang).
qurilgan shaharlardan faqatgina Xazor shahrini yondirib tashladi. 14Isroil lashkari shaharlardagi mol–mulklarni va barcha chorvani oʻzlariga oʻlja qilib oldilar. Ammo shaharlarning barcha aholisini qilichdan oʻtkazdilar. U yerda birorta ham tirik jon qolmadi. 15Egamiz Oʻz quli Musoga bergan amrlarni Muso Yoshuaga yetkazgan edi. Yoshua Muso aytganday qilib, barcha amrlarni bitta qoldirmay bajardi. Yoshua qoʻlga kiritgan yerlar
16Shunday qilib, Yoshua butun yurtni — janubiy qirlaru oʻsha qirlarning etaklarini, butun Nagav choʻlini ▼▼ Nagav choʻli — 10:40 izohiga qarang.
, butun Goʻshen yerlarini ▼▼ Goʻshen yerlari — 10:41 izohiga qarang.
, Iordan vodiysini, shimoliy qirlar va oʻsha qirlarning etaklarini bosib oldi. 17Isroil xalqi bosib olgan yerning janubiy chegarasi Seir ▼▼ Seir — Edom yurtiga qarashli boʻlgan togʻli yerlar.
yonidagi Xalak togʻi edi, shimoldagi chegarasi esa Xermon togʻining etagida joylashgan Lubnon vodiysidagi Baal–Gad shahri edi. Yoshua oʻsha yerlarning shohlarini magʻlub qilib, hammasini halok qildi. 18Bu shohlarni magʻlub qilguncha, Yoshua uzoq vaqt ular bilan urush qilgan edi. 19Givondagi Xiv xalqidan tashqari ▼▼ Givondagi Xiv xalqidan tashqari… — 9:3-15 oyatlarga va 9:7 ning izohlariga qarang.
hech bir shahar aholisi Isroil xalqi bilan sulh tuzmagan edi. Ularning hammasi jangda magʻlub boʻlishdi. 20Egamiz oʻsha xalqlarni oʻjaru takabbur qilib qoʻygani uchun, ular Isroil xalqiga qarshi jang qilaverdilar. Egamiz Musoga buyurganday, Isroil lashkari ularni butunlay yoʻq qilib, shafqatsizlarcha oʻldirishlari uchun shunday qilgan edi. 21Oʻsha paytda Yoshua qirlarda yashagan Onoq avlodini ▼▼ Onoq avlodi — Isroil xalqidan avval Kanʼonda yashagan, gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur boʻlgan xalq (Sahroda 13:33-34, Qonunlar 1:28, 2:10-11, 20-21, 9:1-2 ga qarang).
yoʻq qilib tashladi. Ular Xevron, Davir, Onov shaharlarida, butun janubiy va shimoliy qirlarda yashardilar. Yoshua ularni oʻldirib, shaharlarini vayron qildi. 22Isroil xalqining yurtida Onoq avlodidan hech kim qolmadi, faqatgina Gʻazo, Gat va Ashdod shaharlarida ▼▼ Gʻazo, Gat va Ashdod shaharlari — bu shaharlar Filistiyada, Oʻrta yer dengizi yaqinida joylashgan edi.
bir nechtasi qoldi. 23Shunday qilib, Musoga Egamiz aytganday, Yoshua butun yurtni qoʻlga kiritdi. Yoshua bu yerlarni Isroil xalqining qabilalariga mulk qilib berdi. Endi yurtda tinchlik barqaror boʻldi.
Copyright information for
UznUzbL